elakdan o'tgan, tozalangan no'xatda 1 mm tekishli elakdan o'tgan va
grechixalida № 08 temir simlik elakdan o ‘tgan fraksiyalarga ajratiladi.
Elakda qolgan va quyi elakdan o'tgan qoldiqlardan ajratilgan
aralaslunalami fraksiyalarga birlashtiriladi va har birini alohida 0,01
aniqlikda tortiladi. Topilgan og'irlikni olingan namunachaga nisbatan
foizda ifodalaniladi. Tahlil m a’lumotlari ishi daftarga yoziladi:
Aralashmalaming umumiy miqdori har bir alohida fraksiyalar
m a’lumotlarini yig'ishtirish yo‘li bilan topiladi.
Yormada zararli
aralashma borligi
ayon bo'lsa,
darxol
qo'shimcha namunaeha ajratiladi (grechixali m ag'izga 350 gr va tariq
uchun 375 gr) va undagi zararli aralashmalar miqdori aniqlanadi.
Asosiy va qo'shimcha namunalardan ajratilagan zararli aralashmalar
birga to'kiladi, texnik tarozlarida 0,01 aniqlikda tortiladi. Ulaming
miqdori 0,01% aniqlikda foizda ifodalaniladi.
Xush
sifatli mag‘iz miqdori. Barcha aralashmalar miqdori
(%)
yaxlitlamasdan jamlanadi va topilgan yig'indini 100 dan hisoblab
olinadi. Xush sifatli m ag'iz miqdori 01% aniqlikda ko'rsatiladi.
Paralel tahhllarda 0,5 farqiga ruxsat etiladi.
Misol. 50 gr grechixali mag'izni elashda 3,95% aralashma topi
ladi: begona aralashmalar 0,25%; buzilgan mag'izlar 0,1%; urilgan
mag'izlar 1,6x20 mm elakdan o'tgan va № 08 elakda qolgan 3,2%;
po'sti shilinmagan donlar 0,4%.
Ammo DAST bo'yicha urilgan donlar 0,3% dan ko'p bo'lsa, unda
aralashmalami umumiy miqdorini 3,3% ga kamaytirish kerak. Shunda
aralashmalami umumiy miqdori 0,65% ga teng bo'ladi (3,95-3,3%).
Bu yerda xush sifatli mag'iz quyidagicha: 100-0,65=99,35%
(yoki yaxlitda 99,4%). Bunday yormalar birinchi navli hisoblanadi.