         Samarqand viloyati Bulung`ur tumanidagi XTMFMT va TE bo`limiga qarashli 22-umumiy o`rta ta’lim maktabning Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Tashbekova Muniraning matematika fanidan
1-soatlik
·     

SAMARQAND - 2016
Mavzu:O`tilganlarni mustahkamlash
|
Ajratilgan vaqt : 1 soat (45 daqiqa)
|
Darsning qisqacha mazmuni: misol va masalarni yechish,o`lchov qiymatlarini millimetrlarda hisoblash,noma’lum sonni topish haqidagi bilimlarni kengaytirish.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Suhbatlashish, savol – javob, “Klaster”, “Aqliy hujum”,”Asalari galasi” texnologiyasi, “Raqamlar nechaga teng” rasm bilan ishlash usuli, “Tegirmon charxi” usuli,” “Topqirlik” usuli”, “Ishchan bolalar” muammoli izlanish metodlardan foydalanish.
Shakli: jamoa, guruh va individual ishlash.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol – javob,kuzatish va o`z-o`zini nazorat qilish.
|
Baholash: O`quvchilar dars davomida va dars yakunida 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish, o`quvchilar davomatini aniqlash, sinfning darsga tayyorligini tekshirish
|
Savol – javob metodi
|
2 daqiqa
|
2-bosqich. Ehtiyojlarni aniqlash.
|
Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi.
|
Munozara
|
2 daqiqa
|
3-bosqich. O`tilgan mavzuni mustahkamlash
|
Uy vazifasini so`rash.O`tilgan mavzuni mustahkamlash bo`yicha ishlar olib borish
|
“Aqliy hujum”, “Klaster”
|
3 daqiqa
4 daqiqa
|
4-bosqich.
Yangi mavzu bayoni
|
ifodalar to`g`risida mavzuni tushuntirib berish, guruhlarda musobaqa o`yinni tashkillashtirish
|
“Asalari galasi”, sahna ko`rinishi, topshiriqlar,
|
10 daqiqa 5 daqiqa
5 daqiqa
|
5-bosqich.
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
O`quvchilar 1045-47 topshiriqlarni bajaradilar, zarur hollarda ularni bajarishda yordam beriladi.
|
“Aqliy hujum”, “Guruhingizni himoya qiling”,
|
2 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
|
6-bosqich. O`quvchilarni baholash.Uy vazifasi berish.
|
Darslikdagi 1048-1049 misol-masala uyga vazifa qilib topshiriladi va tegishli ko`rsatmalar beriladi. Guruhlarning to`plagan ballarini hisoblab chiqib, umumiy ballarni e’lon qilish, guruhlardagi darsga yaxshi qatnashgan o`quvchilarni baholash
|
“Ishchan bolalar” Tushuntirish
|
3 daqiqa
1 daqiqa
|
Darsning maqsadlari.
|
Ta’limiy maqsad: o`tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarni mustahkamlash . O`quvchilarda misollarni yechish bo`yicha bilim,ko`nikma va malakalrni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: ifodalarni yechish orqali sonni bir xonali songa ko`paytirish bo`yicha hayotiy ko`nikmalarni shakllantirish,uzunlik o`lchov birliklari santimetr,millimetr o`rtasidagi bog`lanishni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: matematik misol-masalalar ustida fikr mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish.
|
Kutilayotgan natija
|
ifodalarni yechish bo`yicha ko`nikma va malakalga ega bo`ladilar.Santimetr o`lchov birliklarini millimetrlarga aylantira olishni uddalay oladilar.
|
Darsning borishi:
Dars jarayoni:
-
Tashkiliy qism.
O`qituvchi: Salom aziz bolalarim,
Qani tinglang so`zlarim,
Ona yurt ertasisiz.
Bo`ling aqlu-rasolar,
Ham bilimdon donolar.
Magnit tasmasidan taralayotgan yurtimiz madhiyasiga hamohang o`quvchilar turib, jo`r bo`lishadi.
O`qituvchi: -Qani ayting bolalar,
Kim navbatchi bo`ladi?
Ushbu kunning hisobin,
Menga aytib beradi?
Navbatchi qo`l ko`tarib javob beradi.
1-o`quvchi:
Bugun hafta kuning oltinchisi bo`libdi,
Olloh ushbu kunga katta nazar solibdi.
Barcha yaxshi yumushlar,ezgu niyat orzular,
Ushbu kunning o`zida ijobat ham bo`libdi.
2-o`quvchi:
Bizlar yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul-lolamiz.
Ota-ona izmidan,
Ustozlarning so`zidan,
Bizlar also chiqmaymiz.
Darsga shay gul - g`unchamiz.
II bosqich .
Ehtiyojlarni aniqlash.
O`qituvchi: Bolalar, Davlatimiz ramzlari Bayroq ,Gerb, Madhiyaga ta`rif bering.
1-o`quvchi: Sizga bir savol bersam,
O`ylab ko`rib,javob bering
Ko’k,yashil,oq,rangi bor,
Va qip-qizil chizig`i,
Porlab turar yarim oy
Ham o`n ikki yulduzi.
Bolalar: Bu bayroq.
2 - o`quvchi: U nimadir,unga jodir rizqimiz,
U nimadir,mehnatimiz ko`zgusi.
U nimadir,xumo qush baxtimiz,
Qani, bunga kim javob bergusi?
Bolalar: Gerb.
3 - o`quvchi: U nimadir,uni tinglab dillar lol,
U nimadir,kuylar bizga baxt - iqbol.
U nimadir,ohangidan dillar lol,
Qani zukko,kimning javobi tayyor?
O`qituvchi: Tayyormisiz,o`g`il - qizim?
Boshlayman ustoz so`zim.
Odob boshi: - Assalom,
Ishning boshi intizom.
Oltindan qimmat duo,
Berar ta`lim – tarbiya.
Darsimiz Matematika
Matematika fani:
Fanlarning kalitidir.
Matematikasiz hayot,
Quruq cho`lning o`zidir.
Odam bo`laman desang,
Matematikani o`rgan.
Bu fan ila Ulug`bek,
Fazolarga yo`l ochgan.
III bosqich .
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan topshiriq, test, topshiriqlari,savol-javoblar orqali so`rab aniqlanadi.
O`qituvchi: Aziz bolajonlarim,
Shirintoy polvonlarim.
Darslikka ko`z tashlaymiz,
Yangi darsni boshlaymiz.
O`quvchilar uch guruhga bo`linadilar.
1-guruh: - “Zukkolar”
“Zukkolar” deb atadik,
Ahil guruhimizni.
Ilohim baland qilsin,
Nomus g`ururimizni.
2-guruh: - “Bilimdonlar”
Bo`laylik muruvvatli,
Bilimdon o`g`il - qizlar.
Atadik “Bilimdon” deb,
Guruhimizni bizlar.
3-guruh: - “Topqirlar”
“Topqirlar ” deb atadik,
Inoq guruhimizni.
Ilohim issiq qilsin,
Bizlarni yuzimizni.
IV bosqish.
Yangi mavzu bayoni.
Darslik bo`yicha 1043-misol ko`rinishdagi misollarni yechish qoidasi tushuntiriladi.
-
10 marta orttiring: 7, 16, 24, 30, 48, 57, 99
-
100 marta orttiring: 1, 2, 5, 6, 9, 10
-
10 marta kamaytiring: 40,70,120,500,780
-
10 marta kamaytiring:200,500,600,1000
O`qituvchi: Endi bolalar men 3 guruhga 3 ta raqam,ya`ni 4,7,12
raqamlarini beraman,sizlar bu topshiriqni “Klaster” usulida
bajarasiz.
Bajarilgan ishlar, yulduzchalar bilan ballanadi.
Shu payt eshikdan bir o`quvchi “Sehrli sandiqcha” ko`tarib kiradi.U karton qutichadan yasalgan bo`lishi mumkin.Unda darslikdagi 1044-misol yozilgan bo`lib, u 3 ta guruhga tarqatiladi. “Sehrli sandiqcha” dagi ushbu misollarni 1- bo`lib yechgan o`quvchilar g`olib bo`ladi va rag`batlantiriladi.
“Asalari galasi” texnologiyasi - asosida masala yechish.Bunda eshikdan qog`ozdan toj kiygan “Matematika saltanatining shohi” kirib keladi.
Shoh: -Assalomu-alaykum,aziz bolajonlar! Men “Matematika
saltanatining shohi” bo`laman.Sizning matematika fanidan bilimingizni tekshirishga keldim va men u yerga
odobli,zukko,bilimdon bolalarni olib borishga keldim.
(deb o`rniga o`tiradi)
O`qituvchi: “Bolajonlar ushbu saltanatga bormoqchi bo`lgan
bolalar shoh bergan topshiriqni yechishlari kerak”-
deb 3 tadan varaqqa javoblari yozilgan masalaning
qisqa sharti, 1 tasi to`g`ri yozilib va yechilgan varaqni
topishadi.
Guruhlar 1045-masalani o`qib bo`lgach, izohlab berishadi.
Bir vaqtda Urganchdan “kaptiva” avtomobili, Nukusdan esa “Lasetti” avtomobili yo`lga chiqdi. Yarim soatda “Kaptiva 53 km, “Lasetti” 58 km masofani bosib o`tdi. Urganch bilan Nukus orasi 220 km bo`lsa, yarim soatdan keyin “Kaptiva” va “Lasetti” orasidagi masofa qancha bo`ladi? Urganch - Oʻzbekistondagi shahar, Xorazm viloyati maʼmuriy markazi.
O`quvchilar tog` manzarasiga qarab turganda “Yirtqich bo`ri” kelib qoladi.
Bo`ri: - Bu yerda nima qilib yuribsizlar?
