|
S. Y. Is kamovBog'liq KitobIshlash tartibi:
quritish bo‘yicha darslar qish vaqtida olib borilsa,
u holda sun’iy quritish moslamalarida, ya’ni maxsus laboratoriya
sharoitida ishlaydigan pechka yoki javonlarda olib boriladi. Yoz
vaqtida esa o‘quv xo'jalikning quritish maydonida olib boriladi. Meva
va uzumlar quritish maydonchasiga keltirilgandan keyin tortiladi va
saralanadi. Mahsulot yetilganligi, ranggi, shakli, o'lchamiga qarab
navlarga ajratiladi.
Mevani yuvish.
Meva va uzumga yopishgan har xil xas-cho‘p,
qum, mikroorganizmlar, shuningdek zaxarli moddalaming qoldiqlari
yuvib tashlanadi. Mahsulot toza suvda yuviladi, uning har kilogrammiga
o‘rta hisobda 0,7 litr suv sarflanadi. U qadar ko‘p bo‘lmagan mevani
vannalarda, bochka yoki betonlangan hovuzlarda qo‘lda yuviladi.
Meva po‘stini archish.
Bu ish mevaning keraksiz qismini ajratib
olish va qoqining ranggini yaxshilash maqsadida qilinadi. Po'sti
ajratilgan meva ancha tez quriydi. Olma va nokning po‘sti qo‘lda
pichoq bilan ajratiladi. Shaftoliniki kimyoviy usulda artiladi. Buning
uchun shaftoli chuqur bo'lmagan to‘r savat bilan 2-3 foizli qaynoq
eritmaga 1,5-3 daqiqa botiriladi.
Mevalarni qismlarga bo‘Iish.
Mevalar asosan qo'lda oddiy
pichoq bilan yoki mashinalarda to‘g‘raladi. Mevalarni turiga qarab
to‘g‘rashning har xil usuli qollaniladi. Masalan, qoqi qilinadigan
olma 5-7 mm qalinlikda gardish qilib, nok esa to‘rt pallaga bo‘linib,
urug‘i olib tashlanadi. ShaftoU va o‘rik ikki pallaga bo'linishi
mumkin.
Meva va uzumni bianshirlash.
Blanshirlash meva va uzumni
qaynoq suvga, kislotali va tuzh eritmalarga botirib olish yoki bug‘lash
demakdir (18-rasm). Mevalar har xil maqsadlarda blanshirlanadi,
natijada olxo‘ri, olcha va uzum 3-4 barobar tez quriydi. Tez quritilgan
meva va uzumdan ko'proq quruq mahsulot olinadi va ekstrakt
moddalar kamroq nobud bo'ladi.
|
| |