• Rejali (taxminiy) tannarx bo‘yicha xarajatlar hisobi
  • Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti «chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi» kafedrasi




    Download 488,5 Kb.
    bet5/12
    Sana17.01.2024
    Hajmi488,5 Kb.
    #139288
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mahsulot kalkulyatsiyasi ochiq dars ishlanmasi

    Hx = Fzx x (Mf Mhx)
    bu yerda,
    Mf - xarajatlarning normativ miqdori;
    Mhx - haqiqiy xarajatlarning normadan chetga chiqishi.
    Sarflangan resurslardan ehtiyojga muvofiq normada foydalanilganda quyidagi formulani qo‘llash maqsadga muvofiq:
    Hx = (Fzx Mxb) x M
    bu yerda,
    Mxb - sarflangan resurslarning bahosi o‘zgarishi natijasida chetlanishlar.
    Sarflangan resurslarning miqdori va bahosi bo‘yicha normalardan foydalanib, haqiqiy xarajatlar quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    Hx = (Fzx Mxb) x (Mm Mch)
    bu yerda,
    - normativ miqdor;
    -haqiqiy xarajatlarning normadan chetga chiqishi (sarflangan resurslar miqdori o‘zgarishi sababli).
    Ushbu usul normativ kalkulyasiyalarni har bir buyum bo‘yicha majburiy dastlabki tuzilishini ko‘zda tutadi, ular hisobot davri boshida amal qiluvchi xarajatlar normalari asosida hisob-kitob qilinadi. Tashkiliy va ilmiy-texnik tadbirlarni tatbiq etish normalari va normativ xarajatlar yangilanishi bilan normativ kalkulyasiyalar ham yangilanadi.
    Rejali (taxminiy) tannarx bo‘yicha xarajatlar hisobi usuli normativ usulga qaraganda ko‘proq qo‘shimcha afzalliklarga ega. Unda normativ hajmlarga nisbatan rejalashtirilgan hajmlarni chuqurroq asoslanganligi, taxminlar aniqligi nazorat samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. U mavjud ishlab chiqarish resurslarini hisobga olgan holda materiallar, yoqilg‘i, energiya, ish haqi va boshqa xarajatlarni progressiv normalaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Bu usulning asosiy afzalligi shundaki, unda rejali xarajatlar erishilgan natijaga emas, balki kelgusidagi taxminga asoslanadi.
    Texnologik jarayonga nisbatan xarajatlar hisobini jarayonli va buyurtmalar bo‘yicha tashkil etish mumkin.
    Mahsulot tannarxini aniqlashning jarayonli usulidan mahsulot ishlab chiqarishda xomashyoning bir necha jarayondan o‘tganidan so‘ng tayyor mahsulot holiga keladigan ishlab chiqarishlarda foydalaniladi.
    Tannarxni kalkulyasiya qilishning jarayonli usuli uzluksiz, bir necha bosqichdan iborat jarayonlar bo‘yicha ko‘p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Bunda mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish ikki usulda amalga oshiriladi:

    • o‘rtacha hisob usuli. Mazkur usulda xarajatlar, shu jumladan, hisobot davri boshidagi qoldiq summasi ham qo‘shilib, shu davrda ishlab chiqilgan shartli tayyor mahsulot birligiga bo‘linadi;

    • FIFO usuli. Bunda hisobot davri boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i tugatiladi so‘ngra yangi mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. FIFO usulini qo‘llashda birmuncha qiyinchiliklar mavjud, biroq o‘rtacha hisob usuliga nisbatan aniqroq hisoblanadi.

    Xarajatlar hisobini jarayonli usulining ikki varianti mavjud: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz.

    Download 488,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 488,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti «chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi» kafedrasi

    Download 488,5 Kb.