• Mavzu 11. Mehmonxona biznesida sifatning mazmuni va mohiyati
  • Xizmatning sifati
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
    Tayanch iboralar: Mehmonxona restorani faoliyati. Restoranning joylashishi. 
    Restoran dizayni. Restoran xodimlari vazifalari. Metrdotel vazifalari. Ofitsiantga 
    qo‘yilgan talablar. Restorandagi xizmatlar turi. Menyu. Mehmonxona oshxonasi. 
    Sanitariya-gigiyenik talablar. Xavfsizlik texnikasi. Banket servis. “Room Servise”—
    nomerda xizmat ko‘rsatish.  
     
    Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
    1. Mehmonxona restorani ish faoliyati boshqa restoranlardan nimasi bilan farq 
    qiladi? 
    2. Mehmonxona restorani tarkibi haqida gapirib bering. 
    3. Mehmonxona restoranida dizaynning ahamiyati. 
    4. Restoran xodimlari vazifalarini tushuntiring. 
    5. Restoran ofitsiantining vazifalari va unga qo‘yilgan talablar. 
    6. Restoran uskunalari haqida nimalarni bilasiz? 
    7. Menyu nima? 
    8. «Room Service» xizmatining ahamiyatini so‘zlab bering. 



    106 
    Mavzu 11. Mehmonxona biznesida sifatning mazmuni va mohiyati
    Reja: 
    1. Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti 
    2. Xizmatning sifati iste’molchi nuqtai nazarida 
    3. Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish tizimi 
    4. Mehmonxonada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish 
     
    1. Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti
    «Xizmatning sifati» tushunchasini talqin qilishga nisbatan har xil yondashuvlar 
    mavjud. ISO 8402-94 «Sifatni boshqarish va ta’minlash. Lug‘at» xalqaro standartida 
    berilgan ta’rif ayniqsa ko‘p qo‘llanadi: 
    «Xizmatning sifati – xizmatning belgilangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarni 
    qondirish qobiliyatini ta’minlovchi xususiyatlari majmui».
    ISO 8402-94 xalqaro standartida «xizmat ko‘rsatish sifati» atamasi ham qabul 
    qilingan bo‘lib, unga iste’molchining aniqlangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarini 
    qondirish imkonini beruvchi xizmat ko‘rsatish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari 
    va shartlari majmui deb qaraladi.
    Xizmatning muayyan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta’minlovchi eng 
    muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 

    ishonarlilik; 

    jonkuyarlik; 

    ishonchlilik; 

    tezkorlik; 

    kommunikativlik; 

    seriltifotlik.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish