Sana: " " " " 020-yil Sinf: " " Fan: Kimyo




Download 140.99 Kb.
bet6/19
Sana04.04.2022
Hajmi140.99 Kb.
#19279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
9-sinf III chorak yangi konspekti 2019-2020
7- sinf III chorak yangi konspekt 2019-2020, Воспал.забол.кишечника
MUSTAHKAMLASH
Savol va topshiriqlar?
1. Magniy va kalsiyning asosiy fizik xossalarini aytib bering.
2. Magniy va kalsiy tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi?
3. Sanoatda kalsiy qanday olinadi?
4. Magniy va kalsiyning kimyoviy xossalarini ifodalovchireaksiya tenglamalarini yozing.
5. Nima uchun kalsiy oksid tabiatda uchramaydi?
UYGA VAZIFA

        1. Kalsiy va magniyning biologik ahamiyatini aytib bering.
          2. Òuproqning kislotaliligi qanday yo‘qotiladi?
          3. Magniy va kalsiyning xalq xo‘jaligida qo‘llanishi haqidajadval tuzing.
          4. Magniy va kalsiyning inson organizmidagi ahamiyatihaqida referat yozing.
          5. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarurreaksiya tenglamalarni yozing:

Ca  Cah2 Ca(Oh)2 CaCO3 CaO CaCl2
6. Xo‘jalikda yoki qurilish maydonlarida so‘ndirilgan ohakdanfoydalanayotganlarini ko‘rganmisiz? Nima maqsadda foydalanilmoqda?

“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________


Sana: “__” “___” 2020-yil Sinf: 9 “________” Fan: Kimyo

Mavzu Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari


Darsni maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga, O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: 
Ma'lumki, sayyoramiz yuzasining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayoni arming ajralmas qismi bo'lgan suv ma'lum darajada tozalashdan o'tkazilishi lozim. Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo'shimchalar mavjud bo'ladi.
Qattiq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari ko'p bo'lgan suv. Yumshoq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo'lmagan yoki juda kam bo'lgan suv.
Qattiq suv ko'p texnik maqsadlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug' qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi. Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg'i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo'ladi.
Qattiq suvda sovun ko'pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Qattiq suvda go'sht, sabzavotlar, don mahsulotlari yaxshi pishmaydi, sifatli choy tayyorlab bo'lmaydi.Suvda vaqtinchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi. • Vaqtinchalik qattiqlik - suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlar [Ca(HC03)2; j Mg(HC03)2] mavjudligi bilan bog'liq.Doimiy qattiqlik - suvda magniy va kalsiy sulfatlar va xloridlar [CaS04, CaCl2; MgS04, MgClJ mavjudligi bilan bog'liq.

  • Kalsiy qattiqligi - suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog'liq.

  • Magniy qattiqligi - suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog'liq.

  • Umumiy qattiqlik - suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig'indisi.

Sanoatda suvning qattiqligini yo'qotish uchun ion almashinuv usuli qo'llaniladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash :


1. Vaqtinchalik va doimiy qattiqlikning farqi nimada?
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 140.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sana: " " " " 020-yil Sinf: " " Fan: Kimyo

Download 140.99 Kb.