• Xarajatlarni umumlashtirish usuli (oddiy usul)da
  • To‘liq tannarx bo‘yicha xarajatlar hisobi usulida




    Download 488,5 Kb.
    bet7/12
    Sana17.01.2024
    Hajmi488,5 Kb.
    #139288
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mahsulot kalkulyatsiyasi ochiq dars ishlanmasi

    To‘liq tannarx bo‘yicha xarajatlar hisobi usulida mahsulot tannarxiga doimiy va o‘zgaruvchan, bevosita va bilvosita xarajatlarga bo‘linishidan qat’iy nazar, korxonaning barcha xarajatlari kiritiladi. Bevosita mahsulotga kiritib bo‘lmaydigan xarajatlar avval ular kelib chiqqan javobgarlik markazlari bo‘yicha taqsimlanadi, keyin esa tanlangan asosga mutanosib ravishda mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ko‘pincha taqsimlash bazasi sifatida ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi, ishlab chiqarish tannarxi va h.k.lar tanlanadi.
    Xo‘jalik yuritishning hozirgi sharoitida cheklangan tannarx ya’ni marjinal usul bo‘yicha xarajatlar hisobi usuliga alohida e’tibor berilishi zarur. Bu usulga muvofiq mahsulot tannarxiga korxona xarajatlarining hammasi kiritilmaydi, balki uning bir qismi - o‘zgaruvchan xarajatlar kiritiladi. Ushbu usulda doimiy xarajatlarni mahsulot tannarxiga kiritmaydilar va shunday xarajatlar yuzaga kelganda o‘sha davr foydasini kamaytirishga yo‘naltiriladi.
    2020 yilda uyushma korxonalarining 10%li smetanani bir litrini ishlab chiqarish va sotishga qilingan o‘rtacha xarajatlari so‘mda quyidagicha:
    1. Sotish bahosi 772-00
    2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 129-00
    3. O’zgaruvchan xarajatlar 270-20
    4. Marjinal daromad (1q.-2q.-3q.) 372-80
    5. Doimiy xarajatlar 265-80
    6. Foyda (3q.-4q.) 107-00
    Misoldan ko‘rinib turibdiki, smetana birligidan olingan marjinal daromad 372-80 so‘m (772,00-129,00-270,00)ni tashkil etadi va o‘ziga xos yalpi foyda-brutto foydasi hosil bo‘ladi. Marjinal daromad summasidan doimiy xarajatlar summasini ayirib operasion foyda-netto foydasi topiladi. Biroq, 17-ilova tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tarmoq korxonalarida hali marjinal daromad konsepsiyasi qo‘llanilmayapti, vaholanki moliyaviy hisobotning 2-shakli «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» marjinal daromadni aniqlash talablariga muvofiq tuzilgan va tasdiqlangan. Demak, boshqaruv hisobi tizimini ham shu talablarga moslashtirish lozim.
    Xarajatlarni umumlashtirish usuli (oddiy usul)da mahsulot tannarxi mahsulotning alohida qismlari yoki ularni tayyorlash jarayoni bo‘yicha aniqlanadi. Bu usul, odatda, bir xil mahsulot ishlab chiqarilganda qo‘llaniladi.

    Download 488,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 488,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘liq tannarx bo‘yicha xarajatlar hisobi usulida

    Download 488,5 Kb.