69
2. Aniqlangan barcha tafovutlar haqidagi ma’lumotlarni ertalab smena menejeriga
takdim etish. Har bir nomer bo‘yicha kirimni va soliklar buyicha chiqimni tegishli
schyotga kiritish va yangibalansni chikarish.
3. Kompyuter tizimi ishdan chiqqan va mehmonxonaga eng so‘nggi ma’lumotlar
talab etilgan xolda foydalanish uchun parallel hisobni yuritish.
4. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidan va savdo shoxobchalaridan tushgan
mehmonlarning schyotlarini solishtirish. Agar ular mos kelmasa, auditor xatoni
topishi va tuzatishi lozim. Buning uchun har bir bo‘lim bo‘yicha harajatlar
mehmon schyotida kayd etilganiga ishonch hosil qilish lozim.
5. Bir kunlik hisobotni yakunlash va undan nusxa ko‘paytirish. Mazkur hisobotda
o‘tgan kundagi faoliyat mufassallashtiriladi va mehmonxona ishi haqidagi barcha
muhim ma’lumotlar aks ettiriladi.
6. Mehmonxonaning o‘g‘irliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan jabhalarini
tekshirib ko‘rish.
Bir kunlik hisobotda ayrim muhim operativ ma’lumotlar o‘z aksini topadi: band
kilingan nomerlarni mavjud nomerlarga bo‘lish yo‘li bilan aniklanadigan
mehmonxonaning to‘lish foizi. Agar mehmonxonada mavjud 850 nomer dan 622 tasi
band etilgan bo‘lsa, mazkur mehmonxonaning to‘lish foizi: 622 / 850 = 73,17%. Agar
ana shu 622 nomerning 375 tasini ikki va undan ortik mehmon egallagan bo‘lsa,
mehmonlarning mavjud mikdoridan ular egallagan nomerlar sonini ayirib va hosil
bo‘lgan sonni ikki yoki undan ortik mehmon yashaydigan nomerlar mikdoriga bo‘lib,
mehmonxonaning xaiqqiy to‘lish foizini olamiz: 750 - 622 = 128 / 375 = 34,13%. Bu
rakamlar, shuningdek,
nomerning o‘rtacha kunlik qiymati mehmonxona ishining
asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Nomerning o‘rtacha kunlik qiymati olingan
foydani topshirilgan nomerlar mikdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Agar kunlik
foyda 75884$, topshirilgan nomerlar esa 662 ta bo‘lsa, nomerdan olinadigan o‘rtacha
kunlik foyda 122$ ni tashkil etadi.
Yakinda mehmonxona ishining yana bir ko‘rsatkichi o‘ylab topildi:
mehmonxona nomerlaridan olinishi mumkin bo‘lgan foyda foizi - bunda olinishi
mumkin bo‘lgan foyda hisoblanadi va amalda olingan foyda olinishi mumkin bo‘lgan
foydaga bo‘linadi.
Katta mehmonxonalarda bir nechta tungi auditor ishlaydi. Ammo kichik
mehmonxonalarda bunday hisob-kitoblar uchun bitta auditor kifoya kiladi. U hisob-
kitoblar qilish bilan birga, ham navbatchi ma’mur, ham tungi qorovul vazifalarini
bajarishi mumkin.