• Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar
  • Mavzu 5. Mehmonxonalardan foydalanish asoslari
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
     
    Tayanch iboralar: Mehmonxona tariflari: yarim pension; to‘la pension;
    mehmonxona mijozi; nomeri; VIP – mijozlar; CIP - mijozlar mehmonxonani 
    biznesi; kurort mehmonxonalar; umumiy ovqatlanish xizmatlari; nomer fondi; 
    elektron qulflar; Grand master key bosh kalit; Vestibyul xonalari; Savdo maishiy 
    xizmat ko‘rsatish xonalari; mehmonxonalarni ro‘yxatga olish; joylashtirish
    xizmatlari; suv sarfi; signalizatsiya; yoritish – isitish asboblari; kuzatish; 
    Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
     
    1. Mehmonxonalarning me’morchilik va texnik yechimlari haqida ma’lumot bering. 
    2. Mehmonxona binolari tarkibini tavsiflang.
    3. Mehmonxonaning jamoat qismlarida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish tartibi. 
    4. Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi va unga xizmat ko‘rsatish tartibi 
    5. Mehmonxonaning hayotni ta’minlash tizimini tushuntiring. 



    52 
    Mavzu 5. Mehmonxonalardan foydalanish asoslari
    Reja: 
    1. Mehmonxona iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi omillar. 
    2. Mehmonxona mijozi.
    3. Mehmonxona biznesida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari 
    4. Xodimlarning mijozlar bilan muomala qilish umumiy qoidalari 
     
    1. Mehmonxona iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi omillar 
    O‘z-o‘zidan ravshanki, mehmonxona xo‘jaligi tarmog‘ining iqtisodiyotiga, eng 
    avvalo, iqtisodiy omillar (iqtisodiyotning umumiy holati, aholi jon boshiga olinadigan 
    o‘rtacha daromad, ishsizlik darajasi, mahalliy valyutani ayirboshlash kursi, soliq 
    solish darajasi, kreditlarga belgilangan bank foizi va b.) ta’sir ko‘rsatadi. Ayni 
    paytda, tarmoqning rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar, chunonchi: daromad 
    darajasiga ko‘ra aholining taqsimlanishi, ma’lumot darajasi, turmush tarzi, yosh 
    tuzilishi, shahar va qishloq aholisining nisbati (shahar aholisini harakatchanroq), 
    jinoyatchilik darajasi, turizmning rivojlanishi va sh.k. ham katta rol o‘ynaydi.
    Tabiiyki, tarmoqning holati qonunchilikka (soliq va mehnat to‘g‘risidagi qonun 
    hujjatlari, litsenziyalash qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, yong‘in xavfsizligi 
    qoidalari, iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar va b.ga) ham bevosita 
    bog‘liq bo‘ladi.
    Umumiqtisodiy va demografik omillardan tashqari, mehmonxona iqtisodiyotiga 
    yana bir qancha o‘ziga xos omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirda terrorizm ana 
    shunday omillardan biridir. Yirik terrorchilik harakatlari, chunonchi: Misrda 
    turistlarning terroristlar tomonidan o‘qqa tutilishi yoki Nyu-Yorkdagi osmono‘par 
    binolarning 
    vayron 
    qilinishi 
    terroristlar 
    hujum 
    qilgan 
    mintaqadagi 
    mehmonxonalarning to‘lishiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri, tajriba ushbu 
    oqimlarga turistik oqimlar 2-3 yil ichida tiklanishidan dalolat beradi, ammo bu vaqt 
    mobaynida juda ko‘p mehmonxonalar bankrot bo‘lishi mumkin.
    Mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz natijasida chet el investitsiyalari kelishi 
    to‘xtaydi, ushbu mamlakatga tovarlar eksporti kamayadi, bu esa mehmonxonalarda 
    biznes-turistlar 
    soni 
    kamayishiga 
    olib 
    keladi. 
    Kurort 
    mintaqalarida 
    mehmonxonalarning to‘lishiga tez o‘zgaradigan dam olish joylari va turlariga bo‘lgan 
    moda, viza olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar, transport kompaniyalarining ish 
    sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, Yevropa osmonida shovqin darajasi 
    me’yorda belgilanganidan katta bo‘lgan sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan 
    samolyotlar uchishining taqiqlanishi muqarrar tarzda rossiyalik turistlar oqimlari 
    Yevropa kurortlaridan Turkiya va Misr kurortlariga qayta taqsimlanishiga olib keladi.
    Mehmonxonaning iqtisodi y ko‘rsatkichlariga ichki omillar, chunonchi: qabul 
    qilingan boshqarish va nazorat tizimi (ayniqsa, harajatlar ustidan nazorat tizimi), 
    ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, shuningdek mehnat munosabatlari ham ta’sir 
    ko‘rsatadi. Shu sababli mehmonxona ma’muriyati xodimlarning mehnat sharoitlarini 
    yaxshilashga, ishchi kuchining qo‘nimsizligini kamaytirishga va mehnat jamoasidagi 
    muhitni yaxshilashga doim e’tibor berishi kerak.



