40
- Hotell
Mercury – nisbatan yuqori saviyada xizmat ko‘rsatiladi, shinamlik
darajasi ham yuqori;
- Grand
Hotell – mehmonxona juda qulay yerda joylashgan, shinamlik darajasi
juda yuqori bo‘ladi, kun bhyi xizmat ko‘rsatiladi;
- Ibis;
- Etap;
- Formule 1.
Bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i,
turizm bozorining ma’lum segmentlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida, qaysi markaga
egaligidan qat’i nazar, bir qancha mehmonxona korxonalarini birlashtiradi. Masalan,
«Novotel» va «Mercury» markasiga ega bo‘lgan ayrim mehmonxonalar
kongressmenlar, ko‘rgazmalar va boshqa shunga o‘xshash anjumanlar va tadbirlarni
qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan «Atria» guruhiga kiradi.
Mehmonxonalarning boshqa bir guruhi o‘z nomida «Goralia» belgisiga ega bo‘ladi –
bu «kurort mehmonxonasi» degan ma’noni anglatadi.
AQShdagi «Holiday Inn» yirik mehmonxonalar tarmog‘i markalarni belgilashda
mehmonxona korxonasi qayerda joylashganini, mijozlar bu yerda qancha vaqt
bo‘lishini va ayrim boshqa mezonlarni hisobga oladi va quyidagi markalarni nazarda
tutadi:
- Garden Cort – iqtisodiy toifadagi mehmonxonalar;
- Holiday Inn express – kvartira tipidagi mehmonxonalar (apart-otellar);
- Holiday Inn sun sprii resorts – katta daromadli shaxslar uchun mo‘ljallangan
kurort mehmonxonalari;
- Holiday Inn select – ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar;
- Holiday Inn hotels end – nomerlar fondining 10% ni uzoq vaqt yashaydigan
ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan apartamentlar tashkil etuvchi
mehmonxonalar.
Ayrim hollarda mehmonxonalar markalarining nomlari foydalanuvchiga tegishli
axborot bermaydi. Shu bois turoperatorlar har bir markani Yevropa tizimidagi
yulduzlar miqdoriga mos ravishda belgilay boshladilar. «Accor» mehmonxonalar
tarmog‘i bilan bog‘liq holda: Sofitel – 5 yulduz; Novotel – 4 yulduz; Mercury – 3
yulduz; Ibis – 2 yulduz; Formule 1 – yulduzsiz.