Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi va ularni kalkulyatsiyalash usullari




Download 488,5 Kb.
bet4/12
Sana17.01.2024
Hajmi488,5 Kb.
#139288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mahsulot kalkulyatsiyasi ochiq dars ishlanmasi

2.Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi va ularni kalkulyatsiyalash usullari
Mahsulot tannarxi - bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Mahsulot tannarxini aniqlash uchun jami xarajatni mahsulot miqdoriga bo‘lish kerak. Buxgalteriya hisobida bir birlik mahsulot tannarxini aniqlash jarayoni mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi deyiladi. Mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasida xarajatlarni kalkulyatsiya ob’yektlari o‘rtasida iqtisodiy asoslangan holda taqsimlash muhim ahamiyatga ega.
Korxonalarda mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishning normativ, jarayonli, buyurtmali, to‘liq tannarx, marjinal xarajatlarni umumlashtirish, xarajatlarni mutanosib taqsimlash, aralash kabi usullari mavjud.
Mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishning normativ usuli xarajatlar hisobi normativ usulining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu usulning afzalligi unda hisob-kitoblarning oddiyligidir. O’uyidagi sabablarni mazkur usulning kamchiliklariga kiritish mumkin:

  • foydalanilgan zahiralar miqdori va ularga qo‘yilgan baholar nazorati uchun me’yorlarning mavjud emasligi;

  • chetlanish sabablari, uning aybdorlari, joyini aniqlash va tahlil etish imkoniyatini yo‘qligi;

  • ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar hisob-kitoblari faqat hisobot davri oxirida o‘tkazilishi mumkin va h.k.

Normativ usulda normativ xarajatlar bilan haqiqiy xarajatlar o‘rtasida yuzaga keladigan farq chetlanish deb ataladi.
Bir dona ishlab chiqarilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan normativ xarajatlar quyidagi elementlardan iborat bo‘ladi:

  • bevosita normativ moddiy xarajatlar;

  • bevosita moddiy xarajatlarning normativ miqdori;

  • normativ ish vaqti (bevosita mehnat haqi xarajatlari);

  • ish vaqtining normalashtirilgan stavkasi;

  • o‘zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffisiyenti;

  • doimiy umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffisiyenti.

Ushbu usulni qo‘llash quyidagi afzalliklarga ega: har bir xarajat turi bo‘yicha norma va normativlarning o‘rnatilganligi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar birligi tannarxining normativ kalkulyasiyasini tuzish, amaldagi normalar va ulardan chetlanishlar bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish.
Faqat miqdor bo‘yicha normalardan foydalanilganda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Download 488,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 488,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi va ularni kalkulyatsiyalash usullari

Download 488,5 Kb.