|
Moddiy nuqta deganda harakatning muayyan sharoitlarida o’lchamlari hisobga olinmaydigan jismdir
|
bet | 2/34 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #139278 |
Bog'liq (UzBooksbot) nazariy mexanikaModdiy nuqta deganda harakatning muayyan sharoitlarida o’lchamlari hisobga olinmaydigan jismdir.
Moddiy nuqtaning vaziyati va harakati boshqa moddiy nuqtalar vaziyati va harakatidan bog’liq bo’lgan moddiy nuqtalar to’plamiga – moddiy nuqtalar sistemasi yoki mexanik sistema deyiladi. Yoki boshqacha aytganda moddiy
nuqtalar sistemasi - har birini moddiy nuqta deb qarash mumkin bo’lgan nuqtalar to’plami. Masalan, Quyosh sistemasi.
O’zining harakati davomida istalgan ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarmasdan qoladigan sistema absolyut qattiq jism deb qabul qilingan. Tabiatda uchraydigan har qanday moddiy jismlar atom va molekulalardan tashkil topgan bo’lib, ular diskret strukturaga ega. Ammo masalani soddalashtirish maqsadida u yaxlit muhit deb qaraladi. Tekshiriluvchi obyektlarga bog’liq holda klassik mexanika moddiy nuqta va moddiy nuqtalar sistemasi mexanikasi, absolyut qattiq jism mexanikasi, yaxlit muhit mexanikasiga bo’linadi. O’z navbatida yaxlit muhit mexanikasi elastiklik nazariyasi, gidro va aerodinamikaga bo’linadi. O’rganilayotgan masalalar xarakteriga ko’ra esa klassik mexanika kinematika, dinamika, statika bo’limlaridan iborat.
Fazo va vaqt haqidagi klassik tasavvurlar
Fazo va vaqt haqidagi klassik tasavvurlar birinchi bor N’yuton tomonidan aniq ko’rinishda ifodalangan. Bunda fazo va vaqtni obyektiv mavjudligi tan olinadi. Ammo ular bir-biridan va harakatlanuvchi materiyadan ajralgan holda mavjud bo’lib qoladi. Moddiy jismlar harakati va maydonlarda yuz beruvchi jarayonlar fazo vaqtning xususiyatlariga mutlaqo ta’sir yetmaydi. Klassik mexanikada fazo ham vaqt ham absolyut deb qaraladi. Klassik mexanikada fazo hamma yerda uzluksiz, bir jinsli va izotrop deb hisoblanib, uning metrik xususiyatlari Yevklid geometriyasining aksiomalari orqali to’liq ifodalanadi. Vaqt esa fazoning hamma nuqtalari uchun bir xil universal kattalik hisoblanib, hamma yerda bir tekis o’tadi va fazo singari uzluksiz va bir jinsli deb qaraladi.
Moddiy nuqta yoki jismlar harakatini tekshirishda sanoq sitemasidan foydalaniladi. Klassik mexanikada absolyut qattiq jism bilan bog’langan koordinatalar sistemasi va unga biriktirilgan soat, uzunlik va vaqt etalonlari birgalikda sanoq sistemasini tashkil yetadi. Fazo bir jinsli va izotrop bo’lganligi uchun uning xossalari hamma nuqtalari va barcha yo’nalishlari bo’yicha bir xil.
|
| |