• Axborot texnologiyalari orqali sifatli va hammabob ta’lim berish. Tarixiy tajribalarning o’rni.
  •  O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini va o'quv muassasasi tashkiliy-




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/117
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #244133
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117
    Bog'liq
    ok

    11.2. O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini va o'quv muassasasi tashkiliy-
    boshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning istiqbollari
    Bo’lajak pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarida, talabalarga zamonaviy
    kompyuter va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik bilan bir qarorga
    kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va boshqa shu kabi qobiliyatlarini
    oshirish uchun, eng qulay texnologik imkoniyatlari bo’lgan shart sharoitlar yaratib berilishi
    kerak. Rasmiy bilim berishdan ozod bo’lgan pedagoglar, butun diqqat e’tiborini o’zlari
    o’qitayotgan talabalar bilan o’zaro aloqani mustahkamlashga qaratishlari lozim bo’ladi, bu esa


    ularning ish mohiyatlarini tashkil etadi. Gap, talabalarni u yoki bu fanlarda ularning induvidual
    imkoniyatlarini, talablarini va ularning oldida turgan muammolarni birgalikda munozara,
    loyihalash hamda olingan natijalarni tanqidiy tahlil qilish orqali, nostandart yechimlarni topish
    kabilarni ishlab chiqishga yondashish ustida ketayapti. Kelajak pedagoglarini tayyorlaydigan
    bilim yurtlarida, juda muhim an’anaviy auditoriya shaklidagi ish olib borish vaziyati ham yangi
    mazmun bilan boyitiladi, chunki axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni qo’llash natijasida
    tejalgan vaqt, pedagoglarda ta’lim berayotgan o’qituvchilarining mutaxassislik malakalarini
    yanada oshirish uchun juda zarur bo’lgan shaxsiy muloqotlari uchun qoladi.
    Axborot texnologiyalari orqali sifatli va hammabob ta’lim berish. Tarixiy
    tajribalarning o’rni.
    Bizning hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan axborot va
    kommunikatsiya texnologiyalari (kamida bir avlod davri vaqtida) dunyo miqyosidagi (global)
    Internet tarmog’i yaratilishi va shaxsiy kompyuterlarning keng tarqalishi natijasida yuzaga
    keldi. Bo’layotgan o’zgarishlar, avval jamiyatga ta’sir ko’rsatgan olamshumul axborot
    almashuvi va bilimlar (telefon, radio, televideniye) beruvchi jami kashfiyot va ixtirolardan faqat
    biri bo’lgan tarixiy o’xshashlikka ega, ya’ni jamiyat hayoti uchun xuddi shunday ta’sir
    ko’rsatgan XV-asrning 40-yillarida Iogann Gutenberg yaratgan bosma stanokni yaratilishi bo’ldi.
    Bu ixtiro mohiyatining ko’rib chiqilayotgan muammo talqiniga qanday aloqasi bor? Bosma
    stanok keskin ravishda dunyoni o’zgartirdi: materiallarni tezkorlik bilan yaratish va tarqatish
    imkoniyatini yaratdi, shriftlarni bir xillashtirdi va takomillashtirdi, bu esa bosma va qo’lyozma
    kitoblarni o’qishni tezlashtirdi va osonlashtirdi. Kitoblar narxi arzonlashdi va ularning adadlari
    ya’ni nashr sonlari oshdi. Masalan, bosma stanok yaratilgandan 30 yildan so’ng, Yevropaning
    madaniyat va savdo markazi deb tan olingan Venesiya tipografiyalarida 150 dan ziyod bosma
    stanok ishlab turgan. Bularning hammasi so’zsiz, fan va madaniyatda muvaffaqiyatlarga
    erishishga, hammabob bilimlarni oshirishga va ta’limni keng miqyosda tarqalishiga ta’sir
    ko’rsatdi.
    Kelajakda Gutenberg ixtirosi o’zidan keyin, gazetadan to televideniye va Internet gacha
    bo’lgan tezkor axborot almashuvi kabi aloqa shaklining rivojlanishiga olib keldi. Shuni ham
    ta’kidlab o’tish kerakki, (bu bizning taqqoslashimiz uchun) Gutenberg ixtirosi bo’sh joyda
    paydo bo’lmadi, chunki kitob bosish konsepsiyasi bor edi va u kitobning butun beti uchun
    yozilgan shaklni tayyorlash yo’li bilan amalga oshirilar edi. Lekin bunday texnologiya juda
    qimmatga tushar edi. Shuningdek, shu davrga kelib ijtimoiy hayotda, insoniyat tomonidan
    yig’ilgan bilimlarni saqlash va yetkazish maqsadida, kitob bosmasi uchun o’sib borayotgan
    beg’araz (obyektiv) talab mavjud edi. Harakatli liter va bo’yoqlarni tayyorlash uchun mavjud
    texnologiyalarni birlashtirish va ochig’i press bosma ixtiro qilinishi insoniyatning madaniy
    tarixida eng muhim yangiliklardan birini kashf qilinishiga olib keldi. Gutenbergning “Bibliya”si
    1456 yilda, Ivan Fyodorovning “Apostol”i 1564 yilda nashr qilindi va tez orada Yevropada juda
    ko’p kitob do’konlari tashkil topdi va bu ta’limning tarqalishida ildam qadamlarga sabab bo’ldi.
    O’z navbatida Martin Lyuter, Volter, Monteskye kabi mutafakkirlarning ilg’or g’oyalari bilan
    ko’pchilik kishilar tanishishiga va jamiyatdagi alohida shaxs o’rnida yangi fikrlashni tarqalishiga
    sabab bo’ldi.
    Shunday qilib, biz yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagilarni belgilaymiz:
    1. Bosma stanok hayotga zamonaviy kashfiyot sifatida juda qisqa muddatda kirib keldi.
    2. Kitob bosmasi texnologiyasida axborotning elementar birliklarining ishlash qonun qoidasidan
    foydalanildi ya’ni energetik-mexanik –yondoshuvdan.
    3. Bu kashfiyotdan foydalanish natijasi juda qisqa muddat ichida din, fan, ta’lim, madaniyat,
    insonlararo kommunikatsiya va nihoyat siyosatga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
    Bugungi kunda, biz kuzatayotgan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining jadal
    rivojlanishi natijasida, shubhasiz quyidagilar o’z o’zidan ko’rinib turibdi:
    1. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shaxsiy kompyuter va Internet ixtiro
    qilinishi sababli , jamiyat hayotiga juda tez, ya’ni bir inson umri davomida kirib keldi.


    2. Axborotlar bilan ishlash konsepsiyasining oddiyligi (elementar bitlar darajasida) ayniqsa
    tasvir, ovoz va multimedia bilan ishlashni osonlashtirdi. Bunda mikroelektron baza uchun eng
    arzon va oddiy energiya turidan foydalanildi.
    3. Va nihoyat shunga yarasha kommunikatsiya usulini o’zgartirib, uni imkoniyatlarini
    kengaytirish natijasida, yangi texnologiyalar fan, ta’lim, madaniyat, va siyosatga sezilarli
    darajada ta’sir ko’rsatishi kutiladi.
    Xuddi besh yuz yilliklar avvalgidek, bizning davrimizda ham, insoniyat tomonidan
    to’plangan bilimlar hajmi ortgani va ijtimoiy jamiyatning tezkorlik bilan rivojlanishi natijasida,
    o’z davrining ilg’or texnologiyalari asosida umum bashariyatning boyitilishi va hxarakatchan
    kuchlar kommunikatsiyasini takomillashtirishni talab qiladi.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini va o'quv muassasasi tashkiliy-

    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish