24
qilib quriladi va binoning poypesh yoki yerto‘la qavatida joylashtiriladi. Bunday
hovli puxta rejalashtirilib qurilgan hollarda hovliga kiruvchi va undan chiquvchi
avtomashinalarning marshrutlari mos kelmaydi va kesishmaydi.
Kichik sig‘imli mehmonxonalarda ba’zan ikkita kirish joyi: asosiy kirish joyi va
maishiy xizmat khrsatish xonalariga kirish joyi, shuningdek xo‘jalik maqsadlari
uchun mo‘ljallangan hovlida yuklash va yuk tushirish maydonchasi qurish bilan
kifoyalanadilar.
Mehmonxonalarning har xil binolari va xonalari o‘z funksional vazifasiga qarab
mehmonxonaning turar joy, umumiy va xizmat ko‘rsatish-xo‘jalik qismlariga
birlashtiriladi. Bu qismlar har xil joylashtirilishi hisobiga mehmonxonalarning hajm
va maydon tuzilishi ham har xil bo‘ladi. Mehmonxonalarni loyihalash va qurish
amaliyotida bir nechta shunday tuzilishlar yuzaga kelgan. quyida ularning
asosiylarini ko‘rib chiqamiz.