30
Taymsherlardagi sotuvlarning umumiy hajmi 1991 yilda faqat Yevropada 3,74
mlrd. dollarni tashkil qildi. Taymsher kurortlari jahonning 75 mamlakatida mavjud.
Apartamentli
mehmonxonalar.
Uzoq vaqt yashashga mo‘ljallangan
apartamentli
mehmonxonalar,
oddiy
mehmonxonalarga
qaraganda, foydali
maydonining kattaligi va ularda mijozlar uzoq vaqt yashashi bilan farq qiladi.
Nomerning qo‘shimcha maydoni odatda qulay kreslo va divan qo‘yilgan
mehmonxona hamda ko‘p funksiyali qaznoqqa ega kichik oshxona shaklida bo‘ladi.
Apartamentli mehmonxonalar (yoki
apartotellar) oilasining ko‘chib kelishi, uzoq
muddatli xizmat safari, seminarlarga qatnash zarurligi
tufayli shaharda uzoq vaqt
yashashga majbur bhlgan o‘z mijozlariga uydagiga o‘xshash shart-sharoitlar yaratadi.
Aksariyat mehmonlar nomerni uzoq muddatga oladi. Yashash muddatining
uzoqligiga qarab ularga ko‘pincha chegirma beriladi. Bunday mehmonxonalarda
ovqatlanish korxonalari, biznes markazi, dam olish joylari nazarda tutiladi.
Joylashtirish ob’ektlarining yana bir shakli –
pansionlar ham jahon amaliyotida
ancha keng tarqalgan.
Ularda yashash, odatdagi mehmonxonalarda yashashga
qaraganda, ancha arzon turadi. Mehmonxonadan pansionning asosiy farqi shundaki, u
toifalarga ajratilmaydi. Ammo bu pansionda yashash sharoiti mehmonxonadagi
yashash sharoitidan yomon degan ma’noni anglatmaydi.
Pansion joylashtirish ob’ektlarining erkin shakli bo‘lib, u odatda qurilish paytida
mehmonxona sifatida tasavvur qilinmagan binolarda tashkil etiladi. Pansionning
o‘ziga
xos xususiyati shundaki, u nisbatan kichkina, odatda 10-20 kishiga
mo‘ljallangan nomerlar fondiga ega bo‘ladi. Ko‘pincha
pansion bir oilaga tegishli
bo‘ladi. Bu oila pansionni boshqarish bilan birga, mijozlarga xizmat ham ko‘rsatadi.
Pansionda yashash bahosiga faqat uy sharoitida tayyorlangan nonushta kiritiladi. Bu
yerda muhit mehmonxonadagiga qaraganda iliqroq bo‘ladi. Mana shu jihat,
narxlarning pastligi bilan birga, mijozlarni o‘ziga tortadi.