Qavatlilik. Jahon amaliyoti bir-ikki qavatli mehmonxonalardan boshlab 40
qavatgacha bo‘lgan va undan baland mehmonxonalar qurilishini ko‘rsatadi.
Mehmonxonalarning qavatliligi masalalari muayyan mamlakatdagi iqtisodiy,
shaharsozlik shart-sharoitlariga, bu yerda amal qiluvchi normativ talablarga, bu
mamlakatda qo‘llaniluvchi konstruksiyalar va qurilish materiallariga, binolarni qurish
metodlariga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirda:
Rossiyada – 5-16 qavatli;
Chexiyada – 8-14 qavatli;
Vengriyada kichik shaharlarda – 4-5 qavatli, katta shaharlarda va kurortlarda – 6-
11 qavatli;
Germaniyada – 8-10 qavatli;
Angliyada – 10-15 qavatli mehmonxonalar qurish ayniqsa keng tarqalgan.
Mehmonxonalarning binolari qavatliligiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:
kam qavatli (1-2 qavat) mehmonxonalar;
1.
Kabushkin N.I., Bondarenko G.A. Menedjment gostinits i restoranov. Minsk, Novoye znaniye, 2001.
21
qavatliligi hrtacha (3-5 qavat) mehmonxonalar;
qavatliligi katta (6-9 qavat) mehmonxonalar;
ko‘p qavatli (1 toifa – 10-16 qavat; 2 toifa – 17-25 qavat; 3 toifa – 26-40 qavat)
mehmonxonalar;
baland (40 dan ortiq qavatli) binolar.
Mehmonxonalar binolarining guruhlarini belgilash uchun odamlarning
yong‘indan xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Bu chora-tadbirlar binoning memorlik-tarx, konstruktiv va muhandislik-
texnologik yechimlariga ta’sir ko‘rsatadi, xususan, yong‘in chiqqan hollarda
odamlarni evakuatsiya qilish sistemasini, signalizatsiya, tutunni aniqlash va tutunni
chiqarish, o‘t o‘chirish sistemalari miqdori va turlarini belgilaydi. Zinalar miqdoriga,
umumiy koridorlar kengligiga, zina maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan
nomer eshigining uzoqda joylashganligiga qarab yong‘inga qarshi xavfsizlik talablari
qattiqlashib boradi.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida ikki va undan ortiq qavatli milliy
mehmonxonalarda zinalar ikkitadan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Zina
maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer eshigining maksimal uzoqligi
tartibga solinadi (nomer ikki zina oralig‘ida joylashgan taqdirda 40 m gacha, nomer
boshi berk koridorda yoki galereyada joylashgan taqdirda esa – 25 m gacha).
Umumiy koridorlarning uzunligiga qarab ularning kengligi qabul qilinadi: umumiy
koridor uzunligi 40 m gacha bhlgan hollarda 1,6 m, umumiy koridor uzunligi bundan
ortiq bo‘lgan hollarda esa – 1,8 m. Umumiy koridorlarni bir-biridan uzog‘i bilan 30
m oraliqda joylashgan o‘zi berkiladigan, tutun o‘tkazmaydigan eshikli yopmalar bilan
bo‘limlarga ajratish talab etiladi.
Sig‘imi uncha katta bo‘lmagan (taxminan 50 joydan iborat) kam qavatli
mehmonxonalarning
binolari
mamlakatimizda
asosan
viloyat
miqyosidagi
shaharlarda va shaharchalarda quriladi.
Ko‘p qavatli mehmonxonalar qurishni odatda shaharsozlik tartibi taqozo etadi.
Bunday mehmonxonalarning binolarida odamlarning yong‘indan xavfsizligini
ta’minlash chora-tadbirlari, vertikal transport, muhandislik kommunikatsiyalari
masalalari va boshqa shunga o‘xshash masalalar alohida ahamiyat kasb etadi.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun har xil tutunni aniqlash, yong‘in
signalizatsiyasi va o‘t o‘chirish avtomatik sistemalari qo‘llaniladi; evaukatsiya
yo‘llarining ishonchliligiga alohida e’tibor beriladi. Yong‘inda bir yerda tutun
to‘planishi ayniqsa xavflidir. Shu bois 10 qavatli va undan baland mehmonxonalarda
zina maydonchalarining yarmi tutun to‘planmaydigan qilib quriladi. Bunday zina
maydonchalaridan odamlarni binodan evakuatsiya qilish hamda o‘t o‘chirish
komandalari tomonidan qutqarish ishlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Mazkur zina maydonchalarida tutun to‘planmasligi ularda balkon yoki lodjiyaga
chiqish yo‘llari qurish, ya’ni havo zonasi hosil qilish orqali ta’minlanadi. Bu yong‘in
chiqqan hollarda tutun bosgan qavatning umumiy koridori va xollidagi tutun zina
maydonchasiga o‘tishining oldini olishga xizmat qiladi.Tutun qavatlar bo‘ylab
tarqalishining oldini olish uchun havo tortilishi liftlarning shaxtalarida ham
ta’minlanadi. Bundan tashqari, 10 qavatli va undan baland mehmonxonalarning
binolarida o‘t o‘chiruvchilarni tashishga mo‘ljallangan yuk va yo‘lovchi liftlari
22
bo‘lishi shart. 16 qavatdan baland mehmonxonalarda yong‘indan qo‘riqlash idoralari
bilan kelishilgan qo‘shimcha yong‘inga qarshi chora-tadbirlari qo‘llaniladi.
Loyihalashtirilayotgan mehmonxonaning oqilona qavatliligini tanlash ancha
murakkab vazifa bo‘lib, u har bir muayyan holatda juda ko‘p, ba’zan bir-biriga zid
omillar: mehmonxonaning sig‘imi, shaharsozlik shart-sharoitlari, normativ talablar,
konstruksiyalar, texnik-iqtisodiy mezmonlar va hokazolardan kelib chiqib hal
qilinadi.
Har xil sig‘imli mehmonxonalarning binolari uchun oqilona qavatlilikni
belgilash hamda bu qavatlilik o‘zgargan holda bir joyning qurilish qiymatidagi
o‘zgarishlarni aniqlash jiddiy ilmiy ishlovlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ammo
olimlarning tadqiqotlari so‘nggi vaqtda mehmonxonalarning har bir sig‘imi uchun
binolarning oqilona qavatliligi, binobarin, turar joy korpusining uzunligi ham mavjud
deb hisoblash imkonini beradi. Mehmonxonalarning qavatliligini oqilona darajadan
oshirish qurilish bahosining oshishiga olib keladiki, buni loyihalash chog‘ida
inobatga olish zarur.
Mehmonxonalarning shinamlik darajasi ularning texnik jihozlanishi, nomerlar
fondining tarkibi va sifati, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami bilan belgilanadi.
Aksariyat mamlakatlarda mehmonxonalar shinamlik darajasiga qarab tasniflanadi.
Chet elda bunday tasniflashga nisbatan yondashuvda hozir ikkita asosiy yo‘nalish
mavjud. Bir yo‘nalish «statik» belgilarni, ya’ni vanna va hojatxonali nomerlarning
qat’iy belgilangan foiz nisbatini, mehmonxonada usti berk basseyn, sauna va boshqa
shunga o‘xshash xizmatlarning mavjudligini, mehmonxona sig‘imi bilan xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar miqdori o‘rtasidagi ma’lum nisbatni va boshqa shunga hxshash
holatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalish nisbatan yangi moddiy negizga
qarab mo‘ljal oladi. Ikkinchi yo‘nalish «dinamik» omillarni, ya’ni servis xizmatini
birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, mijozlarga lozim
darajada xizmat ko‘rsatilmagan taqdirda, joylashtirish vositalari nisbatidagi qat’iy
tenglik mehmonxonaning sifat standartiga muvofiqligini amalda ta’minlay olmaydi.
Masalan, Shveysariyadagi mehmonxonalar tasnifi mana shu yo‘nalishga kiradi.
Mehmonxonalarni shinamlik darajasiga qarab tasniflash, bu darajalarni belgilash
masalasiga nisbatan har xil yondashuv hamda aksariyat mamlakatlarda shinamlik
darajasi bir xil mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablarning har xilligi xalqaro turistik
safarlarni tashkil etish chog‘ida jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi, mehmonxonalarning
sifati va shinamlik darajasi to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olishni taqqozo etadi.
