Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti «chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi» kafedrasi




Download 488,5 Kb.
bet3/12
Sana17.01.2024
Hajmi488,5 Kb.
#139288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mahsulot kalkulyatsiyasi ochiq dars ishlanmasi

Ishlab chiqarish xarajatlari - mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq xarajatlar, ya’ni mehnat, mehnat qurollari va mehnat predmetlar uchun sarflangan xarajatlar va mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlardir.
Ishlab chiqarish xarajatlari asosan ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘lib, u ta’minot va sotish jarayonlarini o‘zaro bog‘lab turadi. Ta’minot jarayonining vujudga kelish ishlab chiqarishda xarajatlarni keltirib chiqaradi va bu ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan xarajatlar asosida korxonaning moliyaviy natijalari aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar aks ettiriladi hamda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi.
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
− natural va pul ifodasida ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini aniqlash. Bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori kabi, ular ayrim turlarining ham miqdori aniqlanadi;
− ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni aniqlash va mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun korxonaning jami ishlab chiqarilgan mahsulotga qilgan xarajatlari hamda alohida mahsulot turlarining tannarxi aniqlanadi.
«Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan xarajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar.
2.Asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari.
3.Moliyaviy faoliyat xarajatlari.
4.Favqulodda zararlar.
Xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra guruhlanishi xarajat elementlari deyiladi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagi xarajat elementlariga bo‘linadi:
1.Moddiy xarajatlar.
2.Mehnat haqi xarajatlari.
3.Ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar.
4.Asosiy va nomoddiy aktivlar eskirishi (amortizasiyasi).
5.Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarni turlariga ko‘ra guruhlanishi xarajat moddalari deyiladi. Xarajatlarni xarajat moddalari bo‘yicha hisobga olinishi boshqaruv hisobiga kirib, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xarajat moddalari sonini o‘zlari mustaqil belgilaydilar. Fermer xo‘jaliklarida dehqonchilik tarmog‘idagi xarajatlar quyidagi 9 ta xarajat moddasi bo‘yicha hisobga olinadi:

  1. Mehnat haqi ajratmalari bilan birga.

  2. Urug‘lik va ko‘chat materiallari

  3. O’g‘itlar.

  4. Yoqilg‘i va moylash materiallari

  5. Asosiy vositalar amortizasiyasi.

  6. Ish va xizmatlar.

  7. Sug‘urta to‘lovlari.

  8. Umum ishlab chiqarish xarajatlari.

  9. Boshqa xarajatlar.




Download 488,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 488,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti «chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi» kafedrasi

Download 488,5 Kb.