|
«DEDEMAN SILK ROAD» mehmonxonasi nomer fondining tuzilishi«DEDEMAN SILK ROAD» mehmonxonasi nomer fondining tuzilishi
Nomer turi
Nomerlar miqdori
birlik hisobida
foiz hisobida
Bir o‘rinli
183
53,0
Ikki o‘rinli
98
28,4
Ikki o‘rinli yarim lyuks
Uch o‘rinli lyuks
54
15,7
JAMI
10
2,9
345
100
Nomerlarda mebel nomerning gabariti, devorlarining oralig‘i, isitish
xususiyatlari, texnologik ko‘rsatkichlariga qarab joylashtiriladi. Mebel foydalanuvchi
uchun qulay bo‘lishi, sanitariya va ergonomika talablariga javob berishi, mijozlar
didiga mos kelishi kerak.
Har xil sig‘imli nomerlarning o‘zaro nisbati qat’iy qayd etilgan bo‘lib, faqat
mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish paytida o‘zgartirilishi mumkin (agar
konstruksiyalar bunga yo‘l qo‘ysa).
Ayni vaqtda, nomer fondining tuzilishi mijozlarning talab va ehtiyojlariga javob
berishi kerak va muayyan tuzatishlar kiritishni (yil mavsumiga qarab, vaqt o‘tishi
bilan va sh.k.) talab qiladi. Ayrim mehmonxonalarda eshiklar va (yoki) siljiydigan
to‘siqlar yordamida nomerlarning birlashtirilishi (ajratilishi) hisobiga nomer fondida
tezkor o‘zgarishlar qilish nazarda tutiladi.
Apartamentlar soni nomerlar umumiy miqdorining 10% dan oshmaydi. Ular
xonalarining soni va vazifasiga, hojatxonasi va vannasiga, dahlizi, maydoniga ko‘ra
juda har xil.
Xodimlar uchun xonalarni joylashtirishda ish vaqtida xodimlarning harakat
yo‘nalishlarini qisqartirish zarurligidan kelib chiqish kerak. Xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarning xonalari ish joyidan uzoq bo‘lsa, bu qo‘shimcha quvvat sarfiga,
xodimlar ko‘proq charchashiga olib keladi. Shu sababli qavatdagi nomerlarga
bevosita yaqin joyda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bir qancha xonalari,
chunonchi: xodimalarning xonalari, omborlar (toza choyshab va yostiq jildlari,
sarflash materiallari, kir choyshab va yostiq jildlari, tozalash vositalari omborlari),
ofitsiantlarning xonalari, axlat yig‘gich va b. joylashtiriladi.
Joylashtirish xizmati nomer fondining ekspluatatsion holati hisobini yuritadi.
Har bir nomerni tayyorlash va unga mijozlarni joylashtirishning kundalik
tafsilotlariga quyidagilar kiradi: nomer mijozni joylashtirishga tayyorlangan payt;
mijozlar kelgan va ketgan paytlar; mijozlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
nomer bo‘sh qolgan soatlar; yashash narxi va summasi; qo‘shimcha xizmatlar narxi
va ularga haq to‘lash; bronga qo‘yish vaqti, nomer ta’mirlashda, sanitariya ishlovi
berishda bo‘lgan vaqt.
Mehmonxonaning bir martalik sig‘imi doimiy o‘rinlar soniga qarab aniqlanadi.
|
| |