37
Mehmonxona korxonalarining shinamlik darajasiga ko‘ra tasnifini ko‘rib
chiqishda xalqaro amaliyotda yuzaga kelgan tasniflarni hamda ularni amalga oshirish
tartibini bevosita belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuvlarni
alohida qayd etib o‘tish kerak.
Birinchi yondashuvda bunday hujjatlarni ishlab chiqish,
amalga tatbiq etish va
nazorat qilish bilan davlat organlari shug‘ullanadi, ya’ni mehmonxona korxonalari
shinamlik darajasining, balki, boshqa
joylashtirish vositalarining, shuningdek
ovqatlanish korxonalarining davlat tomonidan belgilangan rasmiy tasnifi mavjud.
Xususan, bunday yondashuvga misollar Fransiya va Rossiyada kuzatiladi. Fransiya
milliy tasnifi Hunarmandchilik va turizm ishlari bhyicha savdo vazirligining 1966 yil
13 iyuldagi 66
371 son qarori bilan amalga kiritilgan.
Rossiya Federatsiyasida
mehmonxonalarni tasniflash RF – GOST R 50645-94 «Turistik-ekskursiya xizmatlari
khrsatish. Mehmonxonalar tasnifi» davlat standartiga asosan amalga oshiriladi.
Ikkinchi yondashuvda hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat
qilish bilan kasaba uyushmalari va birlashmalari shug‘ullanadi. Masalan,
Germaniyada bu jarayonlarni Mehmonxona va restoran xo‘jaliklari
birlashmasi
(EHOGA), Shveysariyada – Shveysariya mehmonxona sohiblari uyushmasi amalga
oshiradi.
Jahon amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir mamlakat doirasida bir
nechta tasniflash tizimlari amal qiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada «tojlar» tizimi
bilan
bir qatorda, Britaniya turistik agentliklar uyushmasi –
«Britich Travel
Authority» (BTA) tomonidan taklif qilingan tasniflash tizimi qo‘llaniladi:
- byudjet mehmonxonalari – shaharning markaziy qismida joylashgan va
qulayliklar minimumiga ega mehmonxonalar;
- turistik toifadagi mehmonxonalar – tarkibida restoran va bar bo‘lishi shart;
-
o‘rtacha toifadagi mehmonxonalar – xizmat khrsatish
saviyasi ancha yuqori
bo‘lgan mehmonxonalar;
- birinchi toifa mehmonxonalar – shinamlik darajasi juda yuqori bo‘lgan, a’lo
darajada xizmat ko‘rsatiladigan mehmonxonalar;
- oliy toifa mehmonxonalar – yashash va xizmat ko‘rsatish ekstra darajada bo‘lgan
mehmonxonalar.
Buyuk Britaniyada amal qiluvchi «tojlar» tizimini «yulduzlar» tizimi bilan
uyg‘unlashtirish uchun «tojlar»ning umumiy miqdoridan bitta «yulduz»ni ayirish
kerak (masalan, to‘rt «tojli» daraja uch «yulduzli» darajaga teng).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan Britaniya agentliklari
uyushmasi tomonidan taklif
qilingan mehmonxonalarni tasniflash tizimi ham shunday muvofiqlikni nazarda
tutadi:
- byudjet mehmonxonalari – 1 yulduz;
- turistik toifa mehmonxonalari – 2 yulduz;
-
o‘rtacha toifa mehmonxonalar – 3 yulduz;
- birinchi toifa mehmonxonalar – 4 yulduz;
- oliy toifa mehmonxonalar – 5 yulduz.