|
Kichik mexmonxonani boshkarish tuzilmasi2. Kichik mexmonxonani boshkarish tuzilmasi
Standart motellarda boshkarishning eng oddiy sxemasi taxminan quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi: 100 nomerli motelda direktorga qabul qilish va moliya
xizmatining to‘rt klerki, xo‘jalik xizmatining boshlig‘i bevosita bo‘ysunadi, xo‘jalik
xizmati boshlig‘ining ko‘l ostida sakkiz xodima, to‘qqiz paj (bellman) (ular
mijozlarning avtomobillarini parkovka qilish bilan ham shug‘ullanadi) va bir
ta’mirlovchi (elektr va santexnika ishlarini bajaruvchi) ishlaydi.
Yukori darajali yirik mexmonxonalarda esa, aksincha, boshkaruv pog‘onalari
soni ko‘payadi: masalan, bosh direktor uch o‘rinbosarga (nomer fondi, ovkatlanish va
ma’muriy xizmatlar bo‘yicha) ega bo‘ladi.
Nomer fondi direktoriga qabul qilish xizmati, xo‘jalik xizmati (xodimalar va
farroshlar, kirxona, kimyoviy tozalash shoxobchasi va sh.k.) bo‘ysunadi.
Umumiy ovqatlanish direktoriga oshxona, restoranlar, barlar, banket xizmati,
nomerlarda xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘ysunadi.
Ma’muriy ishlar buyicha direktorga kontroller, marketing va sotuvlar bo‘limi
menejeri, bosh muxandis, xavfsizlik xizmati va xodimlar bo‘limi bo‘ysunadi.
Mexmonxona mulkdori davlat, munitsipalitet, jismoniy shaxs, aksiyadorlik
jamiyati bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi (aksiyador
saylaydigan kengash a’zolari soni unga tegishli aksiyalar mikdoriga mo‘tanosib
bo‘ladi). Direktorlar kengashi bosh direktorning ishini nazorat kiladi,
moliyaviy reja (budget)ni
tasdiklaydi, bosh direktorning reja ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini tinglaydi. Direktorlar
kengashi majlisi odatda yilning har choragida bir marta chaqiriladi.
Maxsus adabiyotlarda mexmonxona bo‘limlari tanlangan mezonga ko‘ra
muayyan guruxlarga birlashtiriladi. Masalan, mexmonxonaning asosiy (daromadni
shakllantiruvchi) bo‘limlari (Revenue centers) va yordamchi bo‘limlari (Support
centers) farqlanadi. Asosiy bo‘limlarga nomer fondi, restoranlar, barlar, yordamchi
bo‘limlarga esa - texnik bo‘lim, kadrlar bo‘limi, buxgalteriya kiradi. Mexmonxona
xizmatlarini front of the house va back of the house ga tasniflash metodi keng
tarkalgan bo‘lib, mazkur metod zamirida mexmonxona muayyan bo‘limi
xodimlarining mijozlar bilan aloka qilish darajasi yotadi.
Front of the house ga qabul qilish xizmati, restoran; back of the house ga
oshxona va buxgalteriya esa kiradi. So‘nggi zikr etilgan gurux xizmatchilari mijozlar
bilan bevosita aloka qilmaydi. Mazkur guruhlarning xodimlari har xil dasturlar
bo‘yicha o‘qitiladi, ular xizmat ko‘rsatadigan xonalar aniq ajratiladi. Hatto ularning
forma kiyimi ham farq kiladi.
Kichik mexmonxonalar, tabiiyki, ancha sodda boshkaruv tuzilmasiga ega
bo‘ladi. Ammo asosiy bo‘limlar o‘ziga xos funksiyalari bilan saqlanib qoladi.
2-rasmda mashxur Holliday Inn mexmonxonalar tarmog‘iga kiruvchi kichik
(130 nomerli) mexmonxonani boshkarish tuzilmasi ifodalangan.
|
| |