92
Mavzu 9. Mehmonxonaning yordamchi xizmatlari
Reja:
1. Injenerlik xizmati.
2. Xavfsizlik xizmati.
3. Harid qilish xizmati.
1. Injenerlik xizmati
Zamonaviy mehmonxona murakkab injenerlik uskunalari bilan jihozlangan (lift,
konditsionerlar, issiqlik manbai, suv taminoti, kanalizatsiya,
elektr energiya, gaz
uskunalari, kabel televideniye, kompyuterlar).Tabiiyki, mehmonxona barcha
uskunalarni tamirlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida to‘liq shtatda injener-texnik
ishchilarni saqlab tura olmaydi.Odatda, ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi
maxsus
firmalar bilan shartnoma tuzadi. Injenerlik xizmati unchalik katta bo‘lmagan shtatga
ega (iloji boricha universal xodimlar ishlaydilar, yani unchalik qiyin bo‘lmagan
santexnik ishlar, elektr uskunalarni sozlash). Injenerlik xizmati o‘z tarkibiga mebel,
gilam tamirlovchilar, nomerlarga bo‘yash ishlarini olib boruvchi bo‘yoqchilarga ham
ega bo‘lishlari mumkin. Bosh injenerlik xizmati suv, gaz, elektr energiya sarfini ham
nazorat qiladilar.Ular bajargan barcha ishlar maxsus ro‘yxatga olish jurnaliga
yuritiladi.
Injenerlik
xizmatining
muhim
vazifasi-
yong‘in
xavfsizligini
taminlashdir.Yong‘in mehmonxona biznesida ko‘p tarqalgan hodisadir. Yong‘inning
asosiy
sabablari- chekuvchi mehmonlar, nosoz oshxona va elektr uskunalari,
kaminlar, omborxonadagi ximikatlar, chiqindilarni yoqish va boshqalar bo‘lishi
mumkin.
Yong‘in xavfsizligi tizimi mehmonxonadagi barcha inshootlar yong‘in
signalizatsiyasi tizimini, yong‘in o‘chirish
vositalarini, evakuatsiya vositalarini
(yong‘in zinalari) va xodimlarni doimiy o‘qitish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Barcha
nomerlarni, yong‘in ro‘y berganda evakuatsiya qilish sxemasi bilan taminlash zarur.
Mehmonxonaning barcha xodimlari yong‘in paytida o‘zlarini qanday tutishlarini
bilishlari kerak. Yong‘in ro‘y berganda xodimning birinchi vazifasi yong‘in
signalizatsiyasi tugmasini bosishdir.Keyinchalik quyidagicha harakatlanadi: biri
yong‘inni o‘chiradi, boshqalari mehmonlarni evakuatsiya qilishadi. Nima bo‘lganda
ham sarosimaga tushmasdan tinchlikni saqlash zarur. Yugurib borish, liftdan
foydalanish mumkin emas.Zinalardan harakatlanish kerak.Evakuatsiya yo‘li
yopiq
bo‘lsa (yong‘in bilan ),eshikni yopib, unga nam odeyalni osib, derazadan yong‘in
o‘chirish xodimlariga signal berishi zarur.