Bunday ko‘rsatkichlarni bir xillashtirishga va shinamlik darajasi bir xil
mehmonxonalarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqishga bo‘lgan urinishlar
hozircha muvaffaqiyat keltirgani yo‘q.
Katta sig‘imli, shinamlik darajasi baland bo‘lgan zamonaviy mehmonxona
bugungi kunda ancha murakkab kompleks organizmga aylandi. Bu kompleks
tarkibiga har xil vazifani bajaruvchi turli-tuman binolar va xonalar, chunonchi: turar
joy binolari, mijozlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish,
ommaviy-madaniy, maishiy xizmat ko‘rsatish, ma’muriy binolar va xonalar, xizmat,
xo‘jalik, yordamchi, texnik binolar va xonalarning rivojlangan tarkibi kiradi. Bugungi
kunda ishga doir uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan binolar (konferens-zallar yoki
ko‘p funksional foydalanish uchun mo‘ljallangan zallar), kinokonsert zallari, bal
23
zallari, bank bo‘limlari, basseynlar, saunalar, sport zallari, kegelbanlar, ko‘rgazma
tashkil etishga mo‘ljallangan binolar, savdo korxonalari, garajlar ham zamonaviy
mehmonxonalar tarkibidan keng o‘rin olmoqda.
Odatda mehmonxonalarning har xil binolari va xonalari ma’lum funksional
belgilariga qarab guruhlanadi. Bunday belgilar mehmonxonalarning binolari va
xonalari o‘rtasida sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablariga javob
beruvchi, mehmonxonadan foydalanishning qulayligini va unda yashashning
shinamligini oshiruvchi qat’iy texnologik aloqalarni tashkil etish imkonini beradi.
Turli binolar va xonalarning hzaro aloqasini to‘g‘ri tashkil etishning qiyinligi
shundaki, mehmonxonada yashovchi odamlar murakkab kompleks organizmning
kundalik mehnatini ko‘rmasliklari, balki faqat bu mehnat natijalaridan bahramand
bo‘lishlari kerak.
Mehmonxonaning shinamlik darajasi qancha yuqori va sig‘imi qancha katta
bo‘lsa, uning tarkibiga shuncha ko‘p har xil xonalar va binolar kiradi va u shuncha
murakkab funksional tuzilmaga ega bo‘ladi.
Jahon mehmonxonalarni loyihalash va qurish amaliyotida ularni tashkil
etishning har xil funksional sxemalari qhllanadi. Ammo bu sxemalarning barchasi
mehmonxonalarda sodir bo‘luvchi murakkab texnologik jarayonlardan kelib chiqib
tuziladi. Mehmonxona korxonasi aniq va qat’iy ishlashi uchun yuqorida zikr etilgan
jarayonlarning talablariga rioya qilish zarur. Ayni vaqtda, mehmonxonalarning ichki
faoliyatini tashkil etish prinsiplarida umumiy jihatlar ham bisyor, chunki
mehmonxonalardagi binolar va xonalarning asosiy guruhlari taxminan bir xil. Shu
bois har xil sig‘imli mehmonxonalarni funksional tashkil etishning prinsipial
sxemalarini ishlab chiqish mumkin.
Binoga kirish joylarining miqdori mehmonxonani funksional tashkil etish uchun
muhim ahamiyatga ega. Katta sig‘imli va shinamlik darajasi yuqori bo‘lgan
mehmonxonalar odatda 3-4 ta kirish joyiga ega bo‘ladi:
asosan mijozlar va boshqa mehmonlar foydalanuvchi asosiy kirish joyi
(zamonaviy mehmonxonalarda bu kirish joyining usti avtomashinadan tushib
binoga kirishni ta’minlovchi soyabon bilan thsilgan bo‘ladi);
asosan shaharliklar foydalanuvchi umumiy ovqatlanish korxonalariga kirish joyi;
mexmonxona va ovqatlanish bloki xodimlari uchun mo‘ljallangan bir yoki bir
|