• Xarajatlarni mutanosib taqsimlash usuli
  • Kalkulyasiya qilishning aralash usuli
  • Donli ekinlar tannarxini aniqlash
  • Qo‘shimcha mahsulotga xarajatlarni chiqarib tashlash usuli




    Download 488,5 Kb.
    bet8/12
    Sana17.01.2024
    Hajmi488,5 Kb.
    #139288
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Mahsulot kalkulyatsiyasi ochiq dars ishlanmasi

    Qo‘shimcha mahsulotga xarajatlarni chiqarib tashlash usuli shundan iboratki, bunda ishlab chiqarishdan olinadigan mahsulotlar asosiy, qo‘shimcha va yondoshlarga bo‘linadi. Asosiy mahsulot tannarxini aniqlash uchun qo‘shimcha mahsulotlar va chiqindilar oldindan belgilangan baholar bo‘yicha umumiy xarajatlardan chiqarib tashlanadi.
    Xarajatlarni mutanosib taqsimlash usuli mahsulotlarning bir necha turini bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish sharti bilan ular tannarxini kalkulyasiya qilish uchun qo‘llaniladi. Ushbu usul asosan aralash mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bunda xarajatlar hisobi ishlab chiqariladigan mahsulotlar guruhi bo‘yicha tashkil etiladi, guruhlar ichidagi xarajatlar esa iqtisodiy jihatdan asoslangan, ba’zida mutanosib ravishda mahsulotlarning alohida turlariga taqsimlanadi.
    Kalkulyasiya qilishning aralash usuli yuqorida sanab o‘tilgan usullarning har birini alohida qo‘llash imkoni bo‘lmasa yoki mahsulot tannarxini asosli hisobga olish ta’minlansa, ularning bir nechtasini o‘zaro birikuvini ifodalaydi.
    Paxtachilikda mahsulot tannarxini aniqlash. Paxtachilik tarmog‘ining jami xarajatlari 22,6 million so‘mni tashkil etib, 675 sentner paxta xom-ashyosi olingan. Qo‘shimcha mahsulotlar daromadga olinmagan. 1 sn. paxta xom-ashyosini haqiqiy tannarxini aniqlash uchun jami xarajatlar olingan mahsulot miqdoriga bo‘linadi.

    1 sn. paxta tannarxi =

    22,6 million so‘m :

    675 sentner =

    334,8 ming so‘m.

    Donli ekinlar tannarxini aniqlash. G’allachilik jami xarajatlar 88792000 so‘mni tashkil etgan. Olingan mahsulotlar 10300 sentner don, 1200 sentner don chiqindisi (40% donlilik darajasiga ega), somon 8400 sentner (1 sentneri 250 so‘mdan jami 2,1 million so‘m). Bunda asosiy mahsulot – don, yondosh mahsulot - don chiqindisining tannarxi aniqlanadi. Qo‘shimcha mahsulot qiymati jami xarajatdan chegiriladi (88792000-2100000=86692000). Qolgan xarajat don va don chiqindisi o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:
    10300+480 (1200 sn. don chiqindisi x 40% = 480 sn. don) = 10780 sn. don
    86692000 x 95,5% ((10300/10780) x 100% = 95,5%) = 82790860 so‘m
    86692000 x 4,5% ((480/10780) x 100% = 4,5%) = 3901140 so‘m
    1 sn. don tannarxi = 82790860 so‘m  10300 sn. don = 80379,4 so‘m
    1 sn. don chiqiti tannarxi= 3901140 so‘m  480 sn. don chiqiti = 81273,7 so‘m

    Download 488,5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 488,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘shimcha mahsulotga xarajatlarni chiqarib tashlash usuli

    Download 488,5 Kb.