100
Ofitsiantga qo‘yilgan talablar:
- belgilangan tashqi ko‘rinish va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish(toza va
dazmollangan forma, qo‘llar toza, ayollar uchun oddiy kasmetika va minimum
taqinchoqlar);
- taomnomani bilishi. Ofitsiant qaysi taom nimadan tayyorlanganligini tushuntira
olishi kerak;
- mijoz Bilan muloqot qila olishi(muloyim, sabr-toqat, ovoz toni, tabassum);
- jamoada ishlay olishi.
Umumiy
talablardan
tashqari
ofitsiant
Yana
quyidagi
professional
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak: vino quyish uchun mehmonnning orqasiga vaqtida
kelish; ikkinchi kokteylni taklif etish(birinchisidan ¼ qolgan bo‘lsa); suv quyish;
asosiy taomni tayyorlash ushlanayotgan bo‘lsa, gazak taklif etishni bilishi;ovqatni
tarelaga chiroyli joylashtirish;bazi ovqatlarga o‘zining salbiy munosabatini
bildirmasligi kerak;mijozga o‘z takliflarini shunday bildirishi kerakki natijada rad
javobini olmasin.
Choychaqa(Tips- «to insure promptness»so‘zining qisqartmasi)- ofitsiantlar
daromadini ancha oshiradi. Umuman olganda choychaqa hajmi xizmat ko‘rsatish
sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Mehmonxonada nonushta taklif etishning bir necha xususiyatlarini aytib o‘tish
lozim. Gap shundaki mehmonxonadagi mijozlarning deyarli hammasi bir xil vaqtda
nrnushta qilishadi. Ko‘plar shoshilishadi va tezkor servisdan umid qilishadi. Bunday
paytda «shved stoli» servis tipidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Uning
jozibadorligi esa mehmonxona klassiga bog‘liq bo‘ladi.