Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/81
Sana20.02.2024
Hajmi1,18 Mb.
#159204
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Kempinglar mavsumiy foydalanish uchun mhljallangan «engil» tipdagi 
mehmonxona korxonalaridir. Ular avtoturistlar dam olishi hamda ularning 
avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun mo‘ljallanadi. Kempinglarda 
ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha turlari soddalashtirilgan bo‘ladi: uxlash joylari 
yozgi tipdagi, ko‘pincha yog‘ochdan qurilgan, isitilmaydigan binolarda yoki 
chodirlarda joylashadi; vanna va hojatxona asosan umumiy bo‘ladi. O‘ziga o‘zi 
xizmat ko‘rsatishning har xil shakllari ancha keng tarqalgan. Ba’zan kempinglar 
qoshida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va avtomobillarni yengil 
ta’mirlash ustaxonalari bo‘ladi. So‘nggi yillarda «motel-kemping» aralash turi 
rivojlanmoqda. U motel hududida joylashgan kemping hisobiga yozda motel 
sig‘imini kengaytirish imkoniyatini nazarda tutadi.
Joylashtirish vositalarining aralash turlari juda rang-barangdir. Masalan, chet 
elda, ayniqsa, AQShda mehmonxona korxonalarining quyidagi turlari qurilmoqda: 
- rotellar – treylerli avtomashinalarda sayohat qiluvchilar uchun
- botellar – suv bo‘ylab sayohat qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan dengiz, daryo, khl bhyidagi mehmonxona muassasalari. Ularning 
tarkibiga turar joy binosi, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi, suzuvchi 
vositalarga texnik xizmat khrsatishga ixtisoslashgan inshootlar va qurilmalar 
kiradi; 
- botokempinglar – kemping tipidagi mavsumiy mehmonxona muassasalari; 



32 
- suv ustidagi mavsumiy flotellar va flotokempinglar – mehmonxona, shuningdek 
suzuvchi vositalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni qishda saqlash 
qo‘nalg‘asi funksiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan muassasalar; 
- flaytellar 
– shaxsiy samolyotlarning egalari uchun mo‘ljallangan 
mehmonxonalar (masalan, AQShning Oklaxoma shtatidagi Talas shahri yaqinida 
joylashgan flaytel-motel) va b. 
Rotel – ko‘chma mehmonxona. Bir yoki ikki hrinli bo‘limlardan iborat vagon-
treyler ko‘rinishida bo‘ladi. Har bir bo‘lim ventilyatsiya va alohida yoritish uskunasi 
bilan jihozlangan. Rotelda kiyim almashtirish, yuvinish joyi va hojatxona bor. 
Vagonning orqa qismida oshxona va muzlatgich joylashadi.

Download 1,18 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish