• Tayanch iboralar
  • Adabiyotlar
  • Ma’ruza mavzusi: “Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiyalash”




    Download 488,5 Kb.
    bet2/12
    Sana17.01.2024
    Hajmi488,5 Kb.
    #139288
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mahsulot kalkulyatsiyasi ochiq dars ishlanmasi

    Ma’ruza mavzusi: “Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiyalash”


    Reja

    1. Kalkulyatsiyaning mohiyati, kalkulyatsiyalash ob’yekti va birligi.

    2. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi va ularni kalkulyatsiyalash usullari.



    Tayanch iboralar: “kalkulyatsiya”, “kalkulyatsiya ob’yekti”, “ishlab chiqarish xarajatlari”, “xarajat elementlari”, “xarajat moddalari”, “asosiy mahsulot”, “yondosh mahsulot”, “qo‘shimcha mahsulot”, “tannarx”, “tannarxni hisoblash usullari”.
    Adabiyotlar: A:1, 2, 3. Q: 9, 10. Internet saytlari


    1.Kalkulyatsiyaning mohiyati, kalkulyatsiyalash ob’yekti va birligi
    Raqamli iqtisodiyot sharoitida bozor islohotlarini chuqurlashtirish jarayonida korxonalar faoliyatida muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini to‘g‘ri aniqlashdir. Mahsulot tannarxi uni ishlab chiqarishga qilingan bevosita xarajatlarning yig‘indisini ifodalaydi.
    Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash buxgalteriya hisobida kalkulyatsiyalash deyiladi.
    Kalkulyatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlarni bir tizimga keltirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi to‘g‘risida ma’lumot shakllantirishdan iborat. Nisbatan tor ma’noda-har xil xarajatlarni yagona pul o‘lchovida umumlashtirish va ularni mahsulot(ish, xizmat)lar turlari bo‘yicha guruhlash usulidir.
    Barcha xarajatlar yagona pul o‘lchovidan ifodalanib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlanadi va mahsulot(ish, xizmat)lar birligining tannarxi hisoblanadi. Birinchi qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan bu ish juda murakkab va sermehnat jarayon hisoblanadi. Uning muammolari maxsus kalkulyatsiyalash nazariyasini va kalkulyatsiya ishining turli amaliy jihatlarini vujudga keltirdi.
    Mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish va xarajatlarni hisobga olish boshqaruv hisobining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi, chunki, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi quyidagilar bo‘yicha boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi uchun asos bo‘ladi:

    • qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qaysilarini esa to‘xtatish bo‘yicha;

    • zarur yordamchi mahsulotlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida;

    • ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga baho belgilash borasida;

    • ishlab chiqarishni yangi texnika bilan qurollantirish bo‘yicha;

    • ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni rivojlantirish bo‘yicha berilgan tavsiyalarni asoslashda.

    Boshqaruv hisobida tannarx quyidagi asosiy ob’yektlar bo‘yicha aniqlanadi:

    • alohida bo‘linmalar bo‘yicha;

    • alohida mahsulot turlari bo‘yicha.

    Bunda xarajatlarni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:

    • xarajatlarni ular vujudga kelgan markazlar bo‘yicha to‘plash;

    • xarajatlarni mahsulot turlari bo‘yicha taqsimlash.

    Xarajatlarni taqsimlash deganda, korxona faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq ob’yektlar bo‘yicha guruhlash jarayoni tushuniladi.
    Xarajatlar ob’yekti sarflangan xarajatlar hisobga olinishi zarur bo‘lgan tashkiliy bo‘limdir.
    Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi bevosita xarajatlar, resurslardan samarali foydalanishni talab qiladi. Korxonadagi moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini pasaytirish imkonini beradi.
    Kalkulyatsiyalash masalalarining murakkabligi eng avvalo xo‘jalik jarayonlarining xilma-xilligi, ishlab chiqarishning tashkiliy va texnologik shart-sharoitlari murakkablashuvi bilan bog‘liq. Murakkablik xarajatlarni guruhlash uchun asos tanlash paytidayoq vujudga keladi. Bu yerda bir qancha asoslar mavjud: kalkulyatsiyalash ob’yekti, xarajatlar elementi, tannarx moddalari. Kalkulyatsiyalash ob’yektlari – bu tannarx hisoblash uchun xarajatlarni guruhlash asosidir.
    Mahsulot tannarxini aniqlashda kalkulyasion birlikni aniq belgilash muhim masala hisoblanadi.
    Kalkulyasiya birligi - bu kalkulyasiya ob’yekti o‘lchovidir. Uni tanlash mahsulotni tayyorlash xususiyatlari, nomenklatura kengligi, o‘lchashda qo‘llanadigan birliklar, amaldagi andozalar va ishlab chiqiladigan mahsulotning texnik shartlariga bog‘liq bo‘ladi.
    Kalkulyasiya ob’yektlarini belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlariga muvofiq ularning nomi, yog‘lilik darajasi va idishning turiga qaraladi. Masalan, bir metr sig‘imdagi qog‘oz idishdagi 3,2% yog‘lilikka ega sut, 0,5 metr sig‘imdagi polietilen idishdagi 20% yog‘lilikdagi smetana, 250g. og‘irlikdagi o‘rama qog‘ozli yog‘sizlantirilgan tvorog va h.k.
    Amaliy faoliyatda ishlab chiqarish korxonalari kalkulyasiya birliklarning quyidagi guruhlaridan foydalanadilar:

