|
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti «chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi» kafedrasi
|
bet | 6/12 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 488,5 Kb. | | #139288 |
Bog'liq Mahsulot kalkulyatsiyasi ochiq dars ishlanmasiYarim tayyor mahsulotli usulda har bir oldingi qayta ishlangan mahsulot keyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot hisoblanadi va u tashqariga sotilishi mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rejali tannarx bo‘yicha, hisob-kitob yoki mahsulotni sotish baholari bo‘yicha baholash zaruratini belgilaydi. Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida 2100 - “O’zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar” nomli aktiv schetda aks ettiriladi.
Yarim tayyor mahsulotsiz usulda har bir qayta ishlov bo‘yicha, asosan, faqat ishlov berishga ketgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xomashyo, dastlabki materiallar xarajatlari, barcha qayta ishlash xarajatlari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan aniqlanadi. Bunda faqat tayyor mahsulot tannarxi kalkulyasiya qilinadi.
Misol. Korxona erkaklar poyafzali ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish uchta jarayonda tashkil etilgan. Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
hisobot davrining birinchi choragida 1500 dona mahsulot ishlab chiqarilgan;
dastlabki ishlov uchun xomashyo va materiallar sarflangan - 8400000 so‘m;
oraliq mahsulotlarga xarajatlar qilindi - 2400000 so‘m;
tayyor mahsulot holiga keltirish uchun mablag‘lar sarflandi - 1200000 so‘m.
Bunda jarayonlar bo‘yicha tannarx aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1-jarayon - 8400000/1500=5600
2-jarayon - 2400000/1500=1600
3-jarayon - 1200000/1500=800
Jami: 12000000/1500=8000.
Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinib turibdiki, bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi 8000 so‘mni tashkil etadi.
Xarajatlar hisobining buyurtmali usuli xususiy va mayda turkumli ishlab chiqarishda, shuningdek, tajriba-eksperimental ishlab chiqarishda va ta’mirlash ishlarida qo‘llanishi mumkin.
Buyurtmali usulning mohiyati, bir yoki bir necha xildagi mahsulotlarning uncha katta bo‘lmagan turkumini tayyorlashda har bir buyurtma bo‘yicha alohida xarajatlar hisobini amalga oshiriladi.
Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalkulyasiya qilishning buyurtmali usuli quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
alohida buyurtmalar bo‘yicha, shuningdek, bir martalik mahsulot turi ishlab chiqarilayotganda qo‘llaniladi;
bu usulda xarajatlar muayyan hisobot davri (bir oy, chorak, yil) oralig‘ida emas, balki bajarilayotgan buyurtma davri bo‘yicha aniqlanadi;
qo‘shimcha analitik ma’lumotlarni yig‘ib borish uchun buyurtmalar kartochkasidan foydalanish mumkin. Ushbu buyurtmalar kartochkasidan xarajatlar tegishli javobgarlik markazlari bo‘yicha yig‘ib boriladi.
Bu usulda barcha bevosita xarajatlar ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan buyurtma birligiga olib boriladi. Buyurtmali usulda umumishlab chiqarish xarajatlari maxsus usullar bo‘yicha aniqlanadi va mahsulot tannarxiga olib boriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning eng muqobil usuli normativ koeffisiyentlar usulidir.
Buyurtmali usulda mahsulot tannarxini hisoblash yakka va turkumli ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi.
Misol. «Sadaf» AJ buyurtmalar bo‘yicha tikuv mashinasi va muzlatgich ishlab chiqaradi. Buyurtmachilar tomonidan korxonaga 6ta tikuv mashinasi va 8ta muzlatgichga buyurtma berilgan. Buyurtmalar bajarib bo‘lingan. Bir dona buyurtmaning haqiqiy tannarxini aniqlash zarur.
Buyurtmalar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
1) Moddiy xarajatlar amalga oshirildi:
tikuv mashinalari uchun - 288000 so‘m;
muzlatgichlar uchun - 768000 so‘m.
2) Xodimlarga mehnat haqi to‘landi:
tikuv mashinalari uchun - 153600 so‘m;
muzlatgichlar uchun - 409600 so‘m.
3) Buyurtmalar bo‘yicha umumishlab chiqarish xarajatlari hisoblandi.
tikuv mashinalari uchun - 38400 so‘m;
muzlatgichlar uchun - 102400 so‘m.
Ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan jami xarajatlar:
tikuv mashinalari uchun - 288000+153600+38400=480000 so‘m;
muzlatgichlar uchun - 768000+409600+102400=1280000 so‘m.
Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha bir dona buyurtmaning tannarxi quyidagicha bo‘ladi:
Tikuv mashinasi uchun - 480000/6=80000 so‘m;
Muzlatgichlar uchun - 1280000/8=160000 so‘m.
Xalqaro amaliyotda korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining schetlar tizimida tannarxni shakllantirish usuliga qarab xarajatlar hisobini to‘liq yoki cheklangan tannarx (marjinal daromad usuli) bo‘yicha tashkil etishlari mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti «chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi» kafedrasi
|