Sulfit kislota bilan ishlangan mevalar ranggi aynimaydi;
ularda S
vitamini saqlanib qoladi. Ammo sulfit kislotaning odam organizmiga
kirgan ozgina miqdori tez orada
oksidlanib sulfitga aylatiadi, modda
almashinuvida qatnashadi va organizmdan chiqib ketadi. Ammo
quritilgan mahsulotda sulfit angidrid 0,01% dan oshmaslik lozim. Oq
hamda och pushti tusli meva va uzumlar
taxta patnislarga solinib,
oltingugurt gazi bilan dudlanadi. Mahsulot dudlash qutilarida yoki
statsionar kameralarda dudlanadi. Qutilar fan er dan yasaladi.
Meva va uzumni dudlash uchun begona aralashmalari 2
foizdan
oshmagan kolloid oltingugurt ishlatiladi. Oltingugurt tarkibida
margumush bo‘lmasligi lozim. Oltingugurt
sarflash va dudlash
muddati xom ashyoning turiga, naviga, yetilganligiga bog‘liq. O'rta
hisobda har kub litr qutiga 250 gr oltingugurt
sarflanadi va dudlash
30-120 daqiqagacha davom etadi.
18-rasm.
Quriffladigan mevalarni bianshirlash
Xom ashyoni quritish.
Meva va
uzum aslida ikki marotaba
quritiladi. Birinchi marta mevaning turiga qarab 1-2 kundan 5-6
kungacha oftob tik tushadigan joyga yoyib qo‘ydadi (19-rasm).
Oftobga yoyilgan mevalarning nami qochirilgandan so‘ng
xomashyo patnislarga solinadi va taxlanib 4-10 kun davomida obdon
quritiladi (19-jadval).