    53 
    Mehmonxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga noto‘g‘ri tanlangan tariflar tizimi 
    ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jahonda mehmonxona tariflarining quyidagi asosiy 
    tizimlari qo‘llanadi.
    1. Tarifga faqat yashash uchun haq (Room only) kiradi. U Yevropa rejasi deb ham 
    ataladi.
    2. Tarifga yashash uchun haq va nonushta (Room and breakfast) kiradi (kontinental 
    reja). Bunda tarifga kiritilgan nonushta uch xil bo‘lishi mumkin: 
    - kontinental nonushta (sharbat, qahva yoki choy, bulochka, jem);

    inglizcha nonushta (vetchina bilan quymoq qo‘shiladi); 
    - shvedcha stol (pishloq, kolbasa mahsulotlari, non-bulka mahsulotlari, mevalar, 
    jemlar, sharbatlar, asal, qahva, choy o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish usulida taqdim 
    etiladi). Hozirda ushbu tarif ayniqsa keng tarqalgan.
    3. Yarim pansion (Half board, demi-pension, modified American plan). Tarifga 
    yashash haqi, nonushta va tushlik yoki kechki ovqat kiradi. Tarif ayrim kurort 
    mehmonxonalarida va ma’rifiy maqsadlarda sayohat qiluvchi turistlarga, 
    shuningdek biznesmenlarga xizmat ko‘rsatadigan mehmonxonalarda qo‘llanadi. 
    Ushbu mehmonxonalarda yashaydigan turistlar shahar bo‘ylab ekskursiya qiladi, 
    o‘sha yerda tushlik qiladi, kechqurun esa mehmonxonaga qaytib keladi. Kurort 
    mehmonxonalarida yashaydigan turistlarga kelsak, ular shu yerda tushlik 
    qilishni, kechqurun esa turli restoranlar va kafelarda ovqatlanishni ma’qul 
    ko‘radi.
    4. To‘la pansion (en pension, American plan). Tarifga yashash haqi va uch (yoki 
    to‘rt) mahal ovqatlanish kiradi. Kurort mehmonxonalarida, ayniqsa, umumiy 
    ovqatlanish tarmog‘i yaxshi rivojlanmagan mintaqalarda qo‘llanadi.
    5. «Hammasi kiritilgan» («All included»). Tarifga yashash haqi, ko‘p marta 
    ovqalanish (mijoz tanlagan bir necha restoranlardan birida, ko‘ngilochar 
    vositalarning hammasi (yoki ko‘pchiligi), bardagi ichimliklar (odatda import 
    ichimliklardan tashqari)) kiradi. Odatda begonalardan ajratilgan kurort 
    mehmonxonalarida qo‘llanadi. Mehmonxonada yashovchilarga ular ayni shu 
    mehmonxonaga mansubligini tasdiqlaydigan ma’lum belgilar beriladi, misol 
    uchun, ularning qo‘liga yechilmaydigan bilakuzuk taqib qo‘yiladi.
    Haq to‘lashning boshqa usullari ham mavjud. Misol uchun, «Bir xizmat narxida 
    ikki xizmat» (Two for one) tarifiga ko‘ra, mehmon tekinga yashaydi, ammo 
    ovqatlanish uchun haq to‘laydi. «Bolalar uchun bepul» (Children – free) tarifiga 
    ko‘ra, ota-onasi bilan bir xonada yashaydigan bolalar uchun haq olinmaydi. Ammo 
    bu tariflar nisbatan kam qo‘llanadi. Tarifni e’lon qilishda unga nimalar kirishi 
    mufassal tushuntirilishi kerak. Tarifga soliq kiritilgan-kiritilmagani tushuntirilishi 
    shart, chunki mijoz haq to‘lash paytida tarifdan tashqari 20% miqdorida soliq ham 
    to‘lashi kerakligini bilsa, norozi bo‘lishi tayin.
    Yuqorida sanab o‘tilgan omillar istalgan birining ta’siri eng avvalo 
    mehmonxonaning to‘lish koeffitsiyentida aks etadi. Bu mehmonxona ishining 
    rentabelligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichdir. Hozirda jahonda ushbu koeffitsiyent 
    asta-sekin pasayishi kuzatilmoqda. Bu yangi-yangi mehmonxonalar qurilayotgani, 
    mehmonxona xizmatlarining taklifi ularga bo‘lgan talabdan ko‘payib borayotgani 
    bilan izohlanadi. Mehmonxonalarning to‘lish koeffitsiyenti hozir o‘rta hisobda 



    54 
    taxminan 60% ni tashkil etadiki, buni rentabellik bo‘sag‘asi deb aytish mumkin. O‘z-
    o‘zidan ravshanki, to‘lish koeffitsiyenti o‘zgarib turadi: mavsumda yuqori bo‘ladi, 
    mavsum tugagach, pasayadi; shanba va yakshanba kunlari ish kunlaridagidan pastroq, 
    bayram kunlari esa oddiy kunlardagidan yuqoriroq bo‘ladi va h.k. Har bir 
    mehmonxonada to‘lish koeffitsiyenti o‘zgarishining muayyan manzarasi kuzatiladi. 
    Ushbu koeffitsiyent o‘zgarishlarini muvozanatga solish uchun ma’muriyat tegishli 
    chora-tadbirlar ko‘rishi kerak.
    To‘lish koeffitsiyenti juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda shuni 
    ta’kidlab o‘tish kerakki, tarif miqdori bilan to‘lish koeffitsiyenti o‘rtasida bevosita 
    bog‘liqlik mavjud emas: misol uchun, tarifi 60 AqSh dollari bo‘lgan 
    mehmonxonaning to‘lish koeffitsiyenti 62%, tarifi 100 AqSh dollari bo‘lgan 
    mehmonxonaniki esa – 75% bo‘lishi mumkin. Vaholanki, iqtisodiy nazariya 
    xizmatlar qiymati pasayishiga qarab, ularga bo‘lgan talabning oshishini nazarda 
    tutadi. Ammo muayyan bir mehmonxonada bunday bog‘liqlik kuzatilishi, ya’ni 
    tarifning pasaytirilishi to‘lish koeffitsiyentining oshishiga olib kelishi mumkin.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish