|
Qoramolchilikda tannarxini aniqlash
|
bet | 9/12 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 488,5 Kb. | | #139288 |
Bog'liq Mahsulot kalkulyatsiyasi ochiq dars ishlanmasiQoramolchilikda tannarxini aniqlash
Sut yo‘nalishidagi qoramolchilikning «Asosiy poda» analitik schyoti bo‘yicha asosiy mahsulotlarga - sut, yondosh mahsulotlarga – buzoq, qo‘shimcha mahsulotlarga – go‘ng kiradi.
Go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilikning «O’stirishdagi va boquvdagi mollar» analitik schyoti bo‘yicha asosiy mahsulotlarga – o‘sgan vazn, qo‘shimcha mahsulotlarga – go‘ng kiradi.
Sut yo‘nalishidagi qoramolchilik. Ushbu tarmoqning ikkita xarajat ob’yekti (analitik schyoti) bo‘ladi. «Asosiy poda» analitik schyoti bo‘yicha sut va buzoq «kalkulyatsiya ob’yekti» hisoblanadi. Go‘ng qo‘shimcha mahsulot hisoblanib, uni to‘plash, dala chiqarish xarajatlari hisobga olinib, baholanadi. Go‘ngning tannarxi hisoblanmaydi.
«Asosiy poda»dan olingan sut va buzoqning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun, jami xarajatlardan go‘ng qiymati ayrilib, qolgan xarajatni 90% sutga, 10% buzoqqa ajratilib, ushbu mahsulotlar tannarxi aniqlanadi.
«O’stirishdagi va boquvdagi mollar» analitik schyoti bo‘yicha 1 s. o‘sgan (ortgan) vazn va 1 s. tirik vazn tannarxi aniqlanadi.
O’sgan vaznni tannarxini hisoblashda nobud bo‘lgan mollarning vazni hisobga olinadi, tirik vaznni tannarxini hisoblashda nobud bo‘lgan mollarning vazni hisobga olinmaydi. 1 s. o‘sgan vaznni haqiqiy tannarxini hisoblashda, jami xarajatdan qo‘shimcha mahsulotlar (go‘ng) qiymati ayrilib, qolgan xarajatlar jami o‘sgan vazn miqdoriga bo‘linadi. Buni, quyidagi formula yordamida aks ettirish mumkin:
O’sgan (ortgan) vazn = Vx.o.+Vch.k.-Vx.b.-Vk.k.
Bu yerda, Vx.o. – hayvonlarning hisobot davri oxiridagi vazni (s.).
Vk.k. – podaga kelib qo‘shilgan hayvonlar vazni (s.).
Vx.b. – hayvonlarning hisobot davri boshidagi vazni (s.).
Vch.k. – podadan chiqib ketgan (s.j nobud bo‘lgan hayvonlar vazni ham) hayvonlar vazni (s.).
Test topshiriqlari:
1. Kalkulyatsiya nima?
A) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini aniqlash hisob–kitobi
B) xo‘jalik operatsiyalarni bir schyotning debetida, ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirish usuli
D) aktivlar, kapital va majburiyatlarni pul o‘lchov birligida aks ettirish usuli
E) korxonaning ma’lum bir davrdagi faoliyatini aks ettiruvchi jadvallar yig‘indisi
|
| |