• Mavzu 4. Mehmonxonalarning me’morchilik va texnik yechimlari
  • 1. Mehmonxona binolari tarkibi
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
     
    Tayanch iboralar: Yevropa tasniflash tizimi; Fransiya milliy tasniflash tizimi; 
    Germaniya tasniflash tizimi; xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi, xalqaro 
    mehmonxonalar zanjiri. 
    Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
    1. Yevropa tasniflash tizimini tushuntiring. 
    2. Fransiya milliy tasniflash tizimining mohiyati.
    3. Germaniya tasniflash tizimi. 
    4. Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi haqida nimalar bilasiz? 
    5. Germaniya tasniflash tizimi qaysi mezonlar bo‘yicha talablarni belgilaydi? 



    41 
    Mavzu 4. Mehmonxonalarning me’morchilik va texnik yechimlari  
    Reja: 
    1. Mehmonxona binolari tarkibi
    2. Mehmonxonaning jamoat qismlarida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish 
    3. Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi va unga xizmat ko‘rsatish 
    4. Mehmonxonaning hayotni ta’minlash tizimi 
    1. Mehmonxona binolari tarkibi 
    Hozirgi zamon mehmonxonalarining me’morchilik yechimi juda rang-barang: 
    bir qavatli motellardan 88 qavatli osmono‘par binogacha, polineziyaliklarning turar 
    joyi uslubida qurilgan kulbalardan hozirgi zamon me’morchiligining oynavand-beton 
    majmualarigacha. Ayni paytda, zamirida iqtisodiy mulohazalar yotuvchi bir nechta 
    asosiy texnik yechimlarni qayd etish mumkin. O‘rtasida lift joylashgan to‘g‘ri 
    to‘rburchak bino eng sodda yechim hisoblanadi. Har bir qavatdagi lift 
    maydonchalaridan binoning ikki tomoniga qarab uzun yo‘lak ketgan, yo‘lakning 
    ikkala tomonida nomerlar joylashgan. Shahar markazida yer maydoni qimmat turgan 
    holda mehmonxona binosi yuqoriga qarab minora shaklida yuksalib boradi, bunda 
    yo‘lak uzunligi qisqaradi. Ba’zan u halqa shaklida bo‘lib, uning ichida lift shaxtasi 
    joylashadi.
    Eski mehmonxonalarning binolari ko‘pincha ichki hovlili «quduq» shaklida 
    bo‘lgan. Hovlida mehmonlarning ekipajlari turgan. Binoning bunday shaklida 
    nomerlar bir qismining derazasi ichki hovliga qaragan. Bunday mehmonxonalarni 
    keyinchalik rekonstruksiya qilish jarayonida ichki hovli ko‘pincha shaffof tom bilan
    to‘silgan va atrium hosil qilingan.
    Kurort mehmonxonalari binosi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bunda derazasi 
    dengizga qaragan nomerlarga mumkin qadar ko‘proq ega bo‘lishga harakat qilinadi. 
    Shu maqsadda, agar joy relefi imkon bersa, mehmonxona binosi tog‘ yonbag‘ri 
    bo‘ylab dengizga tushib boradigan katta «pillapoyalar» shaklida quriladi. Shunda 
    barcha nomerlar derazasi dengizga qaraydi. Tekis qirg‘oqlarda uch qirrali yulduz 
    shaklidagi (rejada) binolar ayniqsa ko‘p quriladi. Har bir qirra bo‘ylab yo‘lak o‘tadi, 
    yo‘lakning ikki tomonida nomerlar joylashadi. Bunday yechimda nomerlarning 
    uchdan ikki qismi dengizga qaraydi.
    Shuningdek saroy me’morchiligi namunalarini, chunonchi, Yevropadagi ayrim 
    hashamatli mehmonxonalarni ham qayd etish mumkin. Ular dastlab haqiqatda ham 
    zodagonlarning saroyi bo‘lgan va keyinchalik mehmonxonalarga aylantirilgan. 
    Motellar ham o‘z xususiyatlariga ega. Ularning aksariyati ikki qavatli bo‘ladi. 
    Bu juda qulay, chunki qimmatga tushadigan liftlar qurish talab etilmaydi. Ammo 
    binoning o‘zi ancha katta maydonni egallaydiki, bu ayni holda ahamiyatsiz, chunki 
    motellar odatda yer nisbatan arzon turadigan shahar tashqarisida joylashadi.
    Mehmonxonalar qurilishi ko‘p yillik amaliyotida bir nechta foydali tavsiyalar 
    ishlab chiqilgan. Ularning ayrimlarini sanab o‘tamiz.



