|
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiRestoran joylashuvi
Restoran joylashuvi ko‘p hollarda uning kelajakdagi mijozlari portretini belgilab
beradi: shaharning ishchan qismida joylashgan restoran mijozlari u yerda piyoda
kelishadi, bu shahar tashqarisida joylashgan restorandan qaysikim faqat mashinada
borish mumkin bo‘lgan restorandan farq qiladi. Restoran boshqaruvchisi bu omilni
hisobga olib uning intereri, servisi, oshxonasi va menyusi mijozlarga mos kelishiga
harakat qilishi kerak.
Restoran dizayni
Restoran dizayni, bino hajmi va shakli, devor va shiftlar rangi, mebel, xullas
barcha-barchasi restoran mijozi va menyusiga mos kelishi kerak. Psixologik
tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar restoran devorlari qizil-jigarrang rangda
bo‘yalganda ovqat ko‘p istemol qilinar ekan.Restoranlar qanchalik ko‘p bo‘lsa ularni
jihozlash variantlari ham shunchalik ko‘p. Masalan, restoranda o‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish bo‘lsa- u yerda katta, yorqin xona va qattiq stullar bo‘ladi(Nechego zasiji-
vatsya!).Agar yuqori darajali restoran bo‘lsa- u yerda nim qorong‘ulik, alohida
xonalar, yumshoq mebellar, gullar va devorda rasmlar va b.bo‘ladi.
Yana «muhit» ya’ni «atmosfera» degan murakkab tushuncha mavjudkim, u
nafaqat dizayn va dekor balki stollarning joylashuvi, ofitsiantlarning kiyimi, xizmat
ko‘rsatish tempi, mijozlar kiyimi, musiqa, shovqin darajasi, bino harorati, tozalik va
boshqa omillar yordamida yaratiladi. Hamma narsa restoran mo‘ljal olgan mijozlar
tipi, marketologlar tilida aytganda restoran faoliyat ko‘rsatayotgan bozor segmentiga
bog‘liq. Faqat haddan tashqari bachkanalikdan qochish lozim- restoranda juda ham
tinch yoki shovqin, juda ham yorqin yoki qorong‘u, juda ham tor yoki keng
bo‘lmasligi kerak.
Bozor segmenti va mijozlarning har xil o‘zlariga xos xususiyatlarini o‘rganish-
bu marketingning vazifasidir. Hozir bir necha mijozlar kategoriyasiga xizmat
ko‘rsatish xususiyatini sanab o‘tamiz:
- Bolalar- kichik porsiyalar, baland stullar, ofitsiantning o‘zgacha muomilasi ota-
onalar kayfiyatini ko‘taradi;
- Biznesmenlar- ishchan kelishuvlarni olib borish uchun alohida xonalarning
98
mavjudligi;
- Xorijiy turistlar- ofitsiantlarning tilni bilishi yoki so‘zlashish kitobchasining
mavjudligi;
- Nogironlar;
- Vegetarianlar- restoran barchani ovqatlantirishi kerak.
|
| |