115
Mijozlarning shikoyatlaridan raqiblar oldida muayyan ustunlikka erishish
manbai sifatida foydalanuvchi mehmonxonalar mazkur
ustunlikni boy bermaslik
uchun shikoyatlarga ishlov berishning oqilona mexanizmini yaratadilar. Shikoyatlar
ishni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatadi, norozi mijozni qanoatlantirish imkonini
beradi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar namunali mehmonxona strategik rejalashtirish tizimining
mavjudligi, rahbariyatning xizmatlar
sifatini oshirishga intilishi, xizmat ko‘rsatish
standartlarining yuqoriligi, xizmatlar ko‘rsatilishi ustidan nazorat tizimi,
iste’molchilarning
shikoyatlarini
qondirish
tizimining
mavjudligi
bilan
tavsiflanishini ko‘rsatdi. Bunda xodimlarga va haridorlarning qanoatlanganlik
darajasiga alohida e’tibor beriladi.