|
Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining o’zgarishiga
|
bet | 3/34 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #139278 |
Bog'liq (UzBooksbot) nazariy mexanikaVaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining o’zgarishiga mexanik harakat deb ataladi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki har qanday mexanik harakatni bir qiymatda o’rganish uchun, birinchidan jismni biror shartli ravishda tanlab olingan sanoq sistemasiga vaziyatini aniqlash lozim. Ikkinchidan vaqtni o’lchash uchun bizga biror davriy jarayon bo’lishi lozim. Yuqoridagi mulohazalarga ko’ra ayni bir jism harakatini yoki biror bir tabiat hodisasini o’rganish uchun uning qachon va qayerda sodir bo’lishligini bilish lozim. Odatda istalgan jismni
harakatini r radius-vektorga ega bo’lgan va t
vaqtda sodir bo’lganligini bilish uchun quyidagi
yozuvni qabul qilamiz:
M (x, y, z) M r, t .
k
r→ xi→ y→j z →
r
dr 2
dr 2
dx 2 dy 2 dz 2
dr2
dr2
Ikki nuqta orasidagi masofa istalgan vaqt momentida barcha sanoq sistemalarida bir xil. Fazo va vaqt haqidagi fikrlarga asosan klassik mexanikada quyidagi postulatlar mavjud.
Klassik mexanikada makroskopik jismlarning harakatini xarakterlovchi fizik kattaliklarni bir vaqtda xohlagancha aniqlik Bilan o’lchash mumkin deb hisoblanadi.
Har qanday ikki nuqtaning berilgan vaqt momentidagi holatlari orasidagi masofa barcha sanoq sistemalarida bir xil.
dr 2 dx2 dy 2 dz 2 dr2 inv (4)
Yevklid fazosi. Har qanday hodisaning davom yetish muddati barcha sanoq
sistemalarida bir xil. t t inv
So’nggi postulatdan klassik mexanikada bir vaqtlilik ham absolyut xarakterga ega ekanligi kelib chiqadi. Bu postulatlar asosida fazo, vaqt va harakatdagi materiya bir-biridan ajralgan holda mavjud va o’zaro ta’sir cheksiz tezlik bilan bir onda uzatiladi degan klassik tasavvur yotadi. A.Eynshteynning 1905 yilda yaratgan maxsus nisbiylik nazariyasiga ko’ra o’zaro ta’sirning tarqalish tezligi chegaralangan va u yorug’likning bo’shliqdagi tezligiga tengligi aniqlandi. Maxsus nisbiylik nazariyasi bir-biriga va harakatdagi moddiy jismlarga bog’liq bo’lsagan absolyut fazo va vaqt mavjud emasligini balki jismlar harakatiga bog’liq bo’lgan yagona fazo-vaqt mavjudligini ko’rsatib, fazo va vaqt haqidagi yangi tasavvurlarni ilgari surdi. Bunga asosan fazo va vaqt intervallarining hamda bir vaqtlilikning nisbiy xarakterga ega ekanligini isbotladi. Bu yangi tasavvurlar asosida relyativistik mexanika vujudga keldi.
Moddiy nuqtaning Dekart koordinata sistemasidagi harakat qonunlarini quyidagi ko’rinishda yozish mumkin
x x(t), y yt , z zt
(1)
Agar (1) dan vaqtni chiqarib tashlasak nuqtaning trayektoriya tenglamasi topiladi. Bu tenglamalar parametrik tenglamalar deyiladi.
Koordinatalar orqali ifodalangan radius-vektor
|
| |