    42 
    1. Mehmonxona o‘z harajtlarini maqbul muddatlarda oqlashi uchun qurilish 
    qiymatini nomerlar soniga bo‘lganda ushbu nomer tarifidan ming baravardan 
    ko‘proq son chiqishi kerak. Bunda mehmonxonaning to‘lish koeffitsiyenti kamida 
    75%, bank krediti uchun to‘lanadigan foiz stavkasi esa – 12% gacha deb 
    mo‘ljallanadi.
    2. Mehmonxona ostidagi yer qiymati qurilish qiymatining 20% dan oshmasligi 
    kerak.
    3. Mehmonxona butun maydonining kamida 50% nomerlar fondiga to‘g‘ri kelishi 
    lozim.
    4. Bir o‘rinli nomerning minimal maydoni 10 m
    2
    ni, ikki o‘rinli nomerniki esa – 15 
    m
    2
    ni tashkil etadi. Hozirda mehmonxona (uch-to‘rt yulduzli) namunaviy 
    nomerining maydoni 20-30 m
    2
    ni, besh yulduzli mehmonxonalarda – 40 m
    2
    va 
    undan ko‘proqni tashkil etadi. Nomerning ma’qul geometriyasi – minimal 
    kengligi 3 m, tomonlarining o‘zaro nisbati 2 

    1 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak.
    5. Hozirda nomerlarga qo‘yiladigan karavotlar mo‘’tadil ravishda qattiq va oyoqsiz 
    bo‘lgani ma’qul, chunki bu nomerni tozalash vaqtini qisqartiradi va pol usti 
    qoplamasini tejash imkonini beradi.
    6. Restoran maydoni har o‘ringa 1,5-1,8 m
    2
    hisobidan, bar maydoni – har o‘ringa 1,3 
    m
    2
    hisobidan, banket zalining maydoni – har o‘ringa 1 m
    2
    gacha, restoran 
    oshxonasining maydoni – restorandagi har o‘ringa 0,9-1 m
    2
    hisobidan belgilanadi. 
    Oshxona maydonining taxminan yarmini omborxonalar egallaydi.
    7. Ma’muriyat egallaydigan maydon har nomerga 0,3-0,5 m
    2
    hisobidan, nomer fondi 
    xizmatining omborxonalari maydoni – har nomerga 1 m
    2
    hisobidan, xodimlar 
    uchun xonalar (oshxona, dushxona, garderob) maydoni – har nomerga 4 m
    2
    hisobidan belgilanadi.
    8. Uch yulduzli mehmonxonada har 100 nomerga taxminan 80 xizmatchi bo‘lishi 
    kerak (to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalarda xizmatchilar soni nomerlar 
    miqdoridan ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkin).
    9. Umumiy ovqatlanish xizmati daromadlariga nomer fondi daromadlarining nisbati 
    70

    20 dan (qo‘shimcha xizmatlar yana 10% daromad beradi) 40

    60 gacha atrofida 
    bo‘ladi.
    10. Agar bir nomer boshqasidan qimmat tursa, birinchi nomer ikkinchisidan kamida 
    2-3 m
    2
    katta bo‘lishi kerak, aks holda mijoz farqni sezmasligi mumkin.
    Shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytda iqtisod (ekonom) toifali 
    mehmonxonalar ancha keng tarqaldi. Ularda harajatlar (va, tegishincha, yashash 
    uchun haq) mumkin qadar kamaytirilgan. Tabiiyki, mazkur mehmonxonalarda 
    yuqorida keltirilgan barcha raqamlar ancha kamaytirilgan.
    Mehmonxonani loyihalashda, qoida tariqasida, bir nechta o‘ziga xos 
    muammolar vujudga keladi.
    1. Mehmonxonaning oqilona hajmi. Bu masala hanuzgacha bahsli bo‘lib qolayotir. 
    Ayrim tadqiqotchilar 100-150 nomerli mehmonxonani, ayrimlar esa – 200-230 
    nomerli mehmonxonani oqilona deb ko‘rsatadilar. Aksariyat mualliflarning 
    fikricha, nomerlarning oqilona miqdori 400 tadan oshmaydi.
    2. Nomer fondining tuzilishi, ya’ni bir o‘rinli, ikki o‘rinli nomerlar va lyukslar 
    qancha bo‘lishi kerakligi masalasi. O‘z-o‘zidan ravshanki, nomer fondining 



    43 
    tuzilishi mehmonxona tipiga, uning darajasiga va u ishlayotgan bozor segmentiga 
    bog‘liq bo‘ladi. Hozirda bir o‘rinli nomerlar o‘zini oqlamaydi – kichikroq 
    maydonli nomerga bir kishilik emas, balki ikki kishilik karavot qo‘yilgani ma’qul. 
    Bu holat shu bilan izohlanadiki, nomer jihozlari qiymatining asosiy qismini 
    hojatxona va vanna tashkil etadi. Ikki kishilik karavot bir kishilik karavotga 
    solishtirganda jihozlar qiymatini uncha oshirmaydi, lekin ushbu nomerlarga 
    nafaqat yakka mijozlarni, balki er-xotinlarni ham joylashtirish imkonini beradi. 
    Bunda yashash uchun haq odatda 25% ga oshiriladi. Hatto past darajali kichik 
    mehmonxonalarga ham o‘ta shinam va qulay bo‘lgan bir nechta nomer («lyuks», 
    «prezident»)ga ega bo‘lish tavsiya etiladi. Garchi bu nomerlarga talab uncha katta 
    bo‘lmasa-da, ular mazkur nomerlarda to‘xtashi mumkin bo‘lgan mashhur shaxslar 
    hisobiga mehmonxona obro‘sini oshirish imkonini beradi.
    3. qavatlilik va liftlarning o‘tkazish qobiliyati. Ko‘p qavatli konstruksiyalar yer 
    maydonini (va, tegishincha, uning qiymatini) tejaydi, lekin qurilish qiymatini 
    asosan liftlar hisobiga oshiradi. Liftlar – juda qimmat qurilma. Ammo ularda 
    mablag‘ni tejash navbatlar hosil bo‘lishiga va mijozlar noroziligiga sabab bo‘ladi. 
    Bundan tashqari, shunday mijozlar ham borki, ular yong‘in chiqqudek bo‘lsa, 
    pastga tushishga ulgurmay qolishidan qo‘rqib, oltinchi qavatdan yuqoriga 
    joylashishga ko‘nmaydi.
    4. Xavfsizlikni ta’minlash muammosi. Agar mijoz mehmonxonada o‘zini xavfsiz his 
    qilmasa, u bu yerga boshqa kelmaydi. Mijoz nomerda o‘zini xavfsiz his qilishi 
    uchun mazkur nomer eshigi mustahkam va ishonchli bo‘lishi (hech bo‘lmasa 
    shunday ko‘rinishga ega bo‘lishi), zanjirga qulflanishi, «ko‘zcha» va ishonchli 
    qulf bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Hozirda uch xil kalitli: mexanik, magnitli va 
    elektron qulflar qo‘llanadi. Ularning barchasi o‘z yutuq va kamchiliklariga ega. 
    Mexanik qulflar nisbatan arzon. Magnitli qulflar ularning kaliti yo‘qolgan taqdirda 
    qulfni qayta dasturlashtirish imkonini beradi (bunday holda mexanik qulfni 
    almashtirishga to‘g‘ri keladi). Bundan tashqari, magnitli va elektron kalitli sistema 
    nomerga kirgan barcha odamlarni qayd etish imkonini beradi (mehmonxona 
    xodimlari tegishli kodli o‘z kalitlariga ega bo‘ladi). Magnitli kalitlarning 
    kamchiligi shundaki, ular tasodifan magnitsizlanishi va natijada mijoz o‘z 
    nomeriga kirolmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, qulf ishlashi uchun magnitli 
    kartochka-kalitni qulf tirqishidan o‘tkazish kerakki, bu yoshi o‘tgan mijozlar 
    uchun muayyan qiyinchilik tug‘diradi.
    Magnitli va 
    elektron 
    qulflar 
    mehmonxonada qizg‘in 
    foydalanish 
    xususiyatlaridan kelib chiqib yasalgan standart mexanik qismdan va qulf 
    mexanizmini boshqaradigan elektron qismdan tashkil topadi. qulfning o‘zi sifatli 
    materialdan yasaladi. qulf qopqog‘ini maxsus asbobsiz ochib bo‘lmaydi.
    Bunday qulflar kalitlarining quyidagi turlari farqlanadi: 

