• Turistik mehmonxonalar
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
    Idoraviy mehmonxonalar umumiy tipdagi mehmonxonalarning bir turi 
    hisoblanadi. Bunday mehmonxonalar asosan ma’lum idora, muassasa yoki korxonaga 
    ish yuzasidan tashrif buyurgan odamlar yashashi uchun mo‘ljallanadi. Idoraviy 
    mehmonxonalar tegishli idora yaqinida yoki jamoat transporti yaxshi qatnaydigan 
    joyda quriladi. Bunday mehmonxonalarda umumiy xonalar thplami ko‘pincha ancha 
    cheklangan, hzi xizmat ko‘rsatuvchi korxona turiga va undagi umumiy ahamiyatga 
    molik xonalar tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.



    26 
    Chet elda anjumanlar uchun mo‘ljallangan maxsus mehmonxonalar qurish 
    keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar odatda «kongress-otel» yoki «konferens-
    otel» deb nomlanadi. Chet elda shuningdek ishbilarmonlar uchun ham maxsus 
    mehmonxonalar – «biznes-otellar» quriladi. Odatda bu mehmonxonalarning 
    shinamlik darajasi juda yuqori bo‘ladi. Ularda kongresslar o‘tkazish uchun zallar, 
    majlislar, konferensiyalar, simpoziumlar uchun alohida joylar, har xil turdagi 
    restoranlar, aloqa va bank bo‘limlari, teletayp, teleks, basseynlar, saunalar, 
    kegelbanlar faoliyat ko‘rsatadi.
    Ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda kichik majlislar, 
    savdo operatsiyalari o‘tkazish, mahsulotlarning namunalari ko‘rgazmalarini tashkil 
    etish, firmalarning vakolatxonalarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan joylar, ayrim 
    hollarda transformatsiya qilinadigan – ularda kelgan odamlarni qabul qilish, kichik 
    muzokaralar o‘tkazish imkonini beradigan nomerlar ham nazarda tutiladi.
    Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun mo‘ljallanadi. 
    Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan uyushtirilgan gruppaviy turizm – 
    ekskursiya va sport turizmi uchun mo‘ljallangan.
    Turistik mehmonxonalar shaharda, shahar tashqarisida, turistik ob’ektlar 
    yaqinida, yaxshi tabiiy omillarga ega joylarda, ko‘pincha yashil massivlar yaqinida 
    quriladi.
    Turistik 
    mehmonxonalar, 
    shuningdek 
    kurort 
    mehmonxonalari 
    yer 
    maydonlarining hajmi umumiy tipdagi mehmonxonalarning yer maydonlaridan ancha 
    katta bo‘ladi (1 mingtagacha o‘rinli mehmonxonalarda bir o‘ringa 75 m
    2
    va 1-2 ming 
    o‘rinli mehmonxonalarda bir o‘ringa 65 m
    2
    ). Kurort mehmonxonalari va turistik 
    mehmonxonalarning, kurortlarda va dam olish zonalarida joylashgan motellar va 
    keminglarning ko‘kalamzorlashtirilgan yer maydonlari jami yer maydonining kamida 
    5% ni tashkil etishi kerak.
    Mehmonxonalarning yer maydonlarida sport maydonchalari (bir o‘ringa 8-10m
    2
    hisobidan), bolalarning o‘yin maydonchalari va soyabonlar joylashadi. Shovqindan 
    saqlanish uchun turistik mehmonxonalar va kurort mehmonxonalarining korpuslari 
    transport qatnaydigan ko‘chalar va yo‘llardan kamida 50 m uzoqda quriladi. Bu 
    khchalar va yo‘llar yoqasida daraxt ko‘chatlari ekish nazarda tutiladi.
