Mehmonxonada nomer va joyni bron qilish tartibi




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/81
Sana20.02.2024
Hajmi1,18 Mb.
#159204
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
2. Mehmonxonada nomer va joyni bron qilish tartibi 



77 
Bron qilish- mehmonxonadagi nomer va joyga oldindan buyurtma berishdir. 
Shu jarayondan mehmonga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. Nomerni bron qilish bilan
qabul qilish va joylashtirish xizmati yoki bron bo‘limi menejeri shug‘ullanadi. Aynan 
shu bo‘limlarga mehmonlardan bron qilish haqida ariza tushadi. Arizalarni rasmiy 
yig‘ishdan tashqari, bron bo‘limi mehmonxona joylariga bo‘lgan talabni o‘rganib 
chiqishi shart.Mehmonxonaning ko‘p yillik ish faoliyatini mazkur regionda 
o‘tkaziladigantadbirlar(festival, karnaval, sport musobaqalari) rejasini hisobga olib, 
nomerni o‘tgan va kelgusi davrda bandligini tahlil qilgach, bron bo‘limi marketing 
xizmati bilan birgalikda mehmonxona faoliyatini rejalashtiradi. 
Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda mehmonxona joylariga bo‘lgan talab 
bir necha barobar oshadi. Mehmonxona uchun ko‘p sonli qatnashuvchilarga ega 
tadbirlarga joy bron qilish foydaoidir, chunki bunday hollarda buyurtma tadbirdan 
ancha oldinroq amalga oshiriladi va uni bekor qilish riski katta emas. 
Mehmonxona bandligi mavsum, mazkur hududning ishchan faolligi, iqtisodiy, 
siyosiy vaziyatga bog‘liq. Siyosiy barqarorsizlik ro‘y berayotganda xavfsizlikni 
taminlash sustlashishi tufayli turistlarning ushbu hududga qiziqishi pasayadi.Mavsum 
tig‘iz paytida mehmonxona ikkikarrali(dvoynoye) bron qilishni amalga oshiradilar. 
Ikkikarrali bron-bu birdaniga ikki mijozga bir xil sanada kelajakda mehmonxonadan 
joy berish tasdig‘idir.Bu yo‘lni tanlab mehmonxona juda katta tavvakkal qiladi. 
Balkim ularning biri keyinchalik buyurtmani bekor qiladi yoki belgilangan kunda 
kelmas.Unda tavvakkalchilik oqlanadi. Agar o‘sha kuni har ikki mijoz ham kelsa-
chi?Albatta, birinchi kelgan mijoz joyni egallaydi. Ikkinchi mijoz ehtiyoji uchun 
boshqacha yo‘llar mavjud, bu yo‘llarni ikkikarrali bronni amalga oshirayotganda 
bo‘lim menejeri o‘ylab qo‘yadi.Har ikki mijoz tashrif buyursa, yoki turist 
ogohlantirmay kelsa, mehmonxonada joy bo‘lmasa, mehmonxona xodimi ularni 
mehmonxonaga yaqin joylashgan uy- joyni ijaraga beruvchilar, yoki boshqa 
mehmonxonalarga jo‘natadilar.Bunday paytda mijozdan mehmonxonani o‘zgartirishi 
haqida ijozat so‘rash zarur. 
Mehmonxona uchun ham, mijoz uchun ham nomerlarni oldindan bron qilish 
qulaydir, qancha barvaqt bo‘lsa, shuncha yaxshi. 
“Mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish qoidalari” asosan :”bajaruvchi ikki tomon 
imzolagan mehmonxonada joyni bron qilish haqidagi shartnoma hujjat tuzish orqali, 
shuningdek, pochta, telefon orqali bergach, ariza istemolchidan kelayotganligiga 
ishonch hosil qilinganidan so‘ng bron amalga oshiriladi”. 
Agar tashkilot mehmonxona xizmatidan doimiy foydalanayotgan bo‘lsa, unda 
malum muddatga shartnoma tuzish maqsadga muvofiqdir.Bunda tashkilotga o‘zining 
tartib raqami beriladi va ushbu tashkilot tomonodan yuboriladigan mijozlarga 
shartnomaga muvofiq mehmonxonadan jay beriladi. 
Hozirda turfirmalar aniq bir mehmonxona bilan shartnoma tuzishga harakat 
qilmoqdalar. Mehmonxonalar doimiy ravishda mijozlar bilan taminlayotgan 
turfirmalar uchun chegirmalar belgilaydi. 
Mehmonxona va turfirma o‘rtasidagi shartnomalarga quyidagilar ko‘rsatiladi: 
turistlarni joylashtirish bo‘yicha arizalar qaysi muddatda berilishi shart, to‘lov qachon 
va qay tarzda amalga oshiriladi. 



78 
Ko‘pincha bron ijarani eslatadi, chunki chunki uzoq davrda va bir necha 
nomerlar va hatto qavatlarga tegishli bo‘lishi mumkin. 
Mehmonxona joy yoki nomerini bron qilishning bir necha usullari 
mavjud:yozma, og‘zaki va kompyuter orqali. 
Pochta yoki faks orqali mijoz mehmonxonada xat-ariza jo‘natadi(pismo-
zayavka).Xuddi shunday arizani mehmonxona bron bo‘limida rasmiylashtirish 
mumkin.Arizalar bilan ishlash katta etiborni talab qiladi.Bron qilish yoki bronni 
bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar barchasi ro‘yxatga olinishi shart. 
Bron bo‘ytcha menejerlar buyurtmani vaqtida bekor qilmasalar, xato yuzaga 
chiqmaguncha, nomer sotilmay qolishi mumkin.Faqat firma blankasidagi ariza, 
buyurtma qilingan nomer to‘langanligini tasdiqlaydi. 
Nomerni bron qilayotgan tashkilot arizasida albatta, ushbu tashkilot rekvizitlari 
ko‘rsatilishi shart(nomi, manzili, bankdagi hisob raqami).Arizada quyidagi 
malumotlar kiritilishi zarur: 
- nomer soni va kategoriyasi; 
- mehmonxonada yashash muddati; 
- tashrif buyuruvchi f. i. sh; 
- to‘lov shakli(naqd pul yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan ; to‘lovni amalga oshiruvchi 
tashkilot rekvizitlari). 
So‘ngra arizalar ro‘yxatga olinadi(registratsiya raqami beriladi) va tasdiqlanadi, 
yoki rad etiladi. 
Telefon orqali bron qilish jarayonida mijoz bilan suhbatda etiborli bo‘lish juda 
muhim, chunki bu suhbatdan mijozning mehmonxona haqidagi taassuroti 
shakllanadi.Qoida bo‘yicha go‘shakni maksimum 5ta gudokdan so‘ng ko‘tarish kerak 
va albatta, ushbu xodim mehmonxonaning nomerlari bandlik holati haqida 
malumotga ega bo‘lishi shart.Nomerlarga buyurtmani telefon orqali qabul qiluvchi 
mehmonxonalarda maxsus blankalar ishlab chiqilgan.Unda faqat kerakli grafalar 
belgilanadi, arizani to‘liq yozib olish shart emas.Bunday blankalar bron bo‘limi 
kompyuterida ham bo‘lishi mumkin.Telefon orqali bron qilishda yozma tasdiqlovchi 
hujjat talab qilinadi. 
Bron qilishning kompyuter usuli mehmonxonalar va mijlzlar uchun keng 
imkoniyatlar yaratmoqda.Jahon amaliyotida bron qilishning kompyuterli tizimlari 
mavjud: bron qilishning korporativ tarmog‘ida zanjirga kiruvchi mehmonxonalar 
birlashtiriladi, boshqa bron qilish tarmog‘ida esa, zanjirga daxlsiz, mehmonxonalar 
kiradi. 
Tarmoq orqali bron qilishda boshqa shahar va hatto boshqa davlatga joylashgan 
mehmonxona nomeriga buyurtma berish mumkin.Avtomatlashtirilgan tarmoqning 
afzalligi shundaki, bron qilish shu shaharda joylashgan, shu zanjirning xoxlagan 
boshqa mehmonxonasiga ham manzillashtirilishi mumkin. 
Kompyuter tarmog‘i orqali mehmonxonada joy buyurtma berish telefonda ham 
amalga oshirilishi mumkin. Kompyuter tarmog‘i dispetcheri mehmonxona bilan
bog‘lanadi va bron qilish imkoniyatlarini aniqlaydi.Bu usul noqulayroq, chunki bron 
va joylashtirish shartlarini aniqlashga vaqt ko‘p talab qilinadi. 
Kompyuter orqali bron qilishning yana ikki varianti mavjud: Mehmonxona 
o‘zining Internet sahifasiga ega, yoki mehmonxona Internet bron qilish tizimining 



79 
azosi(orexca.com,WEB International, Nota Bene).Taklif etiladigan imkoniyatlar 
kengligi 
tufayli(kam 
harajat 
evaziga)tizimlar 
hozirda 
ommalashib 
bormoqda.Mijozlarni jalb qilishning bunday usuli samaradorligi oshgani sari, qabul 
qilingan buyurtmaga javob berish vaqti shuncha kamaymoqda.Tasdiqlashni jo‘natish 
tezligi kelib tushayotgan arizalarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashganlik 
darajasi, mehmonxona va agent o‘zaro hamkorligining aniqligiga bog‘liq.
Bu ikki bo‘g‘in o‘rtasida axborot almashinuvini to‘g‘ri tashkil etish mijozga 
tasdiq javobini olish vaqtini qisqartiradi(umuman olganda online 7 soniya vaqtni 
olishi kerak,bizning mamlakatimizda kam uchraydi).
Mehmonxona ABT va Inteonet bron tizimini birlashib, mehmonxona va agent 
erkin axborot almashishi imkoniyatiga ega bo‘ladilar(bo‘sh nomer fondi, nomer 
kategoriyalari, xizmatlar, tariflar, mehmonlar uchun maxsus dasturlar...) 
Bu tizimda bron quyidagicha amalga oshadi: Mijoz Internet bron tizimining 
WEB-saytiga kiradi va bron qilish qoidalari bilan tanishadi.So‘ngra mehmonxonani 
tanlaydi.Bo‘sh nomer mavjudligiga ishonch hosil qilgach, zaruriy axborot 
maydonchalarini to‘ldiradi, ye-mail orqali buyurtmani tizimga jo‘natadi. 
tizim buyurtmani avtomatik tarzda saralaydi va oldindan to‘lov shartlari bilan
oldindin tasdiq jo‘natadi, mijoz esa kutish varag‘iga kiritiladi.Mijozdan kerakli 
olinganidan so‘ng(oldindan to‘lov, kafolat xati),mijoz agentdan so‘nggi bron 
tasdig‘ini oladi.oxirga tasdiq nusxasi mehmonxonaga jo‘natiladi.Bu yerda bron 
bandlik(zagruzka) grafasida keyinchalik avtomatik o‘zgarishlar bilan kiritiladi.agar 
mehmonxona o‘zining saytiga ega bo‘lsa, tushayotgan arizalarga mehmonxonaning 
o‘z rezerv xizmati javob beradi. 
Mijozdan kerakli kafolatlar olinganidan so‘ng mijoz mehmonxonadan bron 
haqida tasdiq oladi. Bron bandlik grafasida nomer fondi statusining avtomatik 
o‘zgarishi bilan kiritiladi. 
Internet uydan chiqmasdan, vositachilarsiz, mehmonxona haqida axborot olish, 
nomerlarning jihozlanganligini ko‘rish imkonini beradi. 
Telefon yoki kompyuter orqali bronda rezerv qilishning kutilmaganda to‘xtab 
qolish xavfi mavjud, bunday paytda mijoz tasdiq ololmaydi, mehmonxonaga 
kelganida esa, bo‘sh nomer bo‘lmasligi mumkin. 
Arizalar bo‘yicha bron bo‘limi kelgusida mehmonxonaning to‘lishi rejasini 
tuzishi mumkin(oylik, kunlik, yillik). 
 
Kichik mehmonxonalarda hanuzgacha qo‘lda bronlash texnikasi qo‘llaniladi. 
Bunday bronlash jadvallar yordamida amalga oshiriladi. quyida keltirilgan shakl 
bronlash jadvallarining eng soddasidir (6.1-jadval).
1-jadval 
Xonalar raqami 
Oy kunlari 





... 
31 


Abdullayev 



Ahmedov 


Yirikroq mehmonxonalarda 6.2-jadvalda keltirilgan shakl qo‘llaniladi.



80 
6.2-jadval 
Nomerlarning
turlari 
Oy kunlari 





... 
31 
Bir o‘rinli nomerlar 
N
O
M
E S
R O 
L N 
A I 
R
10 






















Ikki o‘rinli nomerlar 
15 

14 

13 
... 
Ushbu jadvalga ko‘ra, mehmonxona 10 bir o‘rinli va 15 ikki o‘rinli nomerga 
ega. Buyurtma kelganida klerk tegishli kun katagiga «bir» raqamini qo‘yadi. 6.2-
jadvalda oyning 1-kuniga 4 bir o‘rinli nomer bronlashtirilgan (6 nomer bo‘sh qolgan), 
2-kuniga ikkitadan bir va ikki o‘rinli nomerlar bronlashtirilgan (tegishincha 8 bir 
o‘rinli va 13 ikki o‘rinli nomerlar bo‘sh qolgan). Bunday jadval har bir toifadagi 
bo‘sh nomerlar sonini aniq ko‘rish imkonini beradi.
Katta zamonaviy mehmonxonalarda bronlash jarayoni kompyuterlashtirilgan.
Bron bo‘limi qabul va joylashtirish bo‘limlari bilan doimo hamkorlikda ish olib 
borishi kerak, ular joriy davrda nomer bandligi haqidi axborot beradilar.Agar hisobot 
noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa, menejerlar bandlik prognozlariga tegishli qarorlarni 
noto‘g‘ri chiqarishlari mumkin.Nomer sotilmay qolsa, mehmonxona daromadi 
kamayadi. 
Mijozga joy beruvchi mehmonxona tomonidan maxsus buyruqlar bilan
tasdiqlangan bron tasdiqlangan hisoblanadi. Mijozga rezerv haqidagi tasdiq pochta 
yoki faks orqali yetib borishi uchun rezerv qilinganlik haqida tasdiqni olish bir 
muncha vaqtni talab qiladi.Odatda tasdiq xatiga quyidaga malumotlar kiritiladi: 
arizani ro‘yxatga olish raqami, mehmonning kelib ketish sanasi, buyurtma qilingan 
nomer turi, mehmonlar soni, kerakli krovatlar soni, shuningdek, mehmonning har xil 
talablari.Mijoz mehmonxonaga o‘zi bilan bu tasdiqnomani har ehtimolga olib 
keladi.Bunday tasdiqnoma ham mijoz uchun kafolat bo‘la olmaydi, chunki shunday 
qoida bor: mehmon 18 soatgacha kelmasa, mehmonxona zarurati bo‘yicha bronni 
bekor qiladi. 
Bron qilish tizimini rivojlantirishda bir qator muammolar bo‘lishi mumkin: 
- lazerli printerlardan foydalanishda qimmatbaho elektron uskunalarni sotib olish va 
o‘rganish; 



81 
- bunday uskunalar bilan ishlashni tashkil etish va nazorat qilishda malakali 
mutaxassislarning kamligi; 
- bu darajadagi texnik obetlarni joylashtirishdagi kerakli maydon(joy) muammosi. 
Integratsiya rivoji sharoitida born tizimini qo‘llashda talab oshmoqda. Bu tizim 
mehmonxona xo‘jaligi samaradorligiga erishish yo‘lidagi keng hajmla operatsiyalarni 
tanlab, turistik biznes, restoranlarni rivojlantirishda ularning imkoniyatlarini 
kengaytiradi. 
Hozirda kafolatlangan va kafolatlanmagan bron turlari keng qo‘llanilmoqda. Bu 
turlar mazmunini boyitish uchun xizmat ko‘rsatuvchi kadrlar professional malakasini 
modernizatsiyalashni qo‘llash kerak. Bu yerda xizmatlar assortimenti sifati kashfiyoti 
amal qilishi lozim. Bu holatlarda mehmonxonalarda joylarni bron qilish turi bog‘liq 
bo‘ladi

Download 1,18 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehmonxonada nomer va joyni bron qilish tartibi

Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish