57
qariyalar, bosiq va jizzaki,
hushyor va mast odamlar, turli kasb egalari, shu
jumladan jinoiy unsurlar ham bo‘ladi;
mehmonxona ishi – o‘ziga xos uzluksiz ishlab chiqarish; mehmonxona kunda 24
soat, yilda 365 kun ishlaydi.
Menejerlarning ish kuni me’yorga solinmaydi va amalda doim kuniga 8 soatdan
ko‘proq (ko‘pincha haftasiga 70 soatga yaqin) bo‘ladi. Bunda oliy daraja menejerlar
ishi asosan mijozlar bilan bevosita va telefon orqali aloqa qilishdan iborat bo‘ladi,
xatlar va hujjatlar bilan ishlashga juda kam vaqt sarflanadi. Menejerlar ishi asabga
katta og‘irlik tushishi bilan tavsiflanadi. Menejer tez qaror qabul qila olishi va har
qanday tasodiflarga, masalan, «prezident» nomeriga da’vogar
ikkita oliy martabali
shaxs bir paytda kelishiga doim tayyor turishi kerak. Mehmonxona menejerlarining
kasbiy kasalliklari – oshqozon yarasi, gipertoniya,
yurak tanqisligi, shuningdek
alkogolizm ana shunday kelib chiqadi. Umumiy ovqatlanish xizmati xodimlariga esa
nomaqbul semirish xavfi mavjud.
Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar mehmonxonani boshqarishning
muayyan bir maqbul usulini aniqlash imkonini bermadi: sof avtoritar boshqarish
usulining
muvaqqiyatiga
ham,
demokratik
boshqarish
usulining
muvaffaqiyatsizligiga ham misollar mavjud. Ammo
miqdoriy jihatdan avtoritar
boshqarish usuli nisbatan ko‘p uchraydi. Bu holat shu bilan izohlanishi mumkinki,
mehmonxona biznesi uzoq vaqt oilaviy biznes hisoblangan: mehmonxonani oila
boshlig‘i boshqargan, unga qarindoshlari – mehmonxona xizmatchilari so‘zsiz
bo‘ysunishi kerak bo‘lgan. Maxsus ma’lumotli birinchi menejerlar faqat XX asrning
20-yillarida paydo bo‘lgan. Shu davrgacha barcha mehmonxona boshqaruvchilari sof
amaliyotchi bo‘lgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki,
mehmonxonalar bir-
biridan ancha farq qiladi va shu sababli, aytaylik, kichik biznes-otelda muvaffaqiyatli
ishlaydigan menejer katta kurort kompleksida ham shunday muvaffaqiyatli ishlashi
shart emas va aksincha.