    Ko‘pchilik oilaviy dam olishni yoqtirganligi uchun turistik mehmonxonalarda 
    asosan ikki hrinli nomerlar nazarda tutiladi. Nomerda odatda kunduzgi dam olish 
    zonasi ajratiladi. Bu zona lodjiya yoki balkonni ham o‘z ichiga oladi. Yoshlar turizmi 
    uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda tejamkorlikni oshirish va yashash uchun 
    to‘lanadigan haqni kamaytirish maqsadida ba’zan beshta va undan ortiq odamga 
    mo‘ljallangan umumiy yotoqxona ko‘rinishidagi nomerlar nazarda tutiladi. Turistik 
    mehmonxonalardagi umumiy ahamiyatga molik binolar va xonalar asosan dam olish 
    uchun mo‘ljallangan bhladi (khp funksiyali zallar, xollar, kaminli zallar va h.k.). 
    Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida ba’zan «ko‘ngilochar ovqatlanish» 
    korxonalari (raqs barlari, varete va h.k.), tez va arzon xizmat khrsatish korxonalari 
    (ekspress-kafe, oshxona va sh.k.), ba’zan o‘ziga o‘zi xizmat khrsatish korxonalari 
    ham bo‘ladi.
    Turistik mehmonxonalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda 
    turistik xizmatlar khrsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va instruktorlar 



    27 
    xonalari (instruktorlar turistik guruhlar bilan metodik ish olib borishi uchun) mavjud 
    bo‘ladi. Bunday xonalar majmui turistik marshrut turiga va mazkur marshrut bhylab 
    turistlarning harakatlanish usuliga bog‘liq.
    Turistik-sport mehmonxonalarida turistik va sport anjomlari va jihozlari 
    (chang‘i, konki, chana, ov va baliq ovi anjomlari, qayiqlar, baydarkalar va h.k.)ni 
    ijaraga berish shoxobchalari nazarda tutiladi. Turistik-sport mehmonxonasining 
    xususiyatiga qarab, bunday shoxobchalar to‘plami har xil bhlishi mumkin. Shunga 
    hxshash anjomlarni ijaraga berish shoxobchalari kurortlar va dam olish zonalarida 
    joylashgan motellar va kempinglarda ham bo‘lishi mumkin.
    Qoida tariqasida, bunday mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami 
    yaxshi rivojlangan, umumiy ovqatlanish korxonalari ancha rang-barang bo‘ladi. 
    Ularda «ko‘ngilochar ovqatlanish» korxonalari (kunduzgi va tungi barlar), do‘konlar, 
    kiosklar va h.k. ishlab turadi. Shinamlik darajasi yuqori bo‘lgan mehmonxonalarda 
    basseynlar, saunalar, kegelbanlar, barlar, restoranlar, madaniy hordiq markazlari ham 
    bo‘ladi.
    Turistik mehmonxonalarni turizmning madaniy va ma’rifiy turlarini ma’qul 
    ko‘ruvchi, shinamlik va xizmat ko‘rsatish darajasiga ancha katta talablar qo‘yuvchi 
    turistlar harakatlanadigan marshrutlarda joylashtirish lozim. Bundan tashqari, turistik 
    mehmonxonalardan avtoturizm, sport va transport turizmining ayrim turlari bilan
    shug‘ullanuvchi, kongresslar, festivallar va anjumanlarga keluvchi, shuningdek har 
    xil aralash turistik sayohatlar chiquvchi mijozlarni qabul qilish va ularga xizmat 
    khrsatish uchun ham foydalanish mumkin.
    Marshrutda joylashishiga qarab, turistik mehmonxonalar asosiy muassasalar 
    (to‘g‘ri va halqali marshrutlardagi boshlang‘ich yoki oxirgi punktlar) sifatida yoki 
    marshrut o‘rtasida turistlar nisbatan uzoq dam olishi uchun mhljallangan oraliq 
    muassasalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
    Foydalanishning mavsumiyligiga qarab, mehmonxonalarning mazkur turidan, 
    qoida tariqasida, butun yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan doimiy turizm 
    muassasasi sifatida foydalaniladi. 
    Mehmonxonalarning funksional o‘ziga xosliklari ularni barcha loyihalash-
    qurilish hududlarida va iqlimiy kichik hududlarda loyihalash, qurish va ulardan 
    foydalanish imkonini beradi.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish