3. Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi va unga xizmat ko‘rsatish Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi tarkibiga nomerlar, gorizontal
kommunikatsiyalar (yo‘laklar), zina-lift maydonchalari, navbatchi xodimlarning
xonalari kiradi. Ko‘p qavatli mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qavati bir yoki
bir necha yo‘lakdan iborat, tarxining shakli har xil bo‘lishi mumkin. Mijozlar
yashaydigan qism maydonining nomerlar va boshqa xonalar o‘rtasida taqsimlanishi
turli mehmonxonalarda har xil bo‘ladi: nomerlar ulushi 54-70% ni, koridorlar ulushi
– 13-22% ni tashkil etadi. Sig‘imi 25 kishidan oshmaydigan ayrim chet el
mehmonxonalarida dam olish zonasining maydoni kamida 16,7 kv. m bo‘lishi
nazarda tutilgan. Yirikroq mehmonxonalarda har bir qo‘shimcha mijozga 5 kv. m dan
iborat dam olish zonasi nazarda tutiladi.
Mehmonxona nomeri ko‘p funksiyali ahamiyatga ega. U mijozning tunashi, dam
olishi, ovqatlanishi, yuvinishi, ishlashi, muloqot qilishini ta’minlaydi. Nomerda
mehmonning shaxsiy buyumlari saqlanadi.
Nomerlar o‘rinlar soni, xonalar soni, maydoni, jihozlanishiga qarab tasniflanadi.
Jahon amaliyotida bir yoki ikki kishiga mo‘ljallangan bir xonali nomerlar ayniqsa
keng tarqalgan. Ayrim mehmonxonalarda har bir yashovchiga nisbatan bir xonali
nomerlar ulushi nomer fondining 60-100% ga yetadi. 4.1-jadvalda Tohkent
mehmonxonalaridan biri nomer fondining tuzilishi keltirilgan. «DEDEMAN SILK
ROAD» mehmonxonasining nomer fondida bir xonali nomerlar ulushi 53% ni tashkil
qiladi.
Xonalar (yoki xona) maydoni funksional zonalarga bo‘linadi. Bir xonali nomer
umumiy maydonining 70% yashash zonasiga, 14% - dahlizga, 20% - hojatxona va
vannaga tegishli bo‘lishi mumkin. Yashash maydoni bunda 7-14 kv.m ni tashkil
etishi mumkin. Ayrim chet mamlakatlarning hozirgi standartlari bir o‘rinli nomerda
polning minimal maydoni 14 kv. m, ikki o‘rinli nomerda esa – kamida 18 kv. m
bo‘lishini talib qiladi. Germaniyada amalda bo‘lgan me’yorlarga ko‘ra shinamli bir
49
xonali nomerning maydoni unda yashaydigan bir kishiga 16-18 kv. m, ikki kishiga
esa – 20-21 kv. m bo‘lishi kerak.
4.1-jadval