95
Ko‘pgina haridlar chakana savdolar orqali amalga oshiriladi.
Lekin buning ham
o‘ziga xos kamchilaiklari bor, kerakli tovarlar bozorda topilmay qolishi
mumkin.Ulgurji savdoda mehmonxona vino,
spirtli ichimliklar, pivo, tamaki
mahsulotlari va go‘shtni sotib oladi.
Agar otel mehmonxonalar zanjiriga kirsa zaruriy tovarlarning aksariyatini ushbu
zanjirning neytrallashgan tizimi orqali oladi. Ushbu tizim ta’minotni amalga
oshiradigan markazlashgan omborxonalarga ega. Tizimning malakali xodimlari harid
qilinayotgan tovarlarning sifatli bo‘lishini ta’minlashlari kerak.
Haridlar quyidagicha
tartibda amalga oshiriladi:
1. Mehmonxonaning barcha bo‘limi harid bo‘limiga talabnoma beradi. Uning shakli
har xil bo‘lishi mumkin, lekin hammasi ham detallashgan bo‘ladi-
tovarning
hajmi, og‘irligi, taminotchi davlat,miqdori va eng asosiysi muddati kelishib
olinadi.
2. Haridlar bo‘limi menejeri kelib tushgan talabnomalar xususiyatiga qarab,
ta’minotchilar takliflarini ko‘rib chiqib(narx,
chegirmalar, to‘lov vositasi va b.),
yaxshisini tanlaydi va buyurtmani rasmiylashtiradi.
3. Buyurtmaga asosan yetib kelgan tovarni tekshirishadi, ro‘yxatdan o‘tkazishadi,
yaroqsizini qaytarishadi.
4. Ta’minotchilardan kelgan schyot-fakturani tekshirishadi, ro‘yxatga olib, moliya
bo‘limiga to‘lov uchun jo‘natishadi.