    • tabiiy birliklar - dona, kilogramm, tonna, metr, kub metr, kilovatt-soat va h.k.;

    • shartli-tabiiy birliklar – konservalar (quyultirilgan sut) 100 shartli bankalari va h.k.;

    • foydalaniladigan (ekspluatasion) birliklar - quvvat, mahsuldorlik va h.k;

    • ishlar birliklari - tashib keltirilgan yukning bir tonnasi, yo‘l qoplamasining yuz metri va h.k.;

    • vaqt birliklari - mashina-kun, mashina-soat, norma-soat va h.k.

    Ayrim ishlab chiqarishlarning tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tannarx hisoblash har xil usullar yordamida bajariladi, buni hisoblash jarayoni esa buxgalteriya hisobining alohida bo‘limi bo‘lib, uni kalkulyatsiya ishi deb atash mumkin. Uning asosini belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadigan, xarajatlarni yagona pul o‘lchovida umumlashtirish va ularni ma’lum ketma-ketlikda guruhlash yo‘li bilan mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini hisoblash tashkil etadi.
    Xarajatlarning alohida turlarini ilmiy asoslangan normalar va normativlar negizida rejalashtirish, hisob va kalkulyatsiyani, xarajatlar shakllanishining nazorati va auditini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mahsulot (ish, xizmat) tannarxini boshqarish tizimining asosini tashkil etadi.
    Xususan, ichki nazoratning vazifalari barcha xo‘jalik muomalalarining to‘liqligi va qonuniyligini, jumladan schyo‘tlar guruhlari bo‘yicha jamlangan summalarni arifmetik tekshirishdan iborat.
    Kalkulyatsiyalash masalalari buxgalter oldida xo‘jalik mablag‘lari doiraviy aylanishining barcha bosqichlarida (ta’minot, ishlab chiqarish va realizasiya) vujudga keladi.
    Mahsulotlar tannarxini hisoblash jarayonida kalkulyatsiyalash ob’yekti va kalkulyatsiya birligi, xarajat elementi va xarajat moddasi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim.
    Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (detall, buyum, bir xil buyumlar guruhi), tuxnologik jarayonlar (bo‘lak, ishlab chiqarish), bosqich va boshqalar, ya’ni har xil tayyorlik darajasidagi mahsulotlar, ish yoki xizmat turlari kalkulyatsiyalash ob’yektlari hisoblanadi.
    Kalkulyatsiya birligi deb, kalkulyatsiyalash ob’yektining o‘lchoviga aytiladi. Tayyor mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritilganda, kalkulyatsiya birligi ishlab chiqarish rejalarida natural ifodasida yoki tegishli mahsulot turining standartida ko‘rsatilgan o‘lchov birligi bilan mos keladi.
    Ayrim tarmoqlarda kalkulyatsiyalash ob’yekti va kalkulyatsiya birligi mos kelmasligi mumkin. Masalan, qayta ishlash sanoatida hisob birligi 1 kg mahsulot bo‘lsa, kalkulyatsiya birligi esa 1 t yoki 1 s mahsulot bo‘lishi mumkin.
    Bir xildagi oraliq mahsulotlarni kalkulyatsiyalashda shartli yiriklashtirilgan kalkulyatsiya birliklari (100 juft poyafzal, 1000 shartli banka va sh.o‘.) qo‘llaniladi.
    Yiriklashtirilgan kalkulyatsiya birliklarini qo‘llash reja va hisobot kalkulyatsiyalarini tuzishda analitik ishlar hajmini keskin kamaytiradi.
    Yakuniy mahsulotning muayyan turlarini kalkulsiyalash uchun natural birliklar qo‘llaniladi. Boshqa kalkulyatsiya birliklari ham ishlatiladi.
    Joriy xarajatlarni guruhlash elementlar va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha amalga oshiriladi.

    Download 488,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 488,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza mavzusi: “Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiyalash”

    Download 488,5 Kb.