• Xohlangan sifat
  • Talab etilgan (kutilgan) sifat




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
    Talab etilgan (kutilgan) sifat – xizmatning texnik va funksional xususiyatlari 
    yig‘indisi. Ular xizmat ishlab chiqaruvchining rejasiga qay darajada muvofiqligini 
    ko‘rsatadi. Odatda ishlab chiqaruvchi xizmatning talab etilgan xossalarini reklama 
    qiladi va kafolatlaydi. Mehmonxona xizmatlarining talab etilgan texnik xossalariga 
    quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda kommunal sharoit (vanna, dush, hojatxona), 
    konditsionerlar, konferens-zallar, muzokara xonalari va h.k.ning mavjudligi.
    Mezmonxona xizmatlarining talab etilgan funksional xossalariga quyidagilar kiradi: 
    nomerlarda va qavatlarda uzzukun xizmat ko‘rsatilishi, yangigazeta va jurnallar har 
    kuni yetkazib berilishi va h.k. 
    Xohlangan sifat – iste’molchi xizmatning mavjudligi haqida faqat orzu qilishi 
    mumkin bo‘lgan sifati. Sifatning xohlangan ko‘rsatkichlari xususiyati shundaki, 
    ularni iste’molchi o‘zi o‘ylab topmasligi kerak. Iste’molchi, qoida tariqasida, mazkur 
    sifat ko‘rsatkichlarini talab qilmaydi, ammo o‘ziga taklif etilgan xizmat tarkibida 
    ularning mavjudligini yuksak baholaydi. Xohlangan sifatli mehmonxona xizmatlariga 
    quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda yo‘ldoshli va kabelli televideniyening 
    mavjudligi; mijozga mehmonxonadan xotira sifatida fen, zont, pardoz anjomlari va 
    h.k.ni taklif qilish; kechki ovqatga bepul shampan vinosi taqdim etish va sh.k. Agar 
    xohlangan sifatni o‘z ichiga olgan xizmat yaxshi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u mijozning 
    o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini oshirishi, ishlab chiqaruvchi 
    uchun bozor sektorini yanada kengaytirishi mumkin.
    Mijozlarning ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan amerikalik olimlar Kedott 
    va Terjen taklif qilgan xizmat ko‘rsatish elementlari tipologiyasi diqqatga 
    sazovordir. Mijozlar xizmatlarni harid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga ta’sir 
    ko‘rsatadigan ehtiyojlarni o‘rganish natijasida, ushbu olimlar xizmat ko‘rsatish 
    elementlarining to‘rt guruhini ajratdilar: 

    kritik elementlar; 

    neytral elementlar; 

    qanoatlantiruvchi elementlar; 

    ixlosni qoldiruvchi elementlar. 
    Kritik elementlar mehmondo‘stlik sanoatining mohiyatini tashkil etadi. Ular 
    iste’molchining xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardir. Mazkur 
    elementlar birinchi navbatda mavjud bo‘lishi kerak, chunki ular iste’molchilar uchun 
    zarur standartlar minimumiga asoslanadi. Agar korxonalar raqobat kurashi sharoitida 
    yashab qolishni istasalar, ular aynan mana shu xizmat ko‘rsatish elementlarini taklif 



    110 
    qilish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishlari lozim. Mehmonxona nomerlari, 
    jamoat joylarining tozaligi, xavfsizlik, sog‘lom ovqat mana shunday elementlar 
    jumlasidan. Mazkur minimal standartlarga erishilgan-erishilmaganligiga qarab 
    mijozlarda ijobiy yoki salbiy munosabat uyg‘otganligi uchun ushbu elementlar kritik 
    elementlar deb ataladi. Mehmondo‘stlik sanoati korxonalarida mazkur elementlarning 
    mavjud emasligi faqat favqulodda hollarda o‘rinli deb topilishi mumkin.
    Neytral elementlar korxona faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi. Mazkur 
    elementlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uniformasining rangi, bino intererining 
    tuzilishi, avtomobillar turar joyining joylashishini kiritish mumkin. Bu elementlar 
    mijozlarning xizmatlardan qanoatlanganlik darajasiga kam ta’sir ko‘rsatadi, shu bois 
    boshqaruv faoliyatida ularga katta e’tibor berish shart emas.
    Agar ko‘rsatilgan xizmatlar sifati kutilganidan ham ziyoda bo‘lsa, 
    qanoatlantiruvchi elementlar mijozlarda yaxshi taassurotlar qoldirishi mumkin. 
    Ammo mijozning bu umidi oqlangan bo‘lmasa ham salbiy taassurot qolmaydi. 
    Mehmonxonada tunda xizmatlar ko‘rsatish, banketlar chog‘ida direktor nomidan 
    bepul ichimliklar taqdim etish, restoranlarda ayollarga ma’muriyat nomidan gullar 
    berish mana shunday elementlarga kiradi. Tabiiyki, mazkur elementlar korxonaga shu 
    sohadagi boshqa korxonalardan ajralib turish imkonini beradi. Bepul ovqat, gul yoki 
    shokoladdan hech kim bosh tortmaydi. Xuddi shuningdek, bunday «syurpriz»lar 
    bo‘lmagan taqdirda, hech kim bundan shikoyat ham qilmaydi.
    To‘g‘ri bajarilmagan va mijozning salbiy munosabatiga sabab bo‘lgan 
    elementlar ixlosni qoldiruvchi elementlar hisoblanadi. Biroq, barcha elementlar 
    to‘g‘ri bajarilgan taqdirda, mijozlarda hech qanday norozilik tug‘ilmasligi mumkin. 
    Bunday elementlarga noto‘g‘ri tanlangan yoki tashkil etilgan, mehmonlarni uzoqqa 
    borishga majbur qiluvchi mashinalar turar joyi, keng tarqalgan kredit kartochkalari 
    bo‘yicha haq to‘lashning rad etilishi, xodimlarning iltifotsizligi, kuldonlarning 
    iflosligi va h.k. kiradi.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish