• III bosqich . O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
  • 1-guruh: - “Zukkolar”
  • 3-guruh: - “Topqirlar”
  • O`qituvchi
  • Asalari galasi” texnologiyasi - asosida masala yechish
  • Samarqand viloyati Bulung`ur tumanidagi xtmfmt va te bo`limiga qarashli 22-umumiy o`rta ta’lim maktabning Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Tashbekova Muniraning matematika fanidan




    Download 286.15 Kb.
    bet5/7
    Sana10.04.2017
    Hajmi286.15 Kb.
    #4176
    1   2   3   4   5   6   7
    Bolalar: Gerb.

    3 - o`quvchi: U nimadir,uni tinglab dillar lol,

    U nimadir,kuylar bizga baxt - iqbol.

    U nimadir,ohangidan dillar lol,

    Qani zukko,kimning javobi tayyor?



    O`qituvchi: Tayyormisiz,o`g`il - qizim?

    Boshlayman ustoz so`zim.

    Odob boshi: - Assalom,

    Ishning boshi intizom.

    Oltindan qimmat duo,

    Berar ta`lim – tarbiya.

    Darsimiz Matematika

    Matematika fani:

    Fanlarning kalitidir.

    Matematikasiz hayot,

    Quruq cho`lning o`zidir.

    Odam bo`laman desang,

    Matematikani o`rgan.

    Bu fan ila Ulug`bek,

    Fazolarga yo`l ochgan.

    III bosqich .

    O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

    Uyga berilgan topshiriq, test, topshiriqlari,savol-javoblar orqali so`rab aniqlanadi.



    O`qituvchi: Aziz bolajonlarim,

    Shirintoy polvonlarim.

    Darslikka ko`z tashlaymiz,

    Yangi darsni boshlaymiz.

    O`quvchilar uch guruhga bo`linadilar.

    1-guruh: - “Zukkolar”

    “Zukkolar” deb atadik,

    Ahil guruhimizni.

    Ilohim baland qilsin,

    Nomus g`ururimizni.

    2-guruh: - “Bilimdonlar

    Bo`laylik muruvvatli,

    Bilimdon o`g`il - qizlar.

    Atadik “Bilimdon” deb,

    Guruhimizni bizlar.

    3-guruh: - “Topqirlar”

    “Topqirlar ” deb atadik,

    Inoq guruhimizni.

    Ilohim issiq qilsin,

    Bizlarni yuzimizni.

    IV bosqish.

    Yangi mavzu bayoni.

    Darslik bo`yicha 1043-misol ko`rinishdagi misollarni yechish qoidasi tushuntiriladi.



    1. 10 marta orttiring: 7, 16, 24, 30, 48, 57, 99

    2. 100 marta orttiring: 1, 2, 5, 6, 9, 10

    3. 10 marta kamaytiring: 40,70,120,500,780

    4. 10 marta kamaytiring:200,500,600,1000

    O`qituvchi: Endi bolalar men 3 guruhga 3 ta raqam,ya`ni 4,7,12

    raqamlarini beraman,sizlar bu topshiriqni “Klaster” usulida

    bajarasiz.

    Bajarilgan ishlar, yulduzchalar bilan ballanadi.

    Shu payt eshikdan bir o`quvchi “Sehrli sandiqcha” ko`tarib kiradi.U karton qutichadan yasalgan bo`lishi mumkin.Unda darslikdagi 1044-misol yozilgan bo`lib, u 3 ta guruhga tarqatiladi. “Sehrli sandiqcha” dagi ushbu misollarni 1- bo`lib yechgan o`quvchilar g`olib bo`ladi va rag`batlantiriladi.

    Asalari galasi” texnologiyasi - asosida masala yechish.Bunda eshikdan qog`ozdan toj kiygan “Matematika saltanatining shohi” kirib keladi.

    Shoh: -Assalomu-alaykum,aziz bolajonlar! Men “Matematika

    saltanatining shohi” bo`laman.Sizning matematika fanidan bilimingizni tekshirishga keldim va men u yerga

    odobli,zukko,bilimdon bolalarni olib borishga keldim.

    (deb o`rniga o`tiradi)



    O`qituvchi: “Bolajonlar ushbu saltanatga bormoqchi bo`lgan

    bolalar shoh bergan topshiriqni yechishlari kerak”-

    deb 3 tadan varaqqa javoblari yozilgan masalaning

    qisqa sharti, 1 tasi to`g`ri yozilib va yechilgan varaqni

    topishadi.

    Guruhlar 1045-masalani o`qib bo`lgach, izohlab berishadi.

    Bir vaqtda Urganchdan “kaptiva” avtomobili, Nukusdan esa “Lasetti” avtomobili yo`lga chiqdi. Yarim soatda “Kaptiva 53 km, “Lasetti” 58 km masofani bosib o`tdi. Urganch bilan Nukus orasi 220 km bo`lsa, yarim soatdan keyin “Kaptiva” va “Lasetti” orasidagi masofa qancha bo`ladi?

    O`quvchilar tog` manzarasiga qarab turganda “Yirtqich bo`ri” kelib qoladi.





    Download 286.15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 286.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand viloyati Bulung`ur tumanidagi xtmfmt va te bo`limiga qarashli 22-umumiy o`rta ta’lim maktabning Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Tashbekova Muniraning matematika fanidan

    Download 286.15 Kb.