• Ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, assortimenti va bahosiga qarab
  • 3. Mehmonxonalarning funksional vazifasi Mehmonxona
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
    Joylashgan yeriga qarab, mehmonxonalarning quyidagi turlarini ajratish 
    mumkin: 

    shahar markazidagi mehmonxonalar; 

    yo‘l chetidagi, qoida tariqasida, kam qavatli, usti ochiq avtoqo‘nalg‘ali 
    mehmonxonalar; 

    shahar chetidagi va aeroportlardagi mehmonxonalar

    suzib yuruvchi mehmonxonalar – dengiz, daryo yoki ko‘l qirg‘og‘i yaqinida 
    turistlarni joylashtirish va ular dam olishi uchun mehmonxona tarzida 
    jihozlangan suzish vositalari. Zarur holda bunday mehmonxona turistlar bilan
    birga suv bhylab boshqa qo‘nalg‘aga ko‘chirilishi mumkin.
    Ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, assortimenti va bahosiga qarab
    mehmonxonalar bir necha turga bo‘linadi: 

    arzon mehmonxonalar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori cheklangan 
    mehmonxonalar (bunday mehmonxonalar qoshida ovqatlanish korxonalari 
    bo‘lishi shart emas); 

    «lyuks» mehmonxonalar – alohida loyihaga ko‘ra qurilgan, mebeli sifatining 
    yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, xonalari yaxshi jihozlangan, qoida tariqasida, 
    xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari miqdori nomerlari soniga nisbatan ko‘proq 
    bo‘lgan mehmonxonalar.
    Mehmonxonalarni shuningdek ularda harakat vositalari (transport)ning 
    mavjudligiga, mulk shakliga (munitsipal, davlat, xususiy, ijaraga olingan va h.k.) 
    qarab ham tasniflash mumkin.
    3. Mehmonxonalarning funksional vazifasi 
    Mehmonxona – bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon sodir 
    bo‘luvchi bino (yoki binolar majmui) bo‘lib, unda mijozlarga nomerlar (yoki 
    nomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek mehmonxona mahsulidan shinam, qulay 
    va xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi 
    kafolatlanadi.



    25 
    Zamonaviy mehmonxona faqat yashash joyi bo‘lib xizmat qilmaydi. Ko‘pincha 
    nomerlar fondining bir qismidan firmalar va muassasalarning ofislari, vaqtinchalik 
    vakolatxonalari sifatida ham foydalaniladi.
    Mehmonxonalarda bugungi kunda har xil mijozlar: 
    - turli anjumanlar, kongresslar, simpoziumlar, yarmarkalarning ishtirokchilari;
    - musobaqalar, tanlovlarning ishtirokchilari; 

    xizmat bo‘yicha, davolanish, dam olish uchun tashrif buyurgan alohida 
    fuqarolar; 

    davlat doirasida ma’lum marshrut bo‘yicha ketayotgan, chet eldan kelgan 
    turistlar va h.k. joylashtiriladi.
    Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, mehmonxonalar har xil funksional vazifalarni 
    bajaradi va ularga har xil talablar qo‘yiladi. Bunday mehmonxonalarda mijozlar bilan
    ishlash ular bo‘ysunuvchi idoralar rahbariyati tomonidan tasdiqlangan mehmonxona 
    xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Ammo mazkur 
    mehmonxonalarda amal qiluvchi qoidalarning birorta ham bandi
    O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish bo‘yicha 
    qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Funsional vazifasiga qarab mehmonxonalar: 
    - ishbilarmonlar uchun – umumiy tipda, idoraviy, yig‘ilishlar, kengashlar va h.k. 
    uchun; 
    - dam olish uchun mehmonxonalar – turistik, kurort mehmonxonalari, 
    avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar; 
    - mehmonxonalarning maxsus turlari – tranzit yo‘lovchilar uchun, sportchilar 
    uchun va boshqalar uchun quriladi.
    Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga 
    keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga 
    mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar ayniqsa keng tarqalgan. Bunday 
    mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari 
    yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini 
    nazarda tutadi. Mazkur mehmonxonalar odatda maxsus ko‘kalamzorlashtirilmagan 
    nisbatan kichkina yer maydonlariga ega bhladi. Belgilangan normalarga ko‘ra, yer 
    maydoni hajmi mehmonxona sig‘imiga qarab bir joyga 15-55 m ni tashkil etadi.
    Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki o‘rinli va 
    khpincha uch hrinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, qoida tariqasida, 
    ishlash uchun joy mavjud bo‘ladi. Bir qancha mehmonxonalarda bir o‘rinli nomerlar 
    miqdori nomerlar fondining 40-50% ni tashkil etadi. Mehmonxonalarda aloqa 
    bo‘limi, ayrim hollarda – bank bo‘limi ishlab turadi, muzokara va yig‘ilishlar 
    o‘tkazish uchun alohida joylar nazarda tutiladi.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish