• Sanuzelni tozalash (nomer va umumiy foydalanish joyida) Individual foydalanish sanuzelini tozalash
  • Umumiy foydalanish inshootlarini tozalash texnologiyasi




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
    Umumiy foydalanish inshootlarini tozalash texnologiyasi 
     
    Umumiy foydalanish joylariga: vestibyull, xoll, yo‘lak(koridor), kiyim yechish 
    xonasi(garderob), administratsiya, bo‘limlar xonasi, zinalar, dam olish joylari va 
    ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylari kiradi.Bunday inshootlarni tozalashning asosiy 
    xususmyati tashrif buyuruvchilar sonining ko‘pligigadir. Umumiy foydalanish 
    joylarini asosiy tozalash vaqti ertalab barvaqt, kechqurun kechroq yoki kechasi.kun 
    davomida bu joylar faqat ifloslangandagina tozalanadi.
    Umumiy foydalanish joylarini tozalash ishlari hajmiga: 
    - polni yuvish vositalari bilan artish; 
    - polni mexanik tozalash; 
    - metall detallar va uskunalarni maxsus vositalar bilan artish; 
    - oyna, eshik, panjara, deraza osti va ko‘zgularni artish; 



    90 
    - savatlarni chiqindilardan bo‘shatish; 
    - kuldonni tozalash; 
    - stol va stoykalar changini artish kiradi. 
    Umumiy foydalanish joylarini tozalash ketma-ketligi: inshoot havosini 
    almashtirish; kreslo, divan, stol, shamdonlar changini artish;changyutgich yordamida 
    parket pol, xoll va mehmonlar joyini(gostinnaya) tozalash. 
    Kunora elektroarmatura setdan o‘chirilib, tozalanadi.Oyida bir marotaba eshik, 
    batareya, kartina, yoritgichlar yuviladi. 
    Har ikki oyda devor, potolok , karnizlar artiladi, pardalar yuviladi.Yilida ikki 
    marotaba barcha oynalar yuvib chiqiladi (bahor va kuzda).Kunduzgi paytda farrosh 
    va shveysarlar vestibyul, kirish eshigi, derazalar, oynalangan joylar tozaligini nazorat 
    qiladilar.Savat va kuldondagi chiqindilarni farroshlar tozalaydilar. 
    Sanuzelni tozalash (nomer va umumiy foydalanish joyida) 
     
    Individual foydalanish sanuzelini tozalash 
    Nomerda gornichni sanuzelni tozalashni xonalarni tozalagandan so‘ng 
    boshlaydi. Ishni boshlashdan avval maxsus kiyimlar(rezinali fartuk va qo‘lqop , 
    ro‘molcha)kiyishi shart. Sanuzelni tozalashni quyidagi tartibda amlga oshiriladi: 
    - ko‘zgu, oynali tualet rastachasi va u yerdagi narsalar (sovun,tish pastasi, 
    odekolon); 
    - umivalnik; 
    - vanna; 
    - kafel plitalar; 
    - unitaz; 
    - bide; 
    - pol. 
    Ko‘zgu avval nam keyin quruq latta bilan artiladi.Rastacha avval sovunli 
    aralashma bilan yuvilib, keyin quruq latta bilan artib olinadi. 
    Umivalnik oldin tozalash pastasi bilan artiladi, issiq suv bilan yuvilib, 
    dezinfeksiya qilinadi.yana bir marotaba suv bilan chayqalib, qurigunicha 
    artiladi.Xuddi shunday usulda unitaz,bide va vanna tozalanadi.Vanna shlang va 
    kranlari latta bilan artiladi, teshigi tozalanadi.Ushbu jarayonda tuz kislotasidan 
    foydalanish mumkin emas, vanna va rakovina yuzasi qorayadi. 
    Devordagi kafel plitalar har kunlik joriy tozalashda oq toza latta bilan yaxshilab 
    artib olinadi.Tubdan tozalashda barcha joydagi kafellar yuviladi.Unitaz eng oxirida 
    tozalanada.Bunda gornichni maxsus rezin qo‘lqopdan foydalanadi. Avval issiq suv 
    bilan unitazning ichki devorlari chayqaladi, so‘ng yorsh yordamida tozalash pastasi 
    bilan yuviladi.Issiq suv bilan yana chayqalib , dezinfeksiya qilinadi.Eshik qo‘lchasi, 
    unitaz qopqog‘i, qog‘oz ilgich xlorka aralashmasi bilan artib olinadi.Dushdagi rezina 
    gilamcha avval issiq suvda keyin sovuq suvda chayqalib, xlorka bilan artiladi. 
    Yuqori kategoriyali nomerlar vannaxonasida yengil dezinfeksiya qoplamali 
    taburetka va poyafzal tozalash uchun podstavka bo‘lishi shart.Bular ham nam latta 
    bilan artilib, dezinfeksiya qilinadi. 



    91 
    Tozalash ishlari tugaganidan so‘ng, qog‘oz va firma sovuni borligini, rozetkalar 
    ishlashini, sochiqlar ahvolini tekshiradi. 
    Nosozliklar aniqlanganda gornichni katta gornichniga yoki qavat bo‘yicha 
    navbatchiga xabar beradi. 

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy foydalanish inshootlarini tozalash texnologiyasi

    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish