89
- gardinlarni yuvish;
- yoritgich asboblarini yuvish.
Tubdan tozalash har 7-10-14 kunda bir marotabao‘tkaziladi.Qoidaga binoan har
bir gornichni bo‘yniga nomerlar soni biriktirilgan va u belgilangan muddatda tubdan
tozalashishlarini olib borishi shart.
Bron qilingan nomerlarni tozalash
Tozalash ishlarini olib borshdan maqsad - nomerni bron qilgan mehmon
kelguncha tayyorlash.Tozalash ishlarini olib borish zanjirida bron qilingan nomerni
tozalash birinchi navbatda amalga oshiriladi. tozalashning bu turi mehmon kelishi
arafasida amalga oshiriladi(kechqurun, kechasi, keladigan kuni ertalab, har kuni
sutkasida bir marotaba). Bron qilingan nomerni tozalash ishlari hajmiga – quruq
artish, nam artish , polni nam tozalash kiradi.
Ekspress- tozalash.
Tozalashning bu turi mehmon iltimosiga binoan to‘lov evaziga amalga
oshiriladi.Ekspress-tozalash ishlari hajmiga:
- nomerdan chiqindini chiqarish;
- idish tavoqlarni yuvish;
- ovqatlanish stolini tozalash;
- joyshab stilini o‘zgartirish;
- joyshabni almashtirish;
- sanuzelni tozalash;
- vannani tayyorlash;
- sochiqlarni almashtirish;
- polni yuvish.
Mehmonxona nomerlarida olib boriladigan barcha tozalash turlariga albatta
tozalash inventarlari va materiallaridan foydalanish shart.Bulardan to‘g‘ri
foydalanish, ularni saqlash va to‘g‘ri muomilada bo‘lish sanitariya –epidemiologik
rejim meyorlariga rioya qilishning muhim tadbirlaridandir.