Bolalar : - Bo`rivoy,biz Matematika
saltanatiga ketayapmiz.Bizga yo`l
ko`rsat.
Bo`ri: - Mayli, mening savollarimga javob bersangiz,sizlarga yo`l
ko`rsataman.
Savollar:
-
1 kg necha gramm? 1 – guruhga
-
1 sentner necha kg? 2 - guruhga
-
1 tonna necha sentner? 3 - guruhga
So`ng bo`ri ularga yo`l ko`rsatadi.
O`qituvchi: Toqqa qancha ko’tarilsa,ob-havo shuncha salqin
bo`ladi.Shu payt yomg`ir yog`a boshlaydi.Bolalar
yomg`irdan ho`l bo`lib,bir g`orga kirishadi.
G`or ichidan bahaybat dev kirib keladi.Dev rasmi ko`rsatiladi.
Dev: - Juda soz tushlikka nima yesam deb turgan
edim.O`zlaring keldilaring.
Bolalardan biri: Hoy dev bilamiz sen juda kuchlisan.Biz “Matematika
saltanati”ga ketayapmiz.
Dev ham o`z so`zlarini aytib,ularga topshiriq beradi.
V.
Yangi mavzuni mustahkamlash,
Topshiriq: “Aqliy hujum” metodi asosida
“Guruhingizni himoya qiling” o`yin tarzida bajariladi.
Millimetrlarda ifodalang.
Topshiriq
|
|
J a v o b l a r
|
81 mm
|
78 mm
|
14 mm
|
46 mm
|
28 mm
|
53 mm
|
|
1
|
1sm 4 mm
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
2 sm 8 mm
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
4 sm 6 mm
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
5 sm 3 mm
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
7 sm 8mm
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
8 sm 1mm
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishlar ballanadi,guruhlar rag`batlantiriladi.Shart bajarilgach,dev g`oyib bo`ladi.Bolalar tog`ning cho`qqisiga chiqqanda katta burgutga duch keladi.
Burgut bolalarga yo`l ko`rsatib, ularni “Matematika saltanati” darvozasi oldiga keltiradi.Darvoza eshiklari yopiq, o`qituvchi o`quvchilarga
-
Darvozaning o`ng va chap tomonlariga topshiriqlar yozilgan.Ushbu topshiriqlarni bajargan o`quvchilar guruhi faqat unga kiradi - deb aytadi VI bosqich.
Darvoza ochilib,unga ballari hisoblanib, g`olib chiqqan guruh o`quvchilari kirishiga ruxsat beriladi.G`olib chiqqan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
1047-1048-misol va masalalarni bajarish va ularni yechish haqida tushuncha beriladi.
-
“Ta’lim to`g’risida”gi qonun. Toshkent -1997 .Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
-
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Toshkent -1997 .
-
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” Toshkent Ma’naviyat 2008 yi; 58-bet.
4. Matematika 3-sinf. S.Matjonov,AShojalilov,X Gulomova, Sh. Sariyev,
Z. Dolimov .Toshkent “ Yangiyo`l Poligraf servis ” - 2011 yil
Matbaa Ijodiy uyi Toshkent – 2012.
5. Matematika “3 - sinf o`qituvchilar uchun qo’llanma” S.Burxonov,
O`.Xudoyorov, Q.Norqulova. Sharq Nashriyot Matbaa Aksiyadorlik
Kompaniyasi Bosh Tahririyati.Toshkent-2012
6. “Boshlang’ich ta’lim” 2012 yil 7 - son.
7. “Boshlang’ich ta’lim” 2012 yil 9 - son.
8. “Boshlang’ich ta’lim” 2012 yil 10 - son.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da «...fuqarolarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri - bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqi ro'yobgs chiqariladi» kabi satrlar bor.
Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, ya'ni, sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shart- sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. 0‘qituvchilarini darslarda zamonaviy axborot-kommunikatsior texnologiyalar, innovatsion usullar, multimediya vositalaridan foydalanganlari bois samaradorlikka erishayaptilar.
Shuning uchun men tanlagan mavzuni darsni tashkil qilishda malaka oshirish kursida o`rgangan turli xil pedagogik texnologiyalardan foydalanib, h ta’limiy o`yinlar tashkil etishga harakat qildim.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Xulosa qilib aytganda,agar men har bir darsimni mana shu ishlanma asosida o`tsam,oldimga qo`ygan maqsadga erishgan bo`lar edim.Chunki o’yin bola faoliyatida muhim rol o`naydi.Unda o`ziga ishonch,mustaqil fikrlash,chaqqonlik,Harakatchanlik hislatlari tarkib topadi.Shu bois boshlang’ich sinf o`quvchisi bo`lgan bolada fanga bo`lgan qiziqish uyg’onadi.Men maktabdagi faoliyatimda ham mana shu o`zim o`rganib olgan zamonaviy,noan’anaviy dars usullaridan o`z mehnat faoliyatimda foydalanishga harakat qilaman.
|