34
Mavzu 3. Mehmonxonalarni tasniflash tizimi
Reja:
1. Yevropa tasniflash tizimi.
2. Germaniya tasniflash tizimi.
3. Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi
1. Yevropa tasniflash tizimi
Mehmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini hal qilishda
mehmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga qarab tasniflash katta rol hynaydi.
Shinamlik darajasi - kompleks mezon. U quyidagilardan tarkib topadi:
- nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni (m
2
), bir o‘rinli (bir xonali), ko‘p
xonali nomerlar, apartament nomerlarning ulushi,
kommunal qulayliklarning
mavjudligi va h.k.;
- mebel, inventar, sanitariya-gigiyena ashyolari va sh.k.ning holati;
- ovqatlanish korxonalari: restoranlar, qahvaxonalar, barlar va h.k.ning mavjudligi
va holati;
-
binoning, unga keladigan yo‘llarning holati, mehmonxonaga yondosh hududning
obodonlashtirilganligi;
-
axborot bilan ta’minlash
va texnik jihozlash, shu jumladan telefon, yo‘ldosh
aloqasi, televizorlar, muzlatgichlar,
mini-barlar, mini-seyflar va h.k.ning
mavjudligi;
-
ayrim qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Sanab o‘tilgan mezonlar hozirgi kunda dunyoda mavjud bo‘lgan barcha
mehmonxonalarni tasniflash tizimlarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, xodimlarga va
ularning tayyorgarligi: ma’lumoti, malakasi, yoshi, sog‘lig‘i, chet tillarni bilishi,
tashqi ko‘rinishiga ham bir qancha talablar qo‘yiladi.
Hozirda jahonda ma’lum 30 dan ortiq tasniflash tizimlari
zamirida shinamlik
darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan: