70
Mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan barcha so‘rovlar ma’muriy-xo‘jalik
xizmatining muhimligini ko‘rsatadi. Tozalik va batartiblik mehmonlarning barcha
talablari orasida birinchi o‘rinni egallaydi.
Tajribali kastelyan (xizmat direktori) o‘z ishida kuyidagi o‘n qoidaga amal
kiladi.
1. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish. Ish o‘z
vaktida bajarilishiga
erishish uchun topshiriklarni qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida taksimlab,
ularning har biriga muayyan topshirik berib, zimmasiga majburiyat yuklash.
2. Bajarilgan ish to‘g‘risida hisobot berishning okilona usullarini uylab topish. Qo‘l
ostidagi xodimlar ishini muttasil nazorat kilish.
3. Og‘ir mehnat talab etadigan ishlarni standartlashtirishga harakat kilish. Qo‘l
ostidagi xodimlarga o‘z ishini anik va puxta bajarishiga yordam berish.
4. Vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish.
Asbob-uskunalar va mavjud
materiallarning qiymatini nazorat kilish.
5. Qo‘l ostingdagilarga namuna bo‘lish.
6. Mehmonlar va boshliklar kastelyan xizmati oldiga qo‘yadigan muammolardan
buyin tovlamaslik.
7. Rejalashtirish masalalarini hal qilishga xodimlarni jalb etish Ularning ishni
tez va sifatli bajarish imkonini beruvchi ratsionalizatorlik takliflarini
rag‘batlantirish.
8. Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish.
Tegishli malaka oshirish
kurslari tashkil etish orkali ularning o‘zi ustida ishlashga intilishini qo‘llab-
kuvvatlash.
9. Menejerlar tayyorlash buyicha dasturlar tashkil kilish. Xodimlaring xizmat
pillapoyalari bo‘ylab ko‘tarilishiga imkoniyat yaratish.
10. O‘z bo‘limining ishini boshqa bo‘limlar, ayniksa, ma’muriy, muxandislik-
foydalanish bo‘limlari va kirxona ishi bilan muvofiklashtirish.
Xizmat direktori majburiyatlari orasida kuyidagilar muximlik jixatidan
birinchi o‘rinda turadi:
1. Odamlarni boshkarish, asbob-uskunalarning ishlashini va kerakli mahsulotlar o‘z
vaktida yetkazib berilishini kuzatib borish.
2. Nomerlarda va umumiy foydalaniladigan xonalarda tozalik va tartibni saklash.
3. Bosh boshkaruvchining moliyaviy siyosatiga
muvofik xizmatga raxbarlik
qilish.
4. Hujjatlarni yuritish.
Xizmat direktorining ertalab 7.45 da boshlangan va 18.00 da tugagan odatdagi
ish kuniga misol.
Tungi farroshlar guruxining rahbari bilan birga koridorlar va xollarning tozaligini
tekshirish.
Ma’muriy-xujalik daftaridagi kaydlarni tekshirib ko‘rish.
Mehmonxona nomerlarining to‘lish prognozini tekshirish va
mehmonxonani tark etayotganlar mikdoriga aniklik kiritish.
71
O‘tgan kun uchun hisobotlarni tekshirish, yangikelgan mehmonlar soniga aniklik
kiritish, tegishli xozirlik ko‘rish uchun «o‘ta muxim mehmonlar»
tashrifi
kutilayotgan-kutilmayotganini aniklash.
Ma’muriy-xo‘jalik xizmatining majlisida ishtirok etish.
Joriy muammolarni xal qilish.
Yangixodimlarni o‘kitib-o‘rgatishda ishtirok etish.
Menejerlar va sektorlarning sardorlari bilan majlis o‘tkazish.
Har xil ishlarni bajarishga naryadlar berish.
Byudjetni tekshirib ko‘rish.
Haridlarga buyurtmalarni ma’kullash„
Asbob-uskunalar va jixozlarni tekshirib ko‘rish.
Mehmonlarning xonalaridagi tozalikni tekshirib ko‘rish.
Ekspluatatsiyachilardan kelgan naryadlarni ko‘zdan kechirish.
Xizmatga qabo‘l qilishga nomzodlar bilan suxbatlashish.
Kadrlar masalalarini ko‘rib chikish, xizmatni rivojlantirish haqida o‘ylash,
maslahatlar berish.
Xizmat direktorining eng og‘ir vazifasi - qoida tarikasida, turli millat vakillari
bo‘lgan bo‘lim xodimlarini boshkarish. Mehmonxonaning
katta-kichikligiga karab,
xizmat direktori bir o‘rinbosarga va bir yoki bir nechta yordamchiga ega bo‘ladi, ular
esa, o‘z navbatida, mehmonxonaning turli sektorlari (kavatlar, prolyotlar va hk.)
uchun mas’ul bo‘lgan xodimalar ishini yo‘lga soladi (5.9-rasm).