48
kichik tizimlari; xizmatga doir axborot berilishini ta’minlash kichik tizimlari;
navbatchi ma’mur kichik tizimlari; mehmonxona ma’muriyati kichik tizimlari.
Axborot hisoblash tizimining imkoniyatlari juda keng. Joylarni oldindan
buyurtma qilish jarayonini avtomatlashtirish bilan bir qatorda kelayotganlar
ro‘yxatga olinadi, nomer fondining hisobi yuritiladi, mijozlarga to‘lash uchun
hisobvaraqlar tayyorlanadi.
Mehmonxona keng qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatadi. Zarur axborot olish,
pasportlar va turistik hujjatlarni rasmiylashtirish, ekskursiyaga ro‘yxatga olish,
valyuta ayirboshlash, teatr, muzey, konsert zallari, stadionlarga chiptalar sotish,
samolyot, poyezd va boshqa qatnov vositalariga chiptalarni buyurtma qilish, ijaraga
avtomobil olish shular jumlasidan.
Ayrim mehmonxonalarda ish yuzasidan tashrif buyurgan mijozlar uchun biznes
markazlari tashkil etiladi. Markaz mijoz ishlashi va kasbiy ta’lim olishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratadi. Biznes markazida hujjatlarni tarjima qilish, qayta chop etish
ishlari bajariladi, kompyuter xizmatlari ko‘rsatiladi. Markaz teleks va faksimil aloqa
vositalari, videomagnitofon va proyeksion apparatura bilan jihozlanadi.