• Avtoturistlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar va motellar
  • Sportchilar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
    Sportchilar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar sport komplekslari qoshida 
    yoki tabiiy sharoitlariga ko‘ra ma’lum sport turini rivojlantirish imkonini beruvchi 
    joylarda quriladi. Sportchilar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda sport 
    anjomlarini ijaraga berish shoxobchalari, dam olish uchun mo‘ljallangan bir qancha 
    muassasalar faoliyat ko‘rsatadi, sport va tibbiy ahamiyatga ega binolar va qurilmalar 
    mavjud bo‘ladi. Qoida tariqasida, bu yerda umumiy ovqatlanish va dam olish 
    korxonalari ham faoliyat ko‘rsatadi.
    So‘nggi 
    yillarda 
    mehmonxonalarning 
    binolari 
    boshqa 
    maqsadlarga 
    mo‘ljallangan muassasalar: kongress-markazlar, ma’muriy va savdo muassasalari, 
    konsert va khrgazma zallari va hatto turar joy binolari bilan uyg‘unlikda barpo 
    etilmoqda, ular bilan bitta binoda yoki bitta kompleks tarkibida joylashtirilmoqda.
    Avtoturistlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar va motellar (motor-
    otellar) shosse yo‘llar yaqinida joylashadi. Shinam nomerlar va restoran (yoki 
    qahvaxona)ga hamda umumiy ahamiyatga molik boshqa xonalarga ega mehmonxona 
    binosidan tashqari, bu mehmonxonalar va motellar avtotransport vositalarini 
    parkovka qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish imkonini beradi (avtomobillarga 
    yonilg‘i quyish shoxobchasi, ta’mirlash ustaxonalari, texnik xizmat khrsatish 
    stansiyasi va h.k.ga ega bo‘ladi).



    31 
    Motellarning joylashishi ularning vazifasi, shaharlar va shaharchalarning 
    joylashgan o‘rni, avtomobil yhllari tarmog‘i, kelish yo‘llarining mavjudligi, muayyan 
    joyning tabiiy-iqlimiy sharoitlari, davolash manbalari, tarixiy joylar hamda turistik 
    jihatdan diqqatga sazovor boshqa joylarning mavjudligi bilan belgilanadi.
    Avtoturistlar dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, avtomobil yo‘lining 
    shovqini va changidan nomerlarni thsish maqsadida motelning dam olish zonasi bu 
    yhldan ma’lum masofa (50-250 m) uzoqda joylashishi kerak. Bunda uchastka 
    muayyan turistik ob’ekt yo‘lidagi avtoturistlar asosiy oqimi yo‘nalishining hng 
    tomonida joylashgani ma’qul.
    Motellarni joylashtirishda mamlakatning eng diqqatga sazovor tarixiy joylari va 
    hududlarini bog‘lovchi oldindan belgilangan marshrutlar bhylab uzoq muddatli 
    sayohatlar tashkil etish imkoniyatini nazarda tutish zarur. Bu holda yuqorida zikr 
    etilgan barcha talablardan kelib chiqib motellar tarmog‘ini kompleks joylashtirish 
    avtoturistlarda doimiy qiziqish uyg‘otadi va ular sayohat chog‘ida rang-barang 
    taassurotlar olishini ta’minlaydi.
    Chet elda motellar qurish amaliyotida kam qavatli (ikki qavatdan baland 
    bo‘lmagan) motellar an’anaviy hisoblanadi. Chunonchi, AQShda 60 ming motelning 
    80% dan ko‘prog‘ini kam qavatli motellar tashkil etadi.
    Darhaqiqat, kam qavatli motel bir qancha ustunliklarga ega: 

    avtoqhnalg‘ani nomer yaqinida joylashtirish mumkin; 

    konstruksiyalari juda sodda bo‘ladi;
    - talabdagi mavsumiy o‘zgarishlarga tez moslashtirish mumkin; 
    - barcha nomerlarni ufqning chiroyli tomonlariga qaratib qurish mumkin; 
    - engil konstruksiyalardan qurilgan kam qavatli motel binosi ko‘p qavatli va og‘ir 
    konstruksiyali binolarga qaraganda ancha arzonga tushadi. 

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sportchilar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar

    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish