Shaffoflikni aniqlash uchun o ‘rtacha namunadan bo'lgich yoki
qo‘lda suli, grechixa va sholi donidan 50 gr tariqdan 26 gr namuna
ajratiladi. So‘ngra namunachadan begona va don aralashmalari, undan
tashqari suli namunasidan mayda donlar (1,8x20 mm teshikli elakdan
o ‘tgan) olib tashlanadi qolgan donlar aralashtiriladi va butun
donlardan ikki namuna olinadi: grechixa va tariq uchun 2,5 gr suli va
sholi uchun 5 grammdan.
Shaffoflikni aniqlash donlardagi shafFofhi qo'lda po‘st tozalagich
yordamida olish bilan aniqlanadi. Donlardan olingan shaffoflar 0,01
aniqlikda texnik torozilarda tortiladi va shaffoflar miqdorini foizda
hisoblab chiqiladi. Don shaffofligiga ikki aniqlashning o‘rtacha
arifmetik natijasi olinadi. Ikki paralel aniqlash o ‘rtasidagi farq 1
foizdan oshmasligi kerak.
Grechixa shaffofligini aniqlash. Grechixaning shaffofligi faqat
qo‘lda aniqlanadi. Shunda har biri 2,5 gr bo‘lgan ikki grechixa
namunasini navbat bilan chinni idishchaga joylab, donlami
maydalashiga yo‘l qo‘ymasdan, cho‘p bilan shaffoflar ajratiladi.
Shaffof yaxshi ajratilishi uchun cho‘p yupqa temir to‘r bilan
o ‘matiladi. Xuddi shunday to‘rni idishcha tubiga qo‘yiladi. Cho‘p
bilan 40-60 marta harakat qilingandan keyin idishchadagi mahsulotni
cho‘zinchoq 2,2x20 yoki 1,8x20 mm kattalikdagi teshikli labora
toriya elagiga to'kiladi va shaffoflar elab olinadi. Agarda elakda pocsti
tozalanmagan don uchrab qolsa, unda ular tozalanganlardan ajratib
olinib, yana idishchaga joylanadi va tozalashni shaffof to ‘liq
ajraguncha qaytariladi. Shaffoflami qo‘lda aniqlashni laboratoriya
elagida amalga oshirish mumkin. Shu maqsadda uzunchoq 1,2x20 mm
teshikli elak olinadi, uni tubi yuqoriga qaratib stolga qo‘yiladi, unga
don namunasi joylanadi va donni barmoq bilan bosib shaffof
ajratiladi. Ajratilagan shaffoflar (har bir namuna bo‘yicha) torti-ladi,
o ‘rtacha arifmetik natija hisoblanadi va olingan namuna og‘irligiga
nisbatan u foizda ifodalanadi. Topilgan kattalik grechixa shaffofligi
ko'rsatkichi hisoblanadi. Aralashma bilan birga don og‘irhgidan
shaffoflar 22% va toza mag‘izi miqdori 75% li grechixaning bazis
sifati hisoblanadi.