    «smart»-karta; 
    - perforatsiya yoki shtrix-kodli karta; 

    magnit chiziqli plastik kartochka (eng ko‘p tarqalgan variant). 
    Magnitli yoki elektron qulflar o‘rnatilgan mehmonxonaning ish jarayonini sodda 
    qilib quyidagicha tavsiflash mumkin: mehmon joylashayotganida unga kodli 
    kartochka beriladi. Ushbu kartochka yordamida mehmon o‘ziga ajratilgan nomer 



    44 
    eshigini faqat muayyan vaqt oralig‘ida (mehmonxonada yashash vaqti mobaynida) 
    ochib kira oladi. Ma’mur mehmonni ro‘yxatga olishi jarayonida kodni 
    dasturlashtirish amalga oshiriladi. Bunday karta ko‘p marta qo‘llaniladigan bo‘lishi 
    mumkin. Shunda u kodni ko‘p karra qayta yozish imkonini beradi.
    Elektron qulflarning maxfiylik darajasi ham ancha yuqori bo‘ladi. Elektron 
    qulfni yasama kalit bilan ochib bo‘lmaydi, kodni yozib olish va undan nusxa 
    ko‘chirish esa – juda qiyin ish. Buning ustiga, kartochkada mehmonxona nomi va 
    nomer raqami odatda ko‘rsatilmaydi. Binobarin, elektron kalit yo‘qolgan taqdirda 
    ham mehmon o‘z nomeriga birov ruxsatsiz kirishidan himoyalangan bo‘ladi.
    Bundan tashqari, elektron (magnitli) qulflar quyidagilarni ta’minlaydi: 

    muayyan belgi (zona, qavat)ga ko‘ra birlashtirilgan bir necha nomer eshigini bir 
    karta bilan ochish; 
    - nomerga kirish uchun bir necha kartani dasturlashtirish (masalan, nomerga oila 
    joylashganida); 
    - nomerdagi seyfni ochish uchun ayni shu kartadan foydalanish; 
    - nomerga kirishni nazorat qilish. qulf eshikning oxirgi 300 ochilishini eslab 
    qoladi. Bu juda muhim, masalan, nomerdan o‘g‘rilik sodir etilgan taqdirda 
    qonunbuzarni aniqlash uchun; 
    - ruxsatsiz joylashish ustidan nazorat. Agar mijoz mehmonlarni qabul qilish va 
    joylashtirish dasturida ro‘yxatga olingan bo‘lmasa, uni dasturlashtirish mumkin 
    emas; 
    - nomerda elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat. Nomerda asosiy ulab-uzgich 
    yoniga maxsus moslama o‘rnatilgan bo‘lib, nomerda chiroqlarni yoqishdan oldin 
    kalitni ana shu moslama tirqishidan o‘tkazish talab etiladi. Nomerdan 
    ketayotganda mijoz kalitni o‘zi bilan olib ketadi va oradan ma’lum vaqt o‘tgach, 
    nomerdagi chiroq o‘z-o‘zidan o‘chadi; 
    - krediti tugagan mehmon uchun nomerga kirishni blokirovka qilish.
    Ayni vaqtda keng tarqalgan qulflarning notarmoq turini o‘rnatish yuqorida zikr 
    etilgan imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi. Ushbu variantda har bir qulf 
    individual moslama hisoblanadi va boshqa qulflarga yoki markaziy kompyuterga 
    ulanmaydi. Ular o‘rtasidagi aloqa ko‘chma programmator orqali amalga oshiriladi.
    Sistemaning tarmoq turi o‘rnatilgan, ya’ni barcha qulflar yagona tarmoqqa 
    birlashtirilgan taqdirda, qo‘shimcha funksiyalar paydo bo‘ladi: 
    - xonaga ruxsatsiz kirilganini aniqlash; 
    - nomerlarni markazlashtirilgan tartibda nazorat qilish (mijoz nomerda, mijoz 
    nomerda yo‘q, nomerni tozalash, bunda tozalash boshi va oxiri qayd etiladi va 
    h.k.). 
    O‘zini hurmat qilgan mehmonxona kalitlarning quyidagi turlaridan foydalanadi: 
    - bosh kalit (Grand master Key) – bir yoki ikki nusxasi bosh direktorda va 
    xavfsizlik xizmati boshlig‘ida bo‘ladi. Ushbu kalit bilan mehmonxonadagi 
    istalgan eshikni ochish va berkitish, ayrim qulflarni esa mehmonxonadagi 
    boshqa bironta ham kalit bilan ochib bo‘lmaydigan qilib berkitish mumkin; 
    - asosiy kalit (Master Key) – nomer fondi xizmatining boshlig‘i, bosh muhandis, 
    qabul qilish xizmati boshlig‘ida bo‘ladi. Ushbu kalit yordamida bosh kalit bilan
    berkitilgan qulflardan boshqa barcha qulflarni ochish mumkin; 



