83
Mavzu 8. Mehmonxona nomer fondiga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
Reja:
1. Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari.
2. Tozalash ishlarini tashkil etish.
3. Nomerni joylashish uchun tayyorlash.
4. Turli tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi.
1. Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari
Mehmonlarni kutib olish ko‘pgina tushunmovchiliklarni yengib o‘tadi. Bu
vazifani ro‘yxatga olish (registratsiya) bo‘limi amalga oshiradi. Ammo, bu yerda ham
tashkiliy xatolar bo‘lishi mumkin. Kichik mehmonxonalarda porte ham ro‘yxatga
oladi, hujjatlarni rasmiylashtiradi, turistik rasmiyatchilikni tekshiradi va ham nomer
fondi xizmati bilan aloqada bo‘ladi. Bunday rasmiyatchiliklar, ko‘p kutishlar turistlar
joylashishini uzoqqa cho‘zadi. Amaliyotda shu aniq bo‘lmoqdaki, mehmonxonalarda
turistlar soni va mavsumga qarab portelar soni o‘zgarib turishi kerak. Ma’lumki,
ro‘yxatga olish stol oldida odamlarning to‘planib qolishi
tashkiliy kamchiliklardan
biridir. Turfirma tarkibidagi mehmonxonalar kelayotgan mehmonlar va ularning soni
haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni
oldini olishi zarur. Mehmonxona xo‘jaligi tashkilotchilarning professionalllik darajasi
ularning oldindanko‘ra bilashlari, kutilmagan holatlarni minimallashtirish jarayonida
bilinadi. Xodimlar yetishmasligidan kelib chiqadigan navbatda turishlar nosog‘lom
psixologik muhitni keltirib chiqaradi.
Atrofimizdagi
muhit
bu
ijtimoiy-ruhiy,
madaniy-tashkiliy
tartiblar
kategoriyasida va bu odamdagi shaxsiy baxtni shakllantiradi. Ijtimoiy muhitning
buzulishi ruhiy diskomfortga olib keladi. Mehmonxona xo‘jaligi oamlarning
xavfsizligi va joylashishi maqsadida tuzilgan tashkilotdir.
Mehmonxonada
o‘tkazilgan har bir soat, kun ruhiy sokinlik olib kelishi zarur.
Bunday xizmat ko‘rsatish darajasiga erishish nomer fondini boshqarish xizmati
bilan bog‘liqdir. Uning tashkiliy pritsipi:
ogohlantirilganlik va
tezkorlik. Bu
prinsiplarni tahlil qilishda asosiy tushuncha ya’ni “joylashish muddati” muhim
ahamiyatga ega. Mazkur me’yoriy kategoriya ijtimoiy madaniy va iqtisodiy planda
muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Barcha nomerlar band bo‘lgan
paytda bu xizmat
,ayniqsa, silliq va bir tartibda ishlash kerak. Kichik bir xato konflikt holatni keltirib
chiqarishi mumkin. Bu holatning iqtisodiy zararli tomoni ham bor. Izmat
ko‘rsatuvchi xodimlar ishi ko‘payib, nomerlarni yangituristik guruh uchun tayyorlab
qo‘yish, sanitar-gigiyenik uskunalar ekspluatatsiyasi profilaktikasining sifatlari
pasayshiga olib keladi. Me’yoriy talablardan kelib chiqqan holda,
nomer fondiga
xizmat ko‘rsatuvchi va saqlovchi xizmatlari o‘z ishlarida tezkorlikka va axborot bilan
ta’minlanganlikka erishmoqchi bo‘lsalar quyidagilarni bilishlari shart:
- sust professional tayyorgarlik tashkiliy-profilaktik xatolarga olib keladi,
mehmonxona obro‘siga zarar keltiradi, xizmat ko‘rsatishda xavf darajasini
ko‘taradi;
84
- joylashtirish davriyligi (muddati) haqida ma’lumotlarni sustligi nomerlarni
taqsimlashda xatolarga yo‘l qo‘yishga, uskunalarning
tez ishdan chiqishiga olib
keladi (qulf sinishi, stullarning yetishmasligi, intererning torligi).
Nomer fondi xizmati egiluvchan (gibkiy) ijtimoiy texnologiyalarga ega bo‘lishi
kerak. Ushbu xizmat mijoz va mehmonxona xizmati o‘rtasidagi birinchi tashkiliy
bo‘g‘imdir. Ular ushbu qavatda har kimga ham qiziq bo‘lmagan kutilmagan
holatlarni tezda hal qiladi. (Masalan: mehmon belgilagan vaqtdan barvaqtroq keldi
yoki nomer oldindan bron qilingan bo‘sa ham, hali tayyor emas,
xona bekasilar ishi
ko‘pligi, joyshablarning yetishmasligi). Bunday holatda nomer fondi xizmati
psixologik bosimni bartirif qilish uchun rezerv uskunalariga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu holatlarga befarqlik bilan qarash mijozlarning kayfiyatini yanada ko‘proq
tushurishi mumkin. Mijozlarga qisqa muddat ichida mehmonxona haqida yaxshi
taasurot qoldirishga harakat qilish zarur. Nomer fondi xizmatining tashkilotchilik
malakasi
bu boshqaruvning yuzi, asosi hisoblanadi. Bu yerda “imkoniyatimiz
boricha” prinsipi to‘g‘ri kelmaydi. Nomer fondi xizmati ob’ekti barcha kutilmagan
holatlarni “shu yerda va hozirning o‘zida” prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatishdir.