bijg‘itish y o ‘li bilan tayyorlanadi, bun da talabga qarab suv va qand
qo‘shiladi. Byg'itishda sharob tarkibida 5,5 foizgacha spirt hosil
boladi. Sharobning kuchi etil spirti qo‘shish y o ‘li bilan oshiriladi.
Vazifa, Har bir talaba o'qituvchining topshirig‘iga muvofiq
sharob tayyorlaydi va o ‘quv xo'jaligi sharoitida o'rganadi. Buning
uchun 2-3 kishidan iborat zveno tuziladi va har bir zveno turli uzum
navlaridan yoki mevalardan sharob tayyorlashadi.
Keyinchalik shu sharobdagi spirt miqdorini aniqlaydilar va
oxirida degustatsiya o‘tkazadilar. Degustatsiya yakunida ranggi, hidi
va tiniqligi (organoleptik) bo‘yicha sharobga baho beriladi.