    45 
    - seksiya kaliti (Submaster Key) – mehmonxona xodimalarida bo‘ladi. Ushbu 
    kalit bilan , aytaylik, bir qavatda joylashgan nomerlarning eshiklari ochiladi. 
    5. Boshqa muammolarga quyidagilar kiradi: avtomobillarni qo‘yish muammosi, 
    ayniqsa, mehmonxona restoranlari o‘z xizmatlarini ko‘chadagi mijozlarga ham 
    taklif etsa; foydalanish harajatlarini kamaytirish muammosi; yong‘in xavfsizligi 
    tizimini tashkil etish muammosi va b.
    Funksional vazifasiga qarab, mehmonxonada vestibyul xonalari guruhi; mijozlar 
    yashaydigan qism; mehmonlar ovqatlanishi uchun mo‘ljallangan xonalar, savdo-
    maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari; mehmonlar sport bilan shug‘ullanishi, hordiq 
    chiqarishi va biznes bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan xonalar; xizmat 
    xonalari va maishiy xonalar; texnik xonalar.
    Vestibyul xonalari guruhi – mehmonxonaning eng muhim qismlaridan biri. U 
    mehmonlarni kutib olish va kuzatish uchun mo‘ljallangan. Unda ayrim ishlarni 
    taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi amalga oshiriladi.
    Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi nomerlarni va ular normal 
    faoliyat ko‘rsatishi va ularda tozalikni saqlash uchun zarur xonalarni o‘z ichiga oladi.
    Restoranlar, barlar, kafelar va boshqa ovqatlanish korxonalarida mehmonlar, 
    ovqatlanish bilan bir qatorda, hordiq chiqarishi, o‘zaro muloqot qilishi mumkin.
    Mehmonlar sport bilan shug‘ullanishi, hordiq chiqarishi va biznes bilan
    shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan xonalar tarkibi juda keng va rang-barangdir. Ular 
    qatoriga kinokonsert, banket, raqs zallari ham kiradi. Sport inshootlari basseyn, sport 
    zallari, kegelban va sh.k.ni o‘z ichiga oladi. Ish yuzasidan uchrashish uchun 
    mo‘ljallangan binolarga konferens-zallar, ishbilarmonlik va bank operatsiyalarini 
    o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zallar, ko‘rgazma zallari kiradi.
    Savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari guruhida savdo korxonalari
    sartaroshxona, kimyoviy tozalash shoxobchalari, suratxona, atele va b. mijozlarga har 
    xil xizmatlar ko‘rsatadi.
    Mehmonxonaning xizmat va maishiy xonalari xodimlarga ishlash, yashash, 
    ovqatlanish, shu jumladan xo‘jalik va qo‘shimcha ehtiyojlarini qondirish imkonini 
    beradi.
    Texnik xonalarda mehmonxonaning havo almashtirish, markazlashtirilgan 
    tartibda axlatni yig‘ish va bartaraf etish, telefon, signalizatsiya texnikasini va 
    mehmonxona hayot faoliyatini ta’minlovchi boshqa sistemalarning ishini nazorat 
    qiladigan xizmatlar joylashadi.
    Muayyan xonalar guruhlarining tarkibi va maydoni har xil bo‘lib, mehmonxona 
    turi, foydalanish shart-sharoitlari va sig‘imiga bog‘liq.
    Mehmonxona binosiga tutashuvchi hudud ham mehmonxonaning funksional 
    zonasi hisoblanadi. U mehmonxona mijozlari va xodimlarini tashqi muhit (shovqin, 
    gazlanganlik, ifloslanganlik va sh.k.)dan ajratish, kelayotgan mehmonlarga qulaylik 
    yaratish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan mehmonxona transport bo‘g‘inlari 
    yaqinida joylashishi, bino tegishli tarzda jihozlanishi (reklama qilinishi) muhim 
    ahamiyatga ega. Mehmonxona yaqinida mehmonlar dam olishi, avtomobillarini 
    qo‘yishi uchun joylar nazarda tutiladi.
    Mehmonxona hududining yer osti maydonidan foydalanish ham istiqbollidir.



    46 
    Mehmonxona turli xonalari va binolari guruhlarining aloqalari 4.1-rasmda 
    ifodalangan.
    Xizmat xonalari va maishiy xonalar 
    Mijozlar 
    yashaydigan 
    qism 
    Vestibyul 
    xonalari 
    Ovqatlanish 
    korxonalari 
    xonalari 
    Sport bilan shug‘ullanish, 
    dam olish va biznes bilan
    shug‘llanish uchun xonalar 
    Savdo-
    maishiy 
    xizmat 
    ko‘rsatish 
    xonalari 
    1-rasm. Mehmonxona xonalari va binolarining asosiy guruhlari va ularning aloqalari 
    Mehmonxona binolari va xonalari funksional sxemalarini ishlab chiqish 
    texnologik aloqalar va moddiy oqimlarni oqilonalashtirishga yordam beradi.
    Ichki oqimlar (xonalar va xonalarning guruhlari o‘rtasida), kiruvchi (tashqi 
    muhitdan mehmonxonaga) oqimlar, chiquvchi (mehmonxonadan tashqi muhitga) 
    oqimlar farqlanadi. Axborot oqimlaridan tashqari, mehmonxonada yashovchilar, 
    xodimlar, mijozlar bagaji, choyshab va yostiq jildlari, axlat, chiqindilar, inventar 
    oqimlari alohida o‘rganiladi. Logistik metodlar yordamida oqimlarni harakat 
    yo‘nalishlari va sur’atiga qarab tartibga solish mumkin.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish