65
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yordamchilari zimmasiga
mehmonlarni mehmonxona
eshigi oldida kutib olish, ularni registraturaga kuzatib qo‘yish, so‘ngra ularga
ajratilgan nomergacha shaxsan kuzatib qo‘yish,
bundan oldin u yerga bagaj
yetkazilishini ta’minlash vazifalarini yuklaydi.
Mehmonxonada ish kuni mobaynida bosh ma’mur quyidagi ishlarni amalga
oshirishiga to‘g‘ri keladi:
navbatchi ma’murning ma’lumotini tekshirish;
o‘tgan tunda nomerlarning to‘lishiga baho berish;
o‘tgan tunda har bir nomerdan kelgan o‘rtacha tushumni hisoblash;
bo‘sh xonalarning mavjudligini tekshirish;
alohida
holatlarga aniqlik kiritish;
yakin oyga kelgan jamoaviy buyurtmalarga aniklik kiritish;
shu kuni kelgan va ketayotgan mehmonlarning ro‘yxatini ko‘zdan kechirish;
muxim mehmonlar ro‘yxatini ko‘zdan kechirish va ruyxatga olish uchun kerakli
ish kog‘ozlarini tayyorlash;
barcha keluvchilarni ro‘yxatga olish uchun ish kog‘ozlarini tayyorlash;
xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘ining majlislarida
va barcha tezkor
majlislarda ishtirok etish;
ertangi kunda keluvchilar va ketuvchilarning ro‘yxatlarini ko‘zdan kechirish;
keluvchilar va ketuvchilar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berish;
ish grafigini tekshirish (har xafta);
mehmonlarga xizmat ko‘rsatish buyicha yordamchilarga yo‘l-yo‘riqlar berish (har
kuni).
Ayrim mehmonxonalarda qabul qilingan qoidaga ko‘ra, joylarni
rezervlashtirish
buyicha menejer va uning yordamchilari sotuvlar buyicha direktor oldida hisobdordir.
Bosh buxgalterga esa tungi auditor va uning yordamchilari,
shuningdek, kassirlar
hisobot beradi.
Bosh ma’murning
mansab majburiyatlari orasida
quyidagi uch vazifa ayniqsa
muxim ahamiyatga ega.
1. Nomerlarni sotishga rahbarlik qilish. Mehmonxonaning barcha bo‘limlari
bahamjixat va uyushqoqlik bilan ishlashi kerak. Rezervlashtirish stoli nomerlar
sotilishi foizini oshiradi. Oldindan buyurtma berish mumkin bo‘lgan eng yaqin
muddat(!) - mo‘ljallangan tashrif arafasidagi okshom. Kechkurun soat 6 da
rezervlashtirish stoli o‘z ishini to‘xtatadi va bundan keyin kelgan barcha mehmonlar,
shuningdek, bo‘sh nomerlar navbatchi ma’mur ixtiyoriga topshiriladi. Kechkurun
soat 6 dan keyin shaxsan yoki telefon orqali qilingan
buyurtmalarni navbatchi
ma’mur qabul kiladi. U tabiiyki, nomerlar yuz foiz to‘lishidan manfaatdor bo‘ladi.
Ammo u kechasi yo kunduzi istalgan paytda doimiy mijozlar ko‘ng‘irok qilib qolishi
mumkinligini ham unutmasligi kerak. Bosh ma’mur ofisi nafakat barcha bo‘sh
nomerlarni sotish, balki
nomer o‘rtacha kunlik qiymatining oqilona darajasiga
erishish hakida ham o‘ylashi lozim. Bu rakam kun davomida
topshirilgan barcha
nomerlarda bir kunlik yashash hakini ko‘shish va hosil bo‘lgan mikdorni topshirilgan
nomerlar soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Mana, oddiy bir misol:
Jamoaviy bronlashtirish 100 nomer 140$ dan =14000$
66
10 apartament 250$ dan = 2500
Yakka bronlashtirish 250 nomer 160$ dan = 40000
Maxsus chegirmali
bronlashtirish 50 nomer 125$ dan = 6250
Jami 410